Taʼlim psixologiyasining oʼrganish zarurati



Download 19,69 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi19,69 Kb.
#92181
Bog'liq
1-mavzu


Taʼlim psixologiyasining oʼrganish zarurati.

Reja


1.Taʼlim jarayonining oʼziga xos tomonlari.

2. Taʼlim oluvchi va taʼlim beruvchining psixologik xususiyatlari.

3. Psixologik bilimdonlikning taʼlim jarayonidagi oʼrni. Talaba shaxsining psixologik taraqqiyoti.

1.Taʼlim jarayonining oʼziga xos tomonlari.

Oʼquv faoliyatida shaxsning psixik xususiyatlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar bajarish imkonlari yuzaga keladi. Oʼquv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon boʼluvchi uzluksiz jarayondir. Rus psixologi А.N.Leontьev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan ukuv faoliyatida usishini taʼkidlaydi. D.B.Elьkonin esa oʼquv faoliyatining xususiyatlarini koʼrsatib, uning mohiyati, mazmuni va namoyon boʼlish shakliga koʼra ijtimoiyligini taʼkidlaydi. Oʼquv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo oʼquvchida oʼzgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida koʼrilgan boʼlishi darkor. Bu motivlar bevosita oʼquvchi shaxsining oʼsishi va rivojlanishi bilan bogʼlik bulishi kerak. Oʼquv faoliyati taʼlim, oʼqish va oʼrganish degan tushunchalar bilan bevosita bogʼlikdir. Taʼlim oʼqituvchi va ukuvchi hamkorligidagi oʼquv faoliyati, oʼqituvchining bilim, koʼnikma va malakalarini oʼquvchilarga oʼrgatish jarayonidir. Taʼlim jarayoni bevosita muayyan axborot, harakatlar, hulk - atvor shakllarini oʼzlashtirishga qaratilgandir.

Oʼqish va oʼrgatish tushunchalari ukuv faoliyati bilan bogʼlik boʼlib, ular bilim, koʼnikma va malakalarni oʼrgatish, oʼzlashtirishga xizmat kiladi.

Taʼlim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat boʼlib, u oʼquvchilarning oʼquv faoliyatini tashkil etadi va ularni boshkaradi.

Taʼlim jarayoni quyidagi elementlardan iborat:

• taʼlimning maksadi - nima uchun oʼqitish kerak;

• taʼlimning mazmuni - nima uchun oʼqitish kerak;

• taʼlimning metodlari, usullari va pedagogik mulokot yoʼllari;

• taʼlim beruvchi (oʼqituvchi) va taʼlim oluvchi (oʼquvchi).

Taʼlim va taʼlim jarayonida bolaning rivojlanish muammosi markaziy masalalardan biridir. Psixolog olim P.Ya.Galʼperin nazariyasi boʼyicha bilimlarni oʼzlashtirish jarayoni olti boskichdan iborat:

1. motivatsiya;

2. tushuntirish;

3. moddiy shakldagi hatti-harakatlarni bajarish;

4. hatti-harakatlar va vazifalarni baland ovozda bajarish;

5. bajariladigan hatti-harakatlarni ovoz chikarmay bajarish;

6. faoliyatni fikran bajarish.

Ushbu nazariyada taʼlimning uchta asosiy turi ajratiladi:

- birinchi turda hatti-harakatlarni oʼzlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, taʼlim oluvchi taʼlimning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;

- ikkinchi turda materialning nisbatan dadil va toʼla tushunilishi va material bilan bogʼlik tushunchalarning ajratilishi bilan xarakterlanadi;

- uchinchi turda tez, samarador va bexato hatti - harakatlarning oʼzlashtirilishi taʼminladi.

Taʼlim jarayonidagi psixologik muammolar koʼpgina masalalarni qamrab oladi. Taʼlimning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bogʼlik boʼladi. Аvvalo, oʼquvchining oʼqishga boʼlgan munosabatiga tuxtalaylik.

Bu munosabat dikkat, his-tuygʼular, qiziqishlar va iroda, shaxsning tutgan yoʼlida namoyon buladi. Taʼlim jarayoni, avvalo, oʼquvchilar diqqatini yoʼlga solishni talab etadi. Darslarda koʼrgazmali qurollar, texnik vositalardan foydalanish taʼlim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi.

Taʼlim jarayonida taʼlim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki oʼquvchilarning darsda oʼtiladigan materiallarni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir.

Dars jarayonida oʼquvchilarning diqqati oʼzgarib turadi. Oʼqitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va oʼquvchilar diqqatini materialning asosiy jixatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.

Taʼlim jarayonining samaradorligi koʼp jihatdan oʼqituvchi tomonidan beriladigan koʼrsatmalarga xam bogʼlik. Oʼqituvchining roli shundan iboratki, u oʼquvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish kerakligi, nimani butunlay esda olib qolmasdan, fakat tushunib olish kifoya qilishi, nimani soʼzma-soʼz esda saqlab qolish, nimaning maʼnosini oʼz soʼzlari bilan aytib berish uchun esda saqlab kolish zarurligini koʼrsatib oʼtishi lozim.

2. Taʼlim oluvchi va taʼlim beruvchining psixologik xususiyatlari.

Oʼqitishning emotsionalligi taʼlimning muvaffaqiyatliligini taʼminlovchi omillardan biridir. Taʼlim berish jarayoni emotsional jarayon. Аgar ukuvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuygʼu uygʼotmasa, uni oʼquvchilar esda yaxshi saqlab qolmaydilar. Oʼquvchilarning psixik xolatlari, yaʼni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari, ulardagi kuvonchli, optimistik kayfiyat oʼquv faoliyatini juda samarali qiladi. Oʼquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustrok oʼzlashtirib oladilar. Jamiyatimizdagi mexnat - haqqkiy ijod, kuvonch manbai hisoblanadi. Maktab oʼquvchilarida oʼquv mexnatiga ijodiy munosabat uygʼotib, mehnatning haqiqiy ijod, quvonch manbaiga aylanishiga koʼmaklashishi kerak. Taʼlim jarayonida ukuvchilarning bilishga kizikishlari gʼoyat katta rolь oʼynaydi. Maʼlumki, qiziqish oʼquvchilarning emotsional bezagi hisoblanib, u oʼquvchining biror faoliyatni tanlashga munosabati va yunalishida namoyon boʼladi. Psixologiyada qiziqishning ikki turi oʼquvchilarning taʼlim jarayonidagi faoliyatida aniklanadi: birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi esa bilvosita qiziqishdir. Har bir oʼqituvchi oʼz oʼquvchilarida oʼz faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali oʼquvchilarda taʼlimga faol munosabat namoyon boʼladi. Psixologiyada qiziqish shaxsning oʼzi uchun qimmatli yoki yoqimli boʼlgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatdir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri boʼlib hisoblanadi.

Qiziqishlar oʼquvchilar hayotida katta rolь oʼynaydi. Ular oʼquv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlardir. Qiziqishlar maktab oʼquvchisiga fan asoslarini durustrok oʼzlashtirib olishlari, qobiliyatlarining oʼsishi, bilim doiralarining kengayishiga imkon beradi. Oʼqituvchilarning vazifasi oʼquvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning oʼzi bilan shugʼullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, taʼsirchan qilish, qiziqishlarning markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shugʼullanish istagi, mayliga aylantirishdir. Oʼquvchilarning muayyan maqsadni koʼzlab ish tutishi, qiyinchiliklarni yenga olish, ishdan chalgʼitadigan narsalar bilan shugʼullanishdan oʼzini tiya olish, unda oʼqishga ishtiyoqni tarkib toptirishda namoyon boʼladigan iroda taʼlim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Taʼlim jarayonida oʼquv materialiga boʼlgan diqqatning barqaror boʼlishida irodaviy zoʼr berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Taʼlimda iroda oʼquvchida maktab va uyda oʼtkaziladigan mashgʼulotlarga tayyor turishda namoyon boʼladi. Oʼquv materialini oʼrganish, eslab qolish oʼquvchining irodaviy zoʼr berishigagina bogʼliq. Iroda oʼquvchilarning fikrlash faoliyatlari masalani yechish, qoʼyilgan savolga javob topishga intilishlarida namoyon boʼladi. Ular oʼquvchilarda koʼnikma va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.

Bolalar tafakkurini rivojlantirish.

Bolalar tafakkurini rivojlantirish har bir ota-ona, pedagog va tarbiyachi oldidagi muhim vazifalardan biridir. Bolalarda tafakkurning rivojlanishi oʼta intensiv kechadi.

Oʼquv jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarga eʼtibor berish lozim:

• berilgan oʼquv topshirigʼini yechish uchun vositalar tanlash;

• topshiriqlarni yechish jarayonlarida oʼz-oʼzini nazorat qilish;

• oʼzlashtirilgan bilimlar, malakalar, koʼnikmalar sifatini baholash;

• oʼquv topshiriqlari bajarilganligini tekshirish;

• oʼz oldiga maksad qoʼya olish;

• turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofiqligini koʼra olish.

Oʼquvchining oʼqishga boʼlgan qiziqishini rivojlanitirish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

• oʼquv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda oʼquvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni oʼzi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi lozim;

• oʼquvchilarga bir xil oʼqitish usullari va bir turdagi maʼlumotlarni berishdan qochish kerak;

• oʼrgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon boʼlishi uchun ayni shu fan yoki bilim oʼquvchining oʼzi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi zarur;

• yangi material oʼquvchi tomonidan avval oʼzlashtirilgan bilimlar bilan qanchalik bogʼlik boʼlsa, u oʼquvchi uchun shunchalik qiziqarli boʼladi. Haddan ziyod qiyin materiallar oʼquvchida qiziqish uygʼotmaydi. Berilayotgan bilimlar oʼquvchinig kuchi yetadigan darajada boʼlish lozim. Oʼqituvchi oʼrganilayotgan mavzu yoki bilimning ahamiyatini koʼrsatishi, oʼquvchining oʼquv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy oʼyinlardan keng foy-dalanishi lozim. Lekin, taʼlimda beriladigan har bir bilim yorqin, qiziqarli boʼlavermaydi, shuning uchun oʼquvchilarda iroda, qatʼiylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Аna shu xislatlar oʼquvchining kelgusida oʼz-oʼzini nazorat kilish, oʼz-oʼzini baholash va mustakil taʼlim olishiga asos boʼlishi kerak.


3. Psixologik bilimdonlikning taʼlim jarayonidagi oʼrni. Talaba shaxsining psixologik taraqqiyoti.

Jamiyat taraqqiyotining murakkab ishlab chiqarish qonuniyatlari insonning emotsional - psixik holatiga katta taʼsir oʼtkazadi. Bu taʼsir ijobiy yoki salbiy bulishi ham mumkin. Insonlar salomatligini asrashda ularda psixologik bilimdonlikni oshirish, oʼzini anglash, boshqara olish uchun ularni kuchli iroda egasi qilib tarbiyalash zarur. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning yaratuvchisi, davomchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishlari, shaxs sifatida kamolga yetishi, kasbiy tayyorgarlikni egallashi, mexnat faoliyatida mustaqil va samarali ishtirok etish masalasi asosiy muammo tariqasida taʼlim jarayonining kun tartibidadir. Buning uchun taʼlim muassasasi raxbarlari, pedagoglar psixologik bilimdonlikka ega boʼlishi, yaʼni taʼlim oluvchilarning yoshi, individual, oʼziga xos kasbiy, jismoniy va akliy rivojlanish xususiyatlarini xisobga olishlari zarur. Insonlarga xos boʼlgan asosiy faollik turlari - muloqot, oʼyin, oʼqish va mehnat faoliyatlaridir. Faoliyat faollik negizida paydo boʼluvchi, yangicha sifatning, oʼziga xoslikning, egallagan hatti - harakatning yuksak koʼrinishi, insongagina taalluqli hatti-harakatlar yigʼindisi. Inson faoliyatga kirishishda anglangan maqsad va ruhiy-jismoniy faollikni amalga oshirib, oʼzi va atrof - muxitga taʼsir qiladi, oʼzgartiradi, rivojlanadi, takomillashtiradi. Bu faoliyat turlari ichida eng uzoq davom etadigan va inson manfaatdor boʼlib amalga oshiradigan, uni shaxs sifatida toʼla kamolga yetishida kuchli taʼsir etuvchisi bu mehnatdir. Mehnat faoliyati natijasida inson ongi taraqqiy etib, tabiat va jamiyatda oʼzgarishlarni amalga oshirgan, taraqqiy etishiga sabab boʼlgan. Аna shu faoliyat zamirida shaxsda yashash, moddiy - maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, kelajagini taʼminlash imkoniyati vujudga keladi. Notoʼgʼri tanlangan kasb, mehnat turi, nosogʼlom mehnat jamoasi va boshqaruv psixologiyasidan bexabar rahbarning jamoasida ishning unumi pastligi, sifatsizligi, xodimlarda norozilik kayfiyati, kasb kasalliklariga chalinish holatlari koʼpayishi kuzatiladi. Yuqoridagi holatlarning oldini olish uchun har bir taʼlim muassasasi rahbarini psixologik bilimlar bilan qurollantirish, shaxsiy, ruhiy, jismoniy yetukligini taʼminlash, emotsional - ruhiy jarayonlarni boshqarishga oʼrgatish zarur.

Psixologik bilimdonlik - insonni turli salbiy kechinmalardan asraydi, oldini oladi, bor qobiliyat va imkoniyatlarini, aniq va pozitiv maqsadlarini amalga oshirishga yoʼnaltiradi, oʼzini anglash, nazorat qilish, mustakil fikrlash tufayli shaxs sifatida komillik, barkamollikka yetishadi. Psixologik bilimdonlik - asab tizimini tinchlantirib, uni tevarak - atrof, jamiyat, shaxslararo munosabatlarda sogʼlom, iliq psixologik muhitni yuzaga keltiradi, nizolarning oldini oladi. Bu esa taʼlim muassasalari rahbarlarini oʼzini tahlil qilishda, taʼlim - tarbiya jarayonini toʼgʼri tashkil etishda, kadrlarni tanlashda katta yordam beradi. Psixologik bilimlarga ega inson oʼz hulk - atvori, hatti - harakatlarini ongli ravishda nazorat qila oladi, maqsadga erishish uchun hatti-harakatlarni toʼgʼri tanlaydi, oʼzini va oʼzgalarni boshqarish, ortidan ergashtira olish, tarbiyalashga, boshqalarning shaxsiyatiga tegmasdan taʼsir oʼtkaza olish mahoratiga ega boʼladi.

Psixologik bilimdonlik inson ruhiyatiga ijobiy taʼsir koʼrsatib, shaxsni oʼz-oʼzini qoʼlga olish, oʼz-oʼziga buyruq berish, oʼz-oʼzini qayta tarbiyalash, oʼz-oʼzini nazorat qilish, anglash, oʼz imkoniyatlarini toʼgʼri chamalay olish va ulardan unumli foydalana olish kabilarga oʼrgatadi.

Ong pcixikaning eng yuksak dapajaci boʼlib, y faqat incongagina xocdip. Ong ijtimoiy tapixiy shapoitda odam mehnat faoliyatining tapkib topishida til yopdamida boshka kishilap bilan doimiy mynocabatda boʼlish natijacidip. Odam ongi, pcixikaci yukcak dapajada tashkil topgan matepiya, yaʼni miyaning xoccacidip. Bola ylgʼayishi bilan fiziologik va potologik jixatdan pivojlanib kamolga etib bopadi. Fiziologik pivojlanish natijacida tana tuzilishi, aʼzolap sifati va mikdopi oʼzgapadi. Miya pivojlanishi ham fiziologik pavishda 20 yoshgacha, baʼzan undan keyin ham davom etadi. Pcixologik pivojlanish natijacida shaxc dynyoqapashi, pcixologik japayonlapi, holatlapi, xycyciyatlapi tapaqqiy etadi va y oʼzi va boshqalapga boʼlgan mynocabatini ifodalaydi. Jamiyat jamoalap va gypyxlapdan tashkil topgan. Bu jamoa va gypyhlap maʼlum shaxclap tomonidan boshqapiladi. Shaxsdagi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy - psixologik bilimlar har qanday munosabatlarni oʼrnatishga, jamoa orasida uning mavqei oshishiga xizmat qiladi.

Boshkaruvda gorizontal va vertikal jihatlar mavjud. Masalan, gorizontal bu psixik bilimlarni asos qilib olsa, vertikal esa yuridik xujjatlarga asoslangan boʼladi. Boshqaruvning asosini ijtimoiy, huquqiy, psixologik va nazariy bilimlar tashkil etadi. Boshqarish - oʼzi sanʼat, sanʼat esa qobiliyatdir. Shunday fundamental bilimlarga ega rahbar boshchilik qilayotgan pedagogik jamoada ish unumdor, muhit sogʼlom va jamoa ahil boʼladi. Kasb va xizmat pillapoyalaridan koʼtarilishning turli hil yoʼllari mavjud, ammo rahbar sifatida faoliyat koʼrsatish, shu sohada yuqori choʼqqiga erishish, uddaburon, ishonchli yetakchi sifatida inson omilini boshqarish mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Taʼlim muassasasi rahbaridagi yuksak madaniyat, aniq strategik maqsadlar va halollik, mukammallikka erishish istagi oʼz - oʼzini xurmat qilishga, shaxsiy gʼururning koʼtarilishiga, salobat va shavkatini his kilishda poydevor vazifasini bajaradi. Oʼz -oʼzini boshqarish yetuk jamoagagina nasib qiladi. Zero, Konfutsiy aytganidek, “jamiyatni qonunlar bilan emas, ahlok, ezgu amallar va urf-odatlar bilan boshkarish lozim”.



Kuchli psixologik va huquqiy bilimlarga ega raqobatbardosh kadrlar, davlat rivojlanishida inson omilini toʼgʼri boshqarish, uning mexnat faoliyatini samarali tashkil etish orqali aholi, mamlakat farovonligi, salomatligi, mustakilligini taʼminlash bevosita rahbar shaxsiga bogʼliqligini inobatga olib oʼsib kelayotgan yosh avlodda yetakchilik, liderlik sifatlarini shakllantirish kelgusi baxtli xayotga zamin tayyorlashdir. Buning uchun bolada raxbarlik faoliyatida sezgi va idrok sifatlari, dikkat turlari, intellektual, emotsional, irodaviy holatlari, tafakkur etish qobiliyati, temperament va xarakter sifatlarini aniqlash, rivojlantirish kerak. Shu oʼrinda ota-onalar, pedagoglar umumiy psixologiya, psixofiziologiya, ijtimoiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, psixodiagnostika fanlaridan xabardor boʼlishi talab qilinadi. Zero, millatni millat qiladigan bu uning maorifidir. Dono xalqimiz aytganidek, oʼz ildizi bilan ishi boʼlmagan daraxt tez kuriydi, maʼnaviy kaxatchilik boʼlgan yerda iqtisodiy farovonlik boʼlmaydi. Oʼsib kelayotgan avlod taʼlim-tarbiyasi, salohiyatini muntazam monitoring qilmasdan, ularni oʼtmish tarixdan xabardor qilmasdan, hech qachon ularda hozirgi va kelajagini koʼra olish qobiliyatini rivojlantirib boʼlmaydi. Pahbaplik, boshqapyv canʼati haqida mutafakkiplapimiz koʼplab acaplap yozib qoldipishgan. Jumladan, Kaykovyc “Qobycnoma” acapida jicmoniy va aqliy tapbiyaning hamma tomonlapi, incon kamoloti, podshohlik odobi kabi ymyminconiy macalalap haqida toʼxtalgan. Kaykovycning bu acapi Fapby Shapq mytafakkiplapining diqqat - eʼtibopida boʼlib yoshlap tapbiyacida dactypuamal vazifacini oʼtab kelmokda.
Download 19,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish