Ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitishni tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar



Download 126,05 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2022
Hajmi126,05 Kb.
#688927
1   2   3
Bog'liq
TA\'lim muassasalarida masofaviy o\'qitishni tashkil etish bo\'yich

E'tibor bering! Jadvalga o'zgartirishlar kiritishda, o'tgan darslarni o’chirmaslik kerak, chunki darslar bilan bir qatorda dars mavzulari, baholar, qatnashish belgilari, dars sharhlari, yoritilgan mavzular va uy vazifasi o'chirilib ketadi
5. Dars rejasini tahrir qilish(o’zgartirish kiritish).
Dars jadvaliga o'zgartirishlar kiritilgandan so'ng, o'qituvchilar tizimda ishlashni boshlashlari mumkin. Ishni “Dars rejasi”ning mavzulariga o’zgartirish kiritishdan boshlash kerak. Masofaviy ta’limni hisobga olgan holda, habarlar jo’natish hizmatining texnik hususiyatlarini hisobga olib, sinflarni kichik o’quv guruhlariga bo’lish talab etilishi, shuningdek, buning natijasida fan soatlari qisqarishi mumkin. Hamda bitta dars doirasida bir nechta dars o’tishga to’g’ri keladi va bularning barchasi dars rejasi mavzularida o’z aksini topishi kerak. O’quvchilarning hammasi ham onlayn darslarda qatnasha olmasligi va hamma o'qituvchilar ularni mustaqil ravishda tashkil qila olmasliklari sababli, har bir mavzuga o'quv rejasi ilova qilinishi kerak, shunda talabalar va ularning ota-onalari mavzuni izchil va bosqichma bosqich o'rganishni mustaqil ravishda tashkil etishlari mumkin.

Darslar rejasini ko'rsatish uchun jurnalni yoki darsni rejalashtirishda darsning sanasini bosib, “Dars sahifasi”ni ochishingiz kerak va "Dars detallari" blokining ustidagi "Tahrirlash" ni bosing. Kiritilgan barcha o'zgarishlarni saqlaganingizdan so'ng, o'quvchilar kundaliklardagi darsning nomini bosish orqali dars rejasi bilan tanishishlari mumkin.
6. Umumiy va individual uy vazifalarini yaratish.
Agar siz uy vazifangizga fayllar, qo'shimcha materiallar, ichki va tashqi manbalarga havolalarni biriktirishingiz kerak bo'lsa, bunday uy vazifani “Dars rejasi” sahifasidan emas, “Dars sahifasi”dan yuklashingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Keyingi darsga uy vazifa yaratish uchun siz keyingi darsning sahifasini ochishingiz kerak va "Uy vazifasi" bo'limida “UV qo'shish" tugmasini bosishingiz yoki “Dars sahifasi” oynasidagi “Keyingi darsga uy vazifa” havolasidan foydalanishingiz mumkin bo’ladi. Keyingi qadamda uy vazifa parametrlarini sozlab, uning aniq tavsifini kiritasiz.
Agar uy vazifani sinfning barcha o’quvchilariga berish kerak bo'lsa, unda siz "Uy ishini berish" tugmachasini bosishingiz kerak. Agar UV sinfning bir yoki bir nechta o'quvchilari uchun individual tartibda berilsa, "Saqlang, lekin hozir bermang" tugmasini bosishingiz kerak. Keyingi qadamda belgilash kiritish imkoniyati bilan sinf o’quvchilari ro’yhati ochiladi. Kerakli o’quvchilarni ro'yxatidan tanlang va "Tanlangan o’quvchilarga berish" tugmachasini bosing.
O'tkazilgan barcha manipulyatsiyalardan so'ng, o'quvchilar uy ishlarining matnini o’z kundaliklari fan nomini bosib, ko'rishlari mumkin. UV matnini bosganingizda, UV sahifasi ochiladi, u erda o’quvchi biriktirilgan faylni yuklab olishi, agar faylni tekshirish talab etilsa, o'zining faylini biriktirishi, shuningdek o'qituvchiga uy vazifasi haqida savol bilan murojaat qilishi mumkin. O’quvchi uy vazifani bajarish uchun "Vazifani bajarish" maqomini tanlashi mumkin - shunda o'qituvchi UV bajarilib, yakunlanganligi’ tekshirish uchun tayyorligini ko'radi va uni tekshirishi mumkin, yoki "vazifanini rad etish"ni tanlashi mumkin - bu holda o'qituvchi o’quvchi uchun vazifani yana ham aniqlashtirishi kerakligini, o’quvchi vazifani tushunmaganligini bila oladi.

O'qituvchi UV sahifasida o’quvchining uy vazifasi bilan ishlaydi. Siz ushbu sahifaga quyidagi zanjir orqali kirishingiz mumkin: "Dars sahifasi - berilgan UV ni bosing – o’quvchilar ro'yxatida UV tekshirilishi va muhokama qilinishi kerak bo'lgan O’quvchining ismini bosing."
Kundalik.com testini darsga qo'shib qo'yishingiz mumkin. Testni ulash uchun "Darsda ishlash" bo'limida dars sahifasini ochishingiz kerak, ish turini tahrirlashni ochib, "Test qo'shish" ni belgilang, keyin siz ushbu dars uchun test yaratishingiz mumkin bo’ladi.

Download 126,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish