Talabalar turar joylari va «Yoshlar daftari»ga mablag‘lar:
2022 yilda Oliy ta'limga ajratilgan mablag‘lar hisobidan davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy ta'lim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalarga subsidiyalar uchun — 178 mlrd so‘m;
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga amaliyot o‘tagan vaqtida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiyalar uchun — 14,6 mlrd so‘m ajratilmoqda.
Aytish kerakki, 2021 yilgi budjet qonunidan yotoqxona bilan qamrab olinmagan va uyda ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara to‘loviga subsidiyalar uchun 72 mlrd so‘m ajratilgan. 2022 yilda ijara subsidiyalari nazarda tutilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |