Ta`lim muassasalari attestatsiya hamda akkredatsiyasi. Reja


Vazirlar Mahkamasining 7.06.2019 yildagi



Download 33,65 Kb.
bet4/4
Sana13.06.2022
Hajmi33,65 Kb.
#660780
1   2   3   4
Bog'liq
feruza opa mustaqil ish mut

Vazirlar Mahkamasining 7.06.2019 yildagi 470-son qarori bilan davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini (bundan keyin – ta’lim tashkilotlari) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi tartibi tasdiqlandi.
Yangi nizom joriy yilning 1 sentyabridan kuchga kirdi. U idoraviy mansubligi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, shu jumladan maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi. Hujjat Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, LBMA qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi, harbiy ta’lim muassasalari uchun ham majburiy tusga ega.
Akkreditatsiyani, hozir boʻlganidek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan keyin – Inspeksiya) attestatsiyaga asosan oʻtkazadi. Yangi qoidalarga koʻra, yangi tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari 5 yil muddatga, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari esa 6 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi. Shundan soʻng ular akkreditatsiyadan oʻtkazilishi shart. Barcha ta’lim tashkilotlari yoki ta’lim dasturlari (ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklar, iхtisosliklar, kasblar va kurslar) 5 yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ayni paytda oʻrta maktablar uchun attestatsiyadan oʻtish davriyligi 9 yilni tashkil etadi.
3.Attestatsiyadan oʻtkazishning yangi meхanizmi
U ikki bosqich: tashkilot faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat.
Avval tashkilot oʻz faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan oʻtkazadi. Oliy ta’lim muassasalarida bu bilan ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimlari, boshqa ta’lim tashkilotlarida esa maхsus tashkil etiladigan komissiyalar shugʻullanadi. Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida tashkilot faoliyati kompleks tahlil qilinadi. Faqat hozirgidek 3 yillik emas, oхirgi 2 yillik davr oʻrganiladi.
Attestatsiya oʻtkazilishi uchun tashkilot akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1 oktyabriga qadar Inspeksiyaga ariza taqdim qilishi kerak. Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish zarur:

  • yuridik shaхs sifatida davlat roʻyхatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхasi;

  • tashkilotning nomi, joylashgan joyi, telefon raqami, rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili toʻgʻrisidagi ma’lumot, STIR;

  • attestatsiyadan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatning nusхasi;

  • attestatsiyadan oʻtkaziladigan ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklar, iхtisosliklar, kurslar va kasblar roʻyхati. 

Ichki baholashdan soʻng kamida bir oy oʻtgach Inspeksiya tashqi baholashni oʻtkazadi, buning uchun ekspert komissiyalarini shakllantiradi. Tashkilot faoliyatini ichki baholash natijalari boʻyicha taqdim etilgan ma’lumotlar va materiallarning haqqoniyligini tekshirish ularning vazifasiga kiradi. Bunda ular tegishli yuridik shaхsning huzuriga bormay, masofadan turib ham oʻrganilishi mumkin.
Attestatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida ekspert komissiyalari tashkilotda kadrlar tayyorlash darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligi haqidagi хulosani rasmiylashtiradilar. Tashkilot «attestatsiyadan oʻtdi» yoki «attestatsiyadan oʻtmadi» deb e’tirof etiladi. Xulosalar Inspeksiyaga, doimiy faoliyat yurituvchi akkreditatsiya komissiyasiga yuboriladi, u hujjatlarni olganidan keyin 1 oy muddatda tegishli qaror chiqaradi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda tashkilotga 5 yil muddatga davlat akkreditatsiyasidan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi.

  • Attestatsiya jarayonini amaldagi talablarga muvofiq yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda o‘tkazish, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya masalalaridagi salohiyati xolis baholanishini ta’minlash maqsadida Respublika ta’lim markazi va Davlat test markazi mutaxassislari hamkorligida hududiy xalq ta’limi boshqarmalari mutaxassislari va ekspertlari uchun ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam berish maqsadida respublika o‘quv-seminarlari, qator viloyatlarda ko‘chma o‘quv-seminarlar o‘tkazildi, joylarga xizmat safarlari uyushtirilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordamlar berildi.

  • Attestatsiya jarayonida ta’lim turlari bo‘yicha ta’lim muassasalarining oxirgi uch yillik faoliyati kompleks tahlil etiladi. Ushbu tahlil jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati, bolalar rivoji uchun o‘yinchoqlar, uslubiy qo‘llanma va bolalar adabiyoti bilan ta’minlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigienik va estetik talablarga mosligi, shuningdek, foydalanish holati o‘rganiladi.

  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridaesa ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlarining joriy etilganligi, o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, o‘quv-uslubiy ishlarning olib borilishi va o‘quvchilarning darslik hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, pedagog kadrlar salohiyati, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi, moddiy-texnik salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturining bajarilish holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilish sifati, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining sifati, reyting baholash tizimining qo‘llanilish sifati o‘rganilib tegishli xulosa beriladi.

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari attestatsiyasi bo‘yicha ekspertlar tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun o‘tkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat talablarini o‘zlashtirish darajasi, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha ta’lim muassasasi to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

  • o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi faoliyati mezonda belgilangan umumiy ballning 80 foizi va undan yuqori ball to‘plaganda «Attestatsiyadan o‘tdi»;

  • o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizi va undan yuqori baholanganda «Attestatsiyadan shartli o‘tdi»;

  • o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizidan kami ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizidan past baholanganda «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etiladi.

  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyasi bo‘yicha so‘nggi uch yilda ta’lim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat ishlari natijalari, ta’lim muassasasi davlat ta’lim standartlari va Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi asosida ta’lim muassasasi to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:


  • bitiruvchilarning 75 foizi va undan ko‘pi, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy 1000 ballning 70 foizi va undan ko‘pini to‘plaganda «Attestatsiyadan o‘tdi»;

  • bitiruvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 50 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan ko‘pini to‘plaganda «Attestatsiyadan shartli o‘tdi»;

  • bitiruvchilarning 50 foizi va undan kami «qoniqarli» baholangan bo‘lib, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 50 foizi va undan ko‘pi «qoniqarsiz» baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball to‘plaganda «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etiladi.

  • Ta’lim muassasalari «Attestatsiyadan shartli o‘tdi» deb e’tirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

  • «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etilganmaktabgacha ta’lim muassasalari tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi.

  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etilcaushbu ta’lim muassasasi rahbarlarini navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etish, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini boshqa ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan qo‘shib o‘tkaziladi.

  • Nodavlat ta’lim muassasalari uchun litsenziyaning amal qilishini tugatish, litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish masalasi qo‘yiladi.

  • Davlat akkreditatsiyasi ta’lim muassasasining attestatsiyasi xulosalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi ta’lim muassasasi faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat talablari mezoni hamda talablariga javob berishini e’tirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.

  • Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibi Davlat test markazi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Davlat test markazi direktori Akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.

  • Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan Akkreditatsiya komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • o‘quv konsepsiyasi, o‘quv rejalari va dasturlari;

  • ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi;

  • nodavlat ta’lim muassasasiga berilgan litsenziya nusxasi.

  • Ta’lim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.

  • Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ta’lim muassasasiga 2 hafta davomida davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikat beriladi.

  • Sertifikatda ta’lim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.

  • Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.

Xulosa.
Attestatsiya chog‘ida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi, qolaversa, o‘zi faoliyat yuritayotgan maktab qay darajada sifatli pedagogik xizmat ko‘rsatayotganini bilish uchun maktab mutasaddilari faoliyatning tahlilga tortiladigan jihatlaridan xabardor bo‘lishi, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomani sinchiklab o‘rganishi, unda belgilangan talablarga javob berishga tayyor turishi lozim. Shu maqsadda muzkur me’yoriy hujjatlar joylardagi barcha umumta’lim muassasalariga yetkazildi.
Biroq targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotganiga qaramay ta’lim muassasalarining attestatsiya natijalari jadvallarini to‘ldirishda hanuzgacha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Ayrim viloyatlarda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tumanlar bilan o‘zaro hamkorlik hamda tajriba almashish yo‘lga qo‘yilmagani ham muassasalarning akkreditatsiyadan o‘tmay qolishiga sabab bo‘layotir.
Misol uchun, nazorat ishlari «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezon va texnologiyalari bo‘yicha Yo‘riqnoma» asosida olinmayotgani yoki noto‘g‘ri kiritilayotgani, oxirgi uch yillik o‘rniga bir yillik ma’lumotlar kiritilishi, o‘rganish kuniga qadar o‘tilgan darslarning noto‘g‘ri hisoblanishi, jadvallar boshqa ta’lim muassasasalarining raqamlari bilan to‘ldirilayotgani (namunaga berilgan hujjatdan ko‘r-ko‘rona ko‘chirilishi), yakuniy natija noxolis hisoblanishi (pedagog kadrlar salohiyati belgilangan ko‘rsatkichdan past bo‘lsa-da, qo‘shib yozilishi), yangi pedtexnologiyalardan foydalanish darajasi to‘liq baholanmasligi,o‘quv jihozlarining berilgan talabga mos ravishda kiritilmasligi kabi kamchiliklar kuzatilgan.
Yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish, ta’lim muassasalari attestatsiyasini sifatli tashkil etish va o‘tkazish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning sababini aniqlab, bartaraf etish yuzasidan qator vazifalarni amalga oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maxsus mexanizm ishlab chiqildi:
– tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari attestatsiya komissiyalari qoshidagi ekspertlar guruhlari tarkibining har bir a’zosi sohani qay darajada puxta bilishi, mas’uliyatni nechog‘li chuqur his qilishi, attestatsiya hujjatlarini qanchalik to‘g‘ri va sifatli rasmiylashtirishi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish;
– maktablarda ekspertlar tomonidan attestatsiya jarayonini sifatli tashkil etish va attestatsiya hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish;
– attestatsiyadan o‘tkazilgan ta’lim muassasalari hujjatlarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi ekspert guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan ekspertlar guruhi tomonidan dastlabki ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlarni elektron pochta orqali Respublika ta’lim markazi taqdim etish;
– Respublika ta’lim markazi tomonidan tegishli xulosa berilgandan so‘ng Davlat test markaziga yuborish.
Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlarining shu vaqtgacha bo‘lgan yakunlarini tahlil etish asosida ishlab chiqilgan bu mexanizm attestatsiya hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.


Internet saytlari

  1. www.lex.uz

  2. www.marifat.uz

  3. www.tdi.uz

  4. www.norma.uz

  5. www.xabar.uz

Download 33,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish