Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a


Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash



Download 2,31 Mb.
bet87/160
Sana22.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#574267
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160
Bog'liq
2 5384125690360632943 (1)

Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. Yosh o‘qituvchilarning har tomonlama etuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o‘qituvchi ta’lim muassasasiga ishga keldi deylik: uni o‘quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To‘g‘ri, oliy o‘quv yurtida u yaxshi nazariy bilimlarga ega bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o‘tib keladi. Biroq u oliy o‘quv yurtini tamomlashi bilan o‘qituvchi degan nomga ega bo‘ladi. Tabiiyki, unda o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi yetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o‘qituvchiga xarakteri turlicha bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o‘z o‘quvchilarining qobiliyat darajasi, o‘zlashtirishdan ortda qolayotgan o‘quvchilar shaxsini o‘rganishda ularning har biri o‘ziga xos xotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo‘lishlarini hisobga olmaganligi sababli o‘quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga solish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi. Yosh o‘qituvchining eng katta xatosi, u o‘zini bilimi sayoz o‘quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada o‘zlashtirishi past o‘quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi.
Yosh o‘qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo‘g‘in - bu ular bilan bevosita ishlashni yo‘lga qo‘yishdir. Ularga ma’ruzalar o‘qish, nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta’lim muassasasida yetarli ma’lumotlarni oladilar. Yosh o‘qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin: barcha yosh o‘qituvchilarni jalb etish orqali; ogohlantirish orqali har bir o‘qituvchining darsini kuzatish yo‘li bilan; yosh o‘qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.
4.Xalqaro baholash dasturlarining me’yoriy asoslari. 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida milliy ta’lim tizimi sifatini oshirish hisobiga yuqori malakali, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni takomillashtirish markaziy o’rinlardan birini egallaydi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz».
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to’g’risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etildi:
1). Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash;
2). Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash;
3). The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
4). The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish sharoitlarini o’rganish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.
Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;
ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o’tkazishda ishtirok etish;
ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o’tkazish;
ta’lim sifatini baholash bo’yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
umumiy o’rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo’yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg’or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo’llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
o’qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlar bo’yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo’yicha o’quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag’ishlangan yig’ilishida ilm-fanning ustuvor yo’nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish