Musaqali diktant uslubiyoti. Musuqali diktant – tinglanayotgan narsani eng to‘liq taxlil qilish shaklidir. U o‘quvchining musiqiy eshitish qobilyati darajasini, ularning bilim va ko‘nikmalarini aniqlash vositasidir.
1. Eshitiliyotgan narsani nota belgilar yordamida ko‘rinadigan qilishni o‘rgatish (yozish);
2. Xotirani va ichki eshitish qobilyatini rivojlantirish;
3. Diktantdan musiqa nazariyasini, garmoniya, taxlil va solfedjio darslarida olingan bilimlarni mustaxkamlash vositasi sifatida foydalanish.
Diktant yozish jarayoni quydagicha tuziladi: “Eshityapman – tushunyapman – yozyapman”. Bunda psixologik faoliyatning va eshitish qobilyatlarning turli xususiyatlari qatnashadi: 1) Mantiqiy fikirlash ; 2) Xotira; 3) Ichki eshitish qobiliyati.
Diktant yozishni 2 sinfdan boshlash maqsadaga muvofiqdir, chunki ungacha o‘quvchilar muayyan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Diktant ustida ish asosan sinfda darsda o‘tkaziladi. Buning uchun avval o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish zarur, keyin yozilgan kuyni boshidan oxirgacha 2-3 marta ifodali qilib chalish kerak. Kuyning ladi, tonalligi, o‘lchovi aniqlanib, kuy yo‘nalishi og‘zaki taxlil qilinadi. Undan so‘ng sozlanib yozishga kirishiladi.
Boshlang‘ich sinflarda eshitilgan kuyni yaxshiroq esda qolishi uchun biror-bir bo‘g‘in yordamida kuylab ko‘rish mumkin. O‘qituvchi diktant yozish jarayonini kuzatib, boshqarib turish kerak. Shu bilan birga o‘quvchilarga o‘zini-o‘zi tekshirishni o‘rgatish mumkin.
Diktant chalinayotganda butun gurux dirijorlik qilib turish katta axamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi kuchli xissani bo‘rtirib chalish kerak emas. Diktant chalish miqdori kuyning qiyinligiga bog‘liq.
Diktant tekshirish usullari turlichadir:
Butun gurux bilan kuylash;
O‘qituvchi tomonidan daftar tekshirish;
Fortapianoda chalib o‘zini – o‘zi tekshirish;
Yozuv bilan solishtirgan xolda tekshirish.
Bir ovozli kuyni yozish uchun quydagi amaliy xarakatlarni bajarish lozim:
1. Kuyning tuzilishini, ya’ni davriya, jumla, iboralarning chegarasini aniqlash;
2. Lad va tonalikni, tuzilmaning xar bir qismining garmonik tartibini aniqlash. , Buning uchun:
a) iboralar boshlanadigan va tugallanadigan tovushni;
b) kuydagi takrorlashlar, sekvensiyalar, variantli takrorlashlar, kengaytirishlarni aniqlash;
s) Alteratsiyalangan yoki xromatik o‘zgargan tovushlarni aniqlay olish kerak.
3. Kuynalishini: ravon, sakramali, yordamchi va o‘tkinchi tovushlarni aniqlash.
4. Kuyda uchraydigan intervallarni eshitish va aniqlash. Intervallarni aniqlash katta intervallarga xarakatlanganda, sakrashlar borligiga, og‘ishma va modulyatsiya sodir bo‘lganida kerak bo‘ladi.
5. Metr va ritmni aniqlash. Buning uchun dirijorlik qilish maqsadaga muvofiqdir. Kuyning ritmini taqqillatib aniqlash mumkin.
Ikki ovozli kuyni yozish uchun, bir ovozli kuyni yozish ko‘nikmasi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Ikki ovozli diktant yozishda quyidagi uslublar qo‘llaniladi:
1.Xar bir ovozni aloxida yozish;
2. Kuyning garmonik tuzilmasini aniqlab ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |