Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


SHAXSNING KOMMUNIKATIV IMKONIYATLARlNI ANIQLASH TESTI



Download 1,94 Mb.
bet169/174
Sana02.03.2022
Hajmi1,94 Mb.
#479685
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
Умумий пед псих я семинар ишланма 248 бет (2)

SHAXSNING KOMMUNIKATIV IMKONIYATLARlNI ANIQLASH TESTI

1. Mas'uliyatli ishga duchor bo`lganingizda hayajonlanasizmi?


2. Ahvolingiz yomon bo`lguncha ham shifokor chaqirmaysizmi?
3. Kutilmaganda ma'ruza qilasiz desa norozilik bildirasizmi?
4. Ota-onangiz ruxsat bermasa shaharga mehmonga borishdan bosh tortasizmi?
5. Begona kishiga kechinmalaringizni so`zlaysizmi?
6. Begona odam sizdan yo`lni, vaqtni so`rasa g`ashingiz keladimi?
7.Har xil avlod o`rtasida hayot masalasida kelishmovchilik bo`ladi, deb hisoblaysizmi?
8. Bir necha oy ilgari tanishingizga bergan 50 so`mingizni so`rashga hijolat tortasizmi?
9. Vagonda bir necha soat begona kishi bilan ketsangiz, gapni birinchi bo`lib boshlaysizmi?
10. Navbatda turish maqsadingizga erishish uchun zarariyat bo`lsa ham, uzundan-uzoq navbat kutishdan voz kechasizmi?
I1. Talabalar o`rtasida bo`lgan mojaroni hal qilishdan o`zingizni olib qochasizmi?
12. Biror adabiyot yoki san'at haqida so`z ketsa, fikringizni himoya qilasizmi?
13. Sizga yaxshi ma’lum bo`lgan masala bo`yicha noto`g`ri fikr eshitsangiz jim tura olasizmi?
14. Sizdan ish yoki o`qish yuzasidan yordam so`ralsa, norozi bolasizmi?
15. O’z fikringizni og`zaki bayon etishga imkoniyat bo`lsa ham yozma ravishda bayon etishni afzal ko`rasizmi?
Natijalar izohi:
Tavsiya etilayotgan 15 ta savolning hammasiga ochiq ko`ngil bilan javob bering va ballar yig`indisini toping. Agar siz «HA»deb javob bergan bo`lsangiz - 2 ball, «BILMADIM», «HAYRONMAN», deb javob bersangiz - 1 ball, «YO`Q» deb javob bergan bo`lsangiz - 0 ball bo`ladi.
Agar ballar yig`indisi: 30-32 ballni tashkil qilsa, u holda siz chiqishimli (kommunikabelnыy) emassiz, ya’ni muloqotga ehtiyoj sezmaysiz, bu xususiyatingizdan hammadan ham o`zingiz jabrlanasiz, yaqinlaringizni ham siz bilan muomala qilishlari murakkab. Jamoa kuchini talab qiladigan ishlarni sizga topshirib bo’lmaydi. Odamlar bilan ko`proq muloqotda bo'lishga intiling.
25-29 ball yig`ilganda: Siz indamassiz, kamgapsiz, yolg`izlikni yoqtirasiz. Yangi ish, yangi muloqotlar sizni anchagina muvozanatdan chiqaradi. Sizni bu xususiyatingiz ko`pincha o`zingizga yoqmaydi. O`zingizni o`zgartirish o`zingizga bog`liq.
19-24 ball yig`ilganda: Atrofdagilar bilan osoyishta muloqotda bo`lasiz va notanish sharoitda o`zingizga ishonasiz. Yangi masalalar sizni cho`chitmaydi. Odamlar bilan kelisha olasiz, tortishuvlarda qatnashishni unchalik yoqtirmaysiz.
14-18 ball yig`ilganda: Siz qiziquvchansiz, sergap suhbatdoshingizni qiziqish bilan tinglaysiz. O`z nuqtai-nazaringizni jahlsiz himoya qila olasiz. Shunga qaramay, shovqinli davralarda bo’lishni yoqtirmaysiz.
9-13 ball yig`ilganda: Atrofdagilar bilan tez muloqotga kirishasiz, ko`plab yangi odamlar bilan tanishishni istaysiz. Qiziquvchansiz, sergapsiz, har xil masalalar bo`yicha gapirishni yoqtirasiz. Hech kimning iltimosini rad etmaysiz, har doim ham uni bajarish imkoniyati bo`lmasada, hammaning diqqat-e'tiborida bo`lishni istaysiz. Murakkab masalalarni hal qilishda sabr-toqat, qat’iylik yetishmaydi. Lekin xohishingiz bo`lsa maqsadingizga erishish uchun o`zingizni majbur qila olasiz.
4-8 ball yig`ilganda: atrofdagilar bilan muloqotda bo`lishga intilish sizni tinch qo`ymaydi. Siz har doim hamma yangiliklardan xabardorsiz, har qanday masala bo`yicha gapirib ketaverasiz, har qanday sharoitda o`zingizni erkin tutasiz, har qanday ishni cho`chimay, ishonch bilan boshlaysiz, vaholanki, ko`pchilik hollarda uni oxirigacha yetkazmaysiz. Shu sababli hamkasblaringiz sizga ishonchsizlik bilan qaraydi.
3 ball yig`ilganda: Sizni muloqotga bo`lgan intilishingiz kasallik xarakterini olgan. Siz ezmasiz, sizga hech qanday aloqasi bo`lmagan ishlarga aralashasiz. Mutaxassisligingizga tegishli bo`lmagan masalalar bo`yicha hukm chiqarmoqchi bo`lasiz. Jahldorsiz, tez xafa bo`lasiz, ko`pincha qat’iy va odil bo`lmaysiz. Atrofdagi odamlarning siz bilan birga bo`lishi qiyin. O`z ustingizda ishlash sizga halal bermaydi, o`zingizda sabr-toqatni, o`z-o`zini boshqarishni, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishni tarbiyalang.



Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish