1-topshiriq: mashg’ulot rejasida belgilangan vazifalar yuzasidan og’zaki savol-javob.
2-topshiriq: quyidagi tushunchalar ta’rifini keltiring:
Ishontirish-
ta’sirchanlik-
pedagogik ta’sir ko’rsatish-
mantiqiy asoslash-
ta’sirlanish-
e’tiqod-
chin e’tiqod-
yolg’on e’tiqod-
3-topshiriq: O’qituvchi nutqida ta’sirchanlikni oshirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqing.
Mavzuga oid muammolar: O’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatishning har xil usullari, shakllari va vositalari mavjud. Auditoriyaga pedagogik ta’sir eta olish uchun pedagogda nimalar mujassam bo’lishi lozim? Asosiylari va yordamchilarini ajratib ko’rsating. Ishontirishning turlarini tahlil qiling. Qaysi biri siz uchun mos keladi deb hisoblaysiz? Siz o’quvchilaringizga qaysi turdan foydalanib ta’sir etgan bo’lar edingiz?
Amaliy mashg’ulotga oid muammolar: Pedagogning sinf bilan hamkorlik o’rnatishi uning qanday muloqotda bo’lishiga bog’liq. Muloqotning qanday uslublarini bilasiz va sizningcha eng maqbul uslub deb qaysi sanaladi? Fikringizni izohlang.
O’qituvchining muloqot uslublarini aniqlang, bir-biri bilan taqqoslang. Muloqotning qaysi uslubi o’quvchilar uchun ma’qul hisoblanadi? O’quvchining shaxsiy xususiyatlari muloqotda e’tiborga olinadimi? Agar e’tiborga olinsa, qanday qilib?
Pedagogik muloqotda pedagogik taktning o’rnini nimada deb sanaysiz? Pedagogik taktga to’la amal qiladigan va amal qilmaydigan o’qituvchilarni kuzatganmisiz? Ularni solishtirib, tahlil qiling va natijasini baholashga harakat qiling.
FAN YUZASIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Mustaqil ta'lim
Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko‘proq ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘rganilmagan masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o‘qib-o‘rganilgan masalalar fan bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o‘z aksini topadi.
Mustaqil ta’limni tayyorlashda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik, o`quv qo`llanmalar va ma’ruza matnlari bo’yicha mavzularni takrorlash;
adabiyotlar asosida referat yozish;
qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, masofaviy ta’lim olish;
amaliy mashg’ulotlar bo’yicha topshiriqlarni bajarish;
reyting nazoratlariga tayyorlanish;
o’quv va ilmiy izlanish ishlarini olib borish.
“Ta’lim texnologiyalari” o’quv fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat va ma’ruzalar tayyorlash, fundamental asarlarni konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etish tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari mavzularini to’ldirishga harakat qilinishi lozim.