1-mavzu: “Ta`lim texnologiyalari” faniga kirish
Reja:
1.
Ta`lim texnologiyalarining maqsad va vazifasi.
2.
Ta`lim texnologiyalarining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
“Ta`lim texnologiyalari” kursining maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi-AKT
yo’nalishi talabalarida o’quv mashg’ulotlari
uchun pedagogik qobiliyat, texnologiyalarini nazariy asoslarini o’rganish.
“Ta`lim texnologiyalari” kursining maqsad va vazifalari-
Ta`lim
texnologiyalari (PT)
shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 ming yillikda
davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati
yangilanadi,
talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr
muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
Ta`lim texnologiyalari - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u
talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan
puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik
jarayondir.
“Ta`lim texnologiyalari” fanining maqsad va vazifalari:
«Ta‘lim texnologiyalari» fanining maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni o‘quv
yurtlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalarining tegishli kursi bo‘yicha «Ta`lim
to‘g‘risidagi» qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalar
hamda Davlat talim standartiga ko‘ra qo‘yilgan talablar darajasida
zamonaviy
pedagogik texnologiyalar va ularni o‘quv–tarbiya jarayonida qo‘llash,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv – tarbiya jarayonidagi o‘rni,
ulardan foydalanish, shuningdek, Aqliy hujum, Tarmoqlar (Klaster)
usullari,
Bumerang, Skarabey, CHarxpalak, Rezyume va shu kabi boshqa ta`lim
texnologiyalr va ularni o‘quv – tarbiya jarayoniga qo‘llashning nazariy asoslari
bilan izchil qurollantirishdan iborat.
«Ta‘lim texnologiyalari» fanidan belgilangan maqsad asosida talabalarni
kasbiy tayyorlashning quyidagi vazifalarini hal etadi: bo‘lajak
mutaxassislarning
«Ta‘lim texnologiyasi» kursida mutaxassislik bo‘yicha bilimlarini kengaytiradi
hamda yangi tushuncha va qarashlar bilan qurollanadi. Ushbu dastur ta`lim
oluvchilarni milliy mafkura tarbiyasi, Talabaning kasbiy ta‘lim asoslari bo‘yicha
bilimlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan
talablar,
kasbiy ta`limda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy
asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish vazifasini bajaradi.
”Ta`lim texnologiyalari” fanining boshqa fanlar bilan bog‟liqligi.
Ta`lim texnologiyalari fanini o‘rganish pedagogika nazariyasi va tarixi,
pedagogik mahorat, psixologiya, demokratik jamiyat
qurish nazariyasi va
amaliyoti, falsafa, mantiq, etika, ma`naviyat, O‘zbekiston tarixi, yosh
fiziologiyasi va gigienasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda quriladi.
bo’lajak kasb ta`limi o’qituvchilarini zamonaviy ta`lim
texnologiyalarining nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish;
yaxlit pedagogik darajada ta`lim tarbiya jarayonlarini
samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega
bo’lishlari;
zamonaviy ta`lim texnologiyalari, g’oyalar maktablar,
yo’nalishlar, keng turlarida yo’l topa bilish mahorati;
pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to’g’ri rejalashtirishga
tayyorlikni shakllantirish;
mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o’zini tarbiyalash va o’zini
mutaxasislik darajasini doimiy oshirib borishga intilish