BMTning tashkil topishi va faoliyati "Birlashgan Millatlar" degan tushunsha birinchi marta AQSH Prezidenti Franklin Ruzvelt taklifiga ko`ra, 1942-yil 1-yanvarda Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasida qo`llanildi.
Bunga asosiy sabab, 26 mamlakatning o`z hukumatlari nomidan ikkinchi jahon urushining boshlanishiga sababchi bo`lgan davlatlarga qarshi birlashishiga qaror qilinishi bo`ldi. Bu tushuncha keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)da o`zining to`la va aniq ifodasini topdi.
Bunga asosiy sabab, 26 mamlakatning o`z hukumatlari nomidan ikkinchi jahon urushining boshlanishiga sababchi bo`lgan davlatlarga qarshi birlashishiga qaror qilinishi bo`ldi. Bu tushuncha keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)da o`zining to`la va aniq ifodasini topdi.
1945-yil 25-apreldan 26-iyungacha AQSHning San-Fransisko shahrida 50 ta davlat vakillari ishtirokida Birlashgan Millatlarning konferensiyasi bo`lib o`tadi. Bu konferensiyada xalqaro tashkilot tuzish haqida qaror qabul qilinadi va BMTning Nizomi tasdiqlanadi. Xitoy, sobiq SSSR, Angliya va AQSH (1944-yil avgust oyida) davlatlari vakillari tomonidan qabul qilingan loyiha mazkur Nizomga asos qilib olindi. - Xitoy, sobiq SSSR, Angliya va AQSH (1944-yil avgust oyida) davlatlari vakillari tomonidan qabul qilingan loyiha mazkur Nizomga asos qilib olindi.
1945-yil 26-iyunida BMTning Nizomi 50 ta mamlakat vakillari tomonidan tasdiqlanadi. Keyinchalik, Polsha davlatining bu Nizomni tasdiqlashi munosabati bilan 51 ta davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’sischilari bo`ldilar. - 1945-yil 26-iyunida BMTning Nizomi 50 ta mamlakat vakillari tomonidan tasdiqlanadi. Keyinchalik, Polsha davlatining bu Nizomni tasdiqlashi munosabati bilan 51 ta davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’sischilari bo`ldilar.
BMT 1945-yilning 24-oktyabrida ta’sis etgan ko`pchilik davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo`ldi, ya’ni amal qila boshladi. - BMT 1945-yilning 24-oktyabrida ta’sis etgan ko`pchilik davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo`ldi, ya’ni amal qila boshladi.
Shundan buyon 24-oktyabr har yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil topgan kuni sifatida dunyoning barcha mamlakatlarida nishonlanadi. - Shundan buyon 24-oktyabr har yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil topgan kuni sifatida dunyoning barcha mamlakatlarida nishonlanadi.
Xalqaro Xotin-qizlar kuni (8-mart)
Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (5-iyun)
Xalqaro savodxonlikni yoyish kuni (8-sentyabr)
Xalqaro tinchlikni himoya qilish kuni (BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi ochiladigan kuni)
Xalqaro qashshoqlikka qarshi kurash kuni (17-oktyabr)
Butunjaxon SPIDga karshi kurash kuni (1-dekabr)
Inson huquqlari kuni (10-dekabr)
BMT shuningdek quyidagi bayramlarni nishonlaydi:
BMTning qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. Qarorgohning binosi va maydoni xalqaro zona hisoblanadi. Bu - ushbu hudud birgina AQSHning emas, balki BMTning barcha a’zolarining hududi deganidir. - BMTning qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. Qarorgohning binosi va maydoni xalqaro zona hisoblanadi. Bu - ushbu hudud birgina AQSHning emas, balki BMTning barcha a’zolarining hududi deganidir.
Qarorgohning qarshisidagi birinchi Avenyuda barcha a’zo davlatlarning bayroqlari hilpirab turibdi (birinchi bayroq Afg`onistonniki, oxirgisi Zimbabveniki, chunki mamlakatlar nomi alifbo tartibida joylashtirilgan).
BMTning o`z bayrog`i ham bor. U havo rangda bo`lib, o`rtasida oq emblemasi bor. Emblemada oliva daraxtining shoxlari o`rab turgan dunyo xaritasining tasviri mavjud (chunki oliva daraxti tinchlik ramzi hisoblanadi).
E’tiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |