Qattiq charchash umumiy va kasbga bog’liq kasalliklar avj olishini keltirib chiqaradigan sabablardan biri hisoblanadi. O’quvchilarda nevroz shakllanishida o’qish va dam olishni yaxshi uyushtirmaslikdan tashqari, bolada qattiq charchashga moyilligi; hissiy beqarorligi, oiladagi yoki o’qishdagi salbiy sharoit tufayli o’z his-hayajonlarini yaxshi nazorat qila bilmasligi, masalan, o’quvchi oldiga bajarib bo’lmaydigan vazifalar qo’yilishi ta’sir qiladi.
O’quvchi xatti-harakatlariga tashqaridan salbiy baho berish uni ma’naviy tomondan o’zgartiradi. Aqliy toliqishning oldini olish uchun o’qish va dam olishda gigiena talablariga mos keladigan to’g’ri rejim tavsiya qilinadi.
Gigiena talabiga asosan tuzilgan kun tartibi bolalar va o’smirlar organizmida sog’lom bo’lishiga ularni ish qobiliyatining yuqori darajada taraqqiy qilishiga va nihoyat o’zlashtirishning yaxshilanishiga imkon beradi. Aksincha, kun tartibini noto’g’ri tashkil qilish yoki unga mutloq rioya qilmaslik organizmni tez charchab qolishiga uni sog’ligining zaiflashib qolishiga va o’zlashtirishning pasayishiga sabab bo’ladi.
O’quv rejimini rejalashtirishda o’quvchini yoshini hisobga olish lozim, chunki o’quv vazifalarini uyquda va ochiq havoda bo’lishning davomiyligi shunga bog’liq.
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda jismoniy chiniqqanligini, ruhiy holatlarini hisobga olgan holda mashg’ulotlar olib boriladi. Bolalarda jismoniy rivojlanishning baholaganda antropometrik, fiziologik ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Antropometrik ko’rsatkich – bolalar va o’smirlar organizmida jismoniy rivojlanishni baholovchi bo’y uzunligi, tana vaznini, ko’krak qafasning aylanasi kabi asosiy o’lchamlarga aytiladi. Fiziotermik ko’rsatkichlar – o’pkada tiriklik sig’imi, qo’l va bel muskullarda kuchini aniqlash.
To’g’ri tuzilgan kun tartibi har bir ishni ma’lum vaqtda bajarish, ma’lum vaqtda ovqatlanish va dam olishni ta’minlaydi. Bunday rejimni bajarish, bir tomondan yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni o’quvchi har bir mashg’ulotni, dam olish yoki ovqatlanishni ma’lum belgilangan vaqtlarda bajarishga odatlanadi.
XULOSA
Adabiyotlar: - Sodiqov K.S. O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi
T, O`qituvchi 1992 y. 2. Sharipova D.D., Vohidova R.T. O`qituvchilar toliqishining oldini olish. T.Mеditsina 1986 yil. 3. Qodirov U. “Odam fiziologiyasi” T. 1996 yil. 4. www.ziyonet.uz E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT..! - E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT..!
Do'stlaringiz bilan baham: |