Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a


Ta’lim muassasalarining tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari



Download 2,31 Mb.
bet79/160
Sana22.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#574267
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160
Bog'liq
2 5384125690360632943 (1)

Ta’lim muassasalarining tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari
Agar ijtimoiy tashkilotga tashqaridan qaralsa, u boshqa tashkilotlar va alohida kishilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘luvchi muayyan ijtimoiy institut sifatida namoyon bo‘ladiki, buni tashkilot tushunchasiga ta’rif berayotganda hisobga olish zarur.
Shunday qilib, tashkilotlarga (avvalo, yaxshi ishlaydiganlariga) alohida xususiyat, alohida sifatga tizimli — o‘z a’zolari harakatlarini integratsiyalash hisobiga o‘z faoliyatida ko‘proq unumdorlikka erishish qobiliyatiga ega bo‘lish xosdir. Bu xususiyatni tashkiliy samara deya atash rasm bo‘lgan. Ta’kidlash mumkinki, har bir samarali ijtimoiy tashkilot shunday tashkiliy samarani ta’minlashga intilishi (va ta’minlay olishi) kerak hamda ustunlikning ushbu manbaidan to‘liq foydalanish boshqaruv sub’ektlarining tabiiy va doimiy tashvishi hisoblanadi.
Hozirgi davrda ijtimoiy tashkilotga murakkab, maqsadga yo‘naltirilgan tizim sifatida qarash amalda umumqabul qilingan qarash bo‘lib qoldi. Buning uchun, tizim deganda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va natijada, ularning hech biriga (tizimli sifatlar) alohida xos bo‘lmagan xususiyatlar yuzaga keladigan tarzda o‘zaro munosabatda bo‘lgan unsurlar yig‘indisi tushuniladi, deb taxmin qilishga barcha asoslar yetarli. Biroq boshqaruv fikri tarixi boshqaruv nazariyalari mazmunini tashkilotni sun’iy yoki tabiiy; mexanizm yoki organizm sifatida tushunish bilan sezilarli tarzda farqlanishini ko‘rsatadi.
Bu bir qaraganda, tashkilotlar odamlar tomonidan ongli tarzda yaratilishi, boshqacha aytganda, qo‘lbola ekanligi mutlaqo ayon. Bosh­qa tomondan esa, tashkilotlardagi odamlarning va tashkilotlarning o‘zining xatti-harakati faqat oqilona, kimningdir tomonidan o‘ylab topilgan rejalar va niyatlarni amalga oshirishgagina yo‘naltirilmagan. Ularga tashkilot hayot faoliyatining ichdan o‘zini-o‘zi moslashining ta’siri ham kam emas. Tashkilotlar har doim ham, har jihatdan ham oqilona bo‘lmay, o‘zlarini tabiiy, tirik ob’ektlar sifatida tutadi.
Bundan boshqaruv uchun nima kelib chiqadi? Juda ko‘p narsa kelib chiqadi: agar biz sun’iy ob’ekt bilan ish ko‘rsak, boshqaruv bobidagi ijodiyotimizga erk berib, ular bilan xohlagan ishni qilishimiz mumkin. Agar ob’ekt jonli bo‘lib, ichki erkinlik darajalariga ega bo‘lsa, faqat bo‘ysunish emas, balki qarshilik ko‘rsatishga ham qodir bo‘lsa, unda biz bunday ob’ektning tabiiy xususiyatini hisobga olgan holda ish ko‘rishimiz lozim. Buni tushunmaslik ijtimoiy tashkilotlar boshqaruviga ham faqat texnik jarayonlar va tuzilmalarga to‘g‘ri keladigan yondashuvlarni «aynan bir xil» to‘liq tatbiq etilishiga olib keladi-ki, bu metodik jihatdan xato, amaliy jihatdan xavflidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, inson omili roli anglanishining ortib borishi, boshqaruvni demokratlashtirish tamoyili tashkilotni mexanizmning aynan o‘zi, deya tushunishdan voz kechishga olib keldi; ular alohida murakkab ijtimoiy organizm sifatida tasavvur qilina boshlandi. Tashkilotning organizmga o‘xshashligining cheklanganligini, to‘liq emasligini, majoziyligini to‘liq anglagan holda shuni aytish mumkinki, bunday tushunishda ancha foydali xossalar mavjud.
Agar tashkilotlarni diqqat bilan kuzatsak, ularga haqiqatan ham murakkab organik tizimlarning ayrim xususiyatlari xos ekanligini ko‘ramiz:
— tashkilotlarga murakkab «ontogenez» xos: ular vujudga keladi, shakllanish yo‘lini bosib o‘tadi, faoliyat ko‘rsatadi, takomillashadi;
— tashkilotlar moslashuvchan, ular muayyan darajada tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashib olishga qodir;
— tashkilotlar individuallikka, alohida xarakterga, xulq-atvor qoidalariga ega;
— tashkilotlar o‘zligini anglash xususiyatiga ega (garchi ular o‘zlari haqida barcha narsalarni bilmasa-da); ular uchun o‘z tarixi, o‘z o‘tmishiga, buguniga va kelajagiga munosabati juda muhim, ular tarixida tashkiliy hayotida burilish yasagan keskin voqealarni topish mumkin;
— tashkilotlar o‘zini-o‘zi tugal qurishga, takomillashtirishga qodir (mexanik tizimga bular xos emas);
— tashkilotlar tashqi boshqaruvga va sharoit amriga bo‘ysunishi mumkin, lekin rivojlanishining asl manbai ularning o‘zida;
— tashkilotlar xastalanadi va sog‘ayadi, ular omon qolishi va rivojlanishi uchun juda zarur bo‘lgan bo‘hronlarni boshdan kechiradi.
Ijtimoiy tashkilotlar tushunchasiga «organizmik yondashuv» bosh­qaruv tizimi qurilishida mexanik ob’ektdan ko‘ra, boshqariluvchi ob’ekt tabiatiga mos keladigan nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega.
Ta’lim muassasasi, umuman har qanday ijtimoiy tashkilot kabi tashqi muhit bilan faol o‘zaro munosabatda bo‘ladigan (bunday tizimlar ochiq deyiladi) murakkab yaxlit bir tizimdir. Bunday turdagi modellar tizimli tadqiqotlarda juda keng qo‘llaniladi va uch tarkibiy qism: «kirish», «o‘zgarishlar jarayoni» va «chiqish»ning o‘zaro aloqasini aks ettiradi. Bunda «chiqish» deganda tizimdan tash­qi muhitga uzatiladigan yoki yana TM «kirish»iga tushadigan va uning hayot faoliyati jarayonlarining natijasi, mahsuli bo‘lgan narsalar tushuniladi. O‘zgarishlar jarayoni deganda — mazkur «chiqish»ni yuzaga keltiradigan ichki jarayonlar, «kirish»da esa — tizimga uning hayot faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashqaridan yoki «chiqish»dan kelib tushishi tushuniladi.
Alohida ta’lim muassasalari mahalliy, respublika va mintaqaviy ta’lim komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanib, yanada chuqurroq ta’lim tizimiga kiradi. TM bir vaqtning o‘zida butun ijtimoiy tizimning bir qismi hisoblanadi va uning hayot faoliya­ti ko‘p darajada atrofdan bo‘ladigan ta’sirlar bilan izohlanadi. Biroq TMning atrof bilan aloqasi bir tomonlama emas, balki ikki tomonlamadir. Ta’lim muassasasida tashqi muhitga nisbatan o‘zining xatti-harakat yo‘lini tanlashda muayyan erkinlik ob’ektiv ravishda mavjud. Masalan, TM o‘zini:
— muhit va uning talablariga javob berishga ulgurish uchun passiv-moslashuvchan;
— tashqi muhit va ijtimoiy buyurtmaning o‘zgarishi tamoyillarini tahlil va prognoz qilishga harakat qilib va bu bilan aniq o‘zgarishlarga ildam munosabat bildirish uchun faol-moslashuvchan tutishi;
— va nihoyat, o‘zining atrof-muhitga faol ta’sir etishi, ya’ni ayni vaqtda ham moslashuvchan (muhitga nisbatan) va moslashtiruvchi (muhitni o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlariga) tizim sifatida voqe bo‘lishi mumkin.
TMning keng ijtimoiy muhitiga nimalarni kiritish mumkin va uning tarkibiy qismlari ta’lim tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Har qanday TM jamiyatdagi ijtimoiy muhitning, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, demografik, madaniy, ma’naviy-mafkuraviy, ijtimoiy-psixologik, axloqiy, tarmoq, institutsional omillar ta’sirini o‘zida his etadi. Ushbu omillarning qisqacha mazmunini va ularning TMga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Jamiyatdagi ijtimoiy muhit, ijtimoiy barqarorlik(yoki keskinlik)ning umumiy darajasi, aholi bandligi ahvoli, yuzaga kelgan ijtimoiy tuzilma va ijtimoiy qatlamlanish, milliy-etnik muammolar va o‘zaro munosabatlarning xususiyati TM faoliyati uchun umumiy qulay yoki noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi, aholi turli ijtimoiy guruhlarining ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari tabaqalanishi xarakterini oldindan belgilaydi (odamlar olingan bilim sifati yosh fuqaroning kelajak ijtimoiy mavqeini belgilashini ko‘proq tushuna boshlaydi).

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish