Ta’lim sifatini oshirishda kredit-modul tizimi va flipped learning texnologiyasi qo’llash samadorligi



Download 25,89 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi25,89 Kb.
#662639
Bog'liq
Kredit-modul tizimi va Flipped learning samadorligi


TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMI VA FLIPPED LEARNING TEXNOLOGIYASI QO’LLASH SAMADORLIGI
Mulaydinov Farxod Murotivich, Qo’qon universiteti, Biznes kafedrasi mudiri, ferghanasoft@gmail.com, +998916776200.
Rajabboyev Botirjon Odil o’g’li, Qoqon universiteti, Iqtisodiyot yo’nalishi. Rajabboyevbotirjon31@gmail.com, +998935120831.
Anotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda ta’lim olish sistemasi,kredit-modul tizimi nima ekanligi,uni jamiyatda qo’llanilishi va natijalari,talabalarni bu tizimga munosabati, hozirda joriy etilgan ta’lim tizimi(eskirgan) kamchiliklari, ta’limdagi eng og’riqli muammolarni yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Ta’lim tizimi, kredit-modul tizimi, jahon ta’lim standartlari, ta’limdagi muammolar, korupsiya.
Bugungi kunda, ta’lim tizimi jadallik bilan rivojlanmoqda va uning tuzilishiga, o’qitish metodikasiga turli xildagi o’zgarishlar kiritilmoqda. An’anaviy ta`lim tizimi sekin astalik bilan yangi texnologiyalar ta`siri natijasida yangi unsurlarni o’zlashtirmoqda. Biz an’anaviy ta’lim tizimida yechimini kutayotgan bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini bilamiz, lekin buni bartarf etish uchun ta’lim tizimini o’zgartirish kerak bo’ladi. Buning uchun nima qilish kerak, qanday chora tadbirlar korish kerak? Talabalarni bilim saviyasini qanday oshirish mumkin?
Bu savolllarga javob olish uchun o’z navbatida, muammolarni atroflicha o’rganib chiqish kerak. Albatta, muammolar ko’p, barchasini birdaniga hal qilib bo’lmaydi, lekin bosqichma-bosqich bu muammolarni bartaraf etish mumkin. Bilamizki, talabalarni bilim olishiga eng katta ta’sir qiladigan narsalardan biri bu muhit, ya’ni shart-sharoitdir. Bugungi kunda albatta ta’lim olish uchun shart sharoitlar yanada yaxshilanayotganiga qaramay, bu soxada amalga oshirilishi lozim bo’lgan bir talay ishlar mavjud. Auditoriyalar kamligi yoki kichikligi, jihozlarni yetishmasligi (eskiligi), ilmiy munozaralar va konferensiyalarni ko’p o’tkazilmasligi (professor o’qituvchilar bilan), kerakli adabiyotlarni yo’qligi (chet el olimlari kitoblari), juda mashxur adabiyotlarni o’zbek tiliga tarjima qilinmaganligi va h.k.. Bu kabi muammolar albatta talabalarni bilim olishiga kattta ta’sir ko’rsatadi. Bu muammolarni hal qilish esa o’z navbatida mablag’ni va mas’ul mutasaddi tashkilotlarni mas’uliyatiga bog’liq bo’ladi.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda jahonda ta`limni Kredit-modul o‘qitish tizimi o’ta ahamiyatlidir. Kredit-modul tizimi talabaga yo’naltirilgan ta`lim tizimi bo’lib, bunda har bir o‘quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o‘quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi. Bu tizimda talabalar uchun majburiy va tanlov fanlarning hajmi o‘zaro muvofiqligi ya’ni talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha fanlarni tanlab o‘rganishi mumkin bo‘lgan fanlar soni ko‘p bo‘ladi (odatda 50% atrofida). Asosan bu tizimda talabalar o’z bilim darajasini (baholarini) muntazam ravishda kuzatib borishi mumkin bo’ladi. Bu tizimda talabalar kredit ball yig’ishadi. Hal qiluvchi narsa esa yetarli miqdorda kredit ball to’plash hisoblanadi. Yana bir asosiy yutuqlaridan biri bu korrupsiyani oldinni olish, ta`lim jarayonini shaffofligini ta`minlash hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi 5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi qarori bilan 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi 35 ta OTM kredit-modul tizimiga o‘tishi belgilandi.
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan bir qancha oliy ta`lim muassalalarida ta`limning kredit-modul tizimi joriy etiilgan, jumladan Qo’qon universitetida ham ta`lim jaroyoni kredit-modul tizimida tashkil etilgan. 2019 yilda foliyatini yo’lga qo’yilgan bo’lishiga qaramay va o’quv jarayonida sezilarni nitijalarga erishilmoqda.
Shuningdek Universitetda bugungi kunda yetakchi mamlakatlarda qo’llanilib kelinayotgan Flipped learning (To’ntarilgan ta`lim) texnologiyalarini qo’llash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Flipped learning bu to’ntarilgan ta’lim bo’lib, talabalarning faolligini o’zida aks ettiradi. Ya’ni, dars jarayonida o’qituvchisiga nisbatan talabalar faolroq bo’ladi. Biz bilamizki, an`anaviy ta’lim tizimida o’qituvchi butun dars davomida asosiy vazifasi mavzuni gapirib berishdan iborat bo’ladi, talabalar esa jim o’tirib va tushungan tushunmagan narsalarini konspekt qilib o’tirishi lozim bo’ladi. Bu esa ta`lim samaradorligini tushib ketishiga sabab bo’lib va talabalarni ya’ni fanni faqat “yopish” uchun o’qishiga olib keladi, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantirish imkonini bermaydi. Ya’ni, shu ishni qilishim kerak, qanday bo’lishidan qat’iy nazar qiladigan ishini tugatishi kerak degan tushunchada harakat qiladi. Bunda ish sifatli yoki sifatsiz bo’lishidan qat’iy nazar bajarish lozim. Flipped learningda esa talabalarni bemalol darsda qatnashishlari, o’zini fikrini bayon etishlari mumkin ya’ni dars jarayoni 60% ida talabalar faol bolishadi, 40% ida o’qituvchi dars o’tadi. Bu esa bu ta’lim tizimini qay darajada qulay va samarali ekanini ko’rishimiz mumkin.{3}
Endi ta’lim tizimidagi muammolarga to’xtaladigan bo’lsak, yana eski ta’lim tizimini sifatsizligi va samarasizligidir. Qo’shimcha ravishda, albatta O’zbekistonda universitetlarni yetishmasligi (yoshlarni to’liq qamrab ololmasligi), eng katta muammolardan biridir. O’zbekistonda atiga aholini 33 foiziga yaqini ziyolilardir, bu esa ta’limning yaxshi rivojlanmaganiga yana bir misol bo’la oladi, afsuski jahon ta’lim standarti esa 50 foizdan oshganlarni tan olishadi.
Xulosa
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo’lsak, biz ta’lim tizimini rivojlantirmoqchi bo’lsak, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini o’rganishimiz va buni joriy qilishimiz kerak bo’ladi. Bunda eng yaxshi yechim sifatida, kredit-modul tizimi joriy etish hisoblanib, talabalarni bilim olish saviyasini yaxshilaydi hamda shaffof va adolatli ta`lim olish imkonini beradi. {2} Buning uchun esa ta’limga yanada ko’roq mablag’ ajratishimiz va chet eldan malakali o’qituvchilarni jalb etishimiz kerak bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. https://yandex.ru/turbo/uz.wikipedia.org/s/wiki/Ta%CA%BBlim

2) https://navoiy-uni.uz/uz/site/about?id=13
3) https://en.wikipedia.org/wiki/Flipped_classroom
Download 25,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish