Ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitishni tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar



Download 126,05 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2022
Hajmi126,05 Kb.
#688927
  1   2   3
Bog'liq
TA\'lim muassasalarida masofaviy o\'qitishni tashkil etish bo\'yich


TA'LIM MUASSASALARIDA MASOFAVIY O'QITISHNI TASHKIL ETISH BO'YICHA KO'RSATMALAR

2020 yil bahorida, COVID-19 tarqalishining oldini olish va cheklash maqsadida, O'zbekistondagi barcha ta'lim muassasalari masofaviy ta'lim formatida ta'lim ishlarini olib boradilar. Ushbu ko'rsatmalar ta'lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, maktab ma'muriyati va o'qituvchilari uchun masofaviy o'qishni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha mavjud stsenariy(uslubiy ko’rsatma)larni tushuntirishga mo'ljallangan.


1. Karantin boshlanganligi haqida/ masofaviy ta'limni tashkil etish to'g'risida e'lonlar berish.
Kundalik.com tizimidagi ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayonining barcha ishtirokchilarini xabardor qilish uchun siz "E’lonlar" hizmatidan foydalanishingiz mumkin, bu sizga butun maktabni karantin davrida ishlarni tashkil etishning umumiy muammolari, shuningdek, alohida sinflarda individual masofaviy darslarni tashkil etishni xususiyatlari to'g'risida xabardor qilish imkonini beradi.
2. Masofaviy ta'limni o'tkazish tartibi va shaklini e'lon qilish.
Ushbu bosqichda ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilariga masofaviy o'qitishning taklif etilayotgan shakli (avvalgi dars jadvalni saqlash yoki o'zgartirish,onlayn ma'ruzalari yoki o’qituvchilarning onlayn-ma'ruzalarini yozib olish, Internet tarmog’idagi ta’lim resurslaridan foydalanish, tashqi fayllarni saqlash bo’limiga havola yoki o’quv materiallari joylashtiriladigan Kundalik.com dagi sinf profilida "Fayllar" bo'limi omboridagi o’quv materiallaridan foydalanish va h.k) ta'lim muassasasining har bir sinf / o'quv guruhi uchun ma'lumot berish rejalashtirilgan.
Ma'lumot berish uchun sinf sahifasidagi "E’lonlar" menyusida joylashgan Yozuvlar kiritish hizmatidan foydalanish tavsiya etiladi. Yangi yozuvni yaratgandan so'ng, u barcha sinf a'zolari uchun lentada ko'rinadi va "E’lonlar" menyusida saqlanadi.
3. Ta'lim muassasasining barcha sinflari uchun masofaviy ta’lim o'quv dasturini tayyorlash.
O'quv dasturini tayyorlash masofaviy o'qishni boshlash uchun tayyorgarlik bosqichidir. Ushbu davrda zavuchlar(o’quv ishlari bo’yicha direкtor o’rinbosarlari) dars jadvali, o'qituvchilar va o’quvchilar uchun yuklama, kalendar tematik reja, uy vazifalarini tekshirish tartibi va muddatlari, o’quvchilar tomonidan topshiriladigan attestatsiya, ijodiy va boshqa ishlarni bajarish imkoniyatlarini to’g’ri kelishib olishlari kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, turli o'qituvchilar mashg'ulotlarni tashkil qilish uchun turli hil imkoniyatlarga ega. Kimdir darslarni ma'lum bir messenjer orqali onlayn ravishda o'tkazishi mumkin, kimdir videoga ma'ruzalarni yozib olish va dars mavzusining tavsifida ularga havola qoldirib, kimdir qo'shimcha materiallar bilan ishlashni va o’quvchilar bilan yozma ravishda muloqot qilishni afzal ko'radi. Ushbu choralarning barchasi to'g'ri va o'qituvchining tanloviga qarab shaffof shaklda yoki kombinatsiyalangan holda ishlatilishi mumkin.
4. Dars jadvalini tuzatish
O'qituvchilar o'zlarining ish yuklamalarini tushunishlari va o'quvchilar jadvaldan tashqarida chetlashmagan holda va akademik ritmni saqlab turishlari uchun darslar jadvalini o'quv yurtidagi haqiqiy vaziyatga qarab tuzatish tavsiya etiladi.
Agar bir qator sinflar muddatidan oldin ta'tilga chiqsa va o'qimasa, siz shu sinf biriktirilgan hisobot davriga tuzatish kiritishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun, dars o’tilmay qolgan kunlarni Qo'llab-quvvatlash portalining ko'rsatmalariga binoan o'chirib tashlang, keyin Maktab boshqaruviga o’tib, dars jadvali blokidanda "Hisobot davrlari" bo'limini oching, ushbu sinf uchun o’qitilgan so’nggi kunni tanlab, hisobot davrining tugash sanasini kerakli kunga o'tkazing, agar kerak bo'lsa, boshlash sanasini ham o'zgartirish kerak bo’ladi
Agar masofaviy o'qishga boradigan sinflar ham ushbu hisobot davrida o'qiyotgan bo'lsa, demak hisobot davrining tugash sanasini o'zgartirish mumkin emas, shunda siz dars jadvalidagi dars o’tilmagan kunlarni jadvaldan o’chirib chiqishingiz tavsiya etiladi.
Agar masofaviy o'qishni tashkil etish jarayonida ilgari kelishilgan dars jadvaliga o'zgartirishlar kiritilgan bo'lsa, ular dars jadvalida ham aks ettirilishi kerak. Darslarni bittalab jadvaldan o’chirish/ko’chirish kerak bo;ladi yoki eski dars jadvalini masofaviy o’qitilgan kundan boshlab o’chirib tashlab, yangi joriy o’quv rejasiga moslashtirilgan dars jadvalini nashr etish kerak bo’ladi.

Download 126,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish