7. “Ta'lim menejmenti” kurslari bo‘yicha baholash mezonlari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi
19-2018 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069 - son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq ishlab chiqildi.
Baholash usullari
|
Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov,taqdimotlar
|
Baholash mezonlari
|
Talabaning “Ta'lim menejmenti” kursi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini bahlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
5 baho - “Ta’lim menejmenti” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda, me’yoriy-huquqiy asoslar mazmunini bilish va amaliyotda qo‘llash;
- ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda, yaqin, o‘rta davrni va istiqbolni ko‘zlab maqsad, vazifalarni belgilash;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy shakllarini qo‘llash;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning qulay metod va vositalarini qo‘llash, ma’lum vaziyatlarda ulardan to‘g‘ri foydalana olish;
- ta’limda menejmentni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, shuningdek, Sharq va G‘arbning ilg‘or tajribalari asosida tashkil eta olish;
- o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘g‘ri bajarilishini tashkil etish;
- ta’lim jarayonini boshqarishda shaxs faoliyati va xulqini rag‘batlantirib borish;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda turli vaziyatlar hamda ta’lim-tarbiya natijalarini tahlil eta olish, jamoani o‘rganish;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda boshqaruvdagi muammolar sabablarini, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun samarali tadbirlarni belgilash;
- o‘z bilimini oshirib borish, amaliyotda ta’limda menejment fanidagi yutuqlar, ilg‘or tajribalardan foydalanish, qulay pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish, boshqaruv faoliyatda yuzakilik va bir qolipda ishlashga yo‘l qo‘ymay, ishga ijobiy munosabatni namoyon etish;
- muassasa xodimlari vazifalarining samaradorligiga erishish, tashqi ta’lim, ota-onalar, mahalla, jamoatchilik bilan o‘z-o‘zini boshqarishni tashkil etish haqida bilimga ega bo‘lishi; ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash;
– ta’lim-tarbiyaning innovatsion shakl, metod va vositalarini joriy etish;
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni dasturiy-texnologik ta’minotini ishlab chiqish;
ta’lim muassasaida tadqiqotni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish;
test jarayonini o‘tkazish va nazorat qilish;
asosiy tarbiyaviy funktsiyalarni amalga oshirish va tarbiyaviy jarayonlarni loyihalash;
o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga imkon beruvchi tarbiyaning turli metod va vositalarini tanlash hamda foydalanish;
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi monitoringini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– zamonaviy maktabda ta’lim-tarbiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;
– ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash metodologiyasi va metodlarini qo‘llay olish;
– test materiallarini olish, tekshirish;
– koordinatorlarni test jarayonini o‘tkazish bo‘yicha materiallar bilan tanishtirish hamda test jarayonini o‘tkazishga tayyorlash;
– test o‘tkazish uchun bino va materiallarni tayyorlash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |