Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a


Ta’lim xizmatlari bozorida ta’lim muassasalarining marketing faoliyati rivojlantirish



Download 2,31 Mb.
bet110/160
Sana22.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#574267
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160
Bog'liq
2 5384125690360632943 (1)

Ta’lim xizmatlari bozorida ta’lim muassasalarining marketing faoliyati rivojlantirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim tizimi raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshiradi va bu umumiy o‘rta ta’lim xizmatlari sohasiga ham taalluqlidir. Chunki zamonaviy ta’lim konsepsiyasiga ko‘ra, ta’lim xizmatlarini rivojlantirish ta’limning rivojlanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.


Xalq ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada faoliyatini takomillashtirish maqsadida ilmiy asoslangan marketing tadqiqotlarini olib borish zarurati paydo bo‘ldi.
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va extiѐjni kondrishga karatilgan faoliyatidir.
Marketing - ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, bu “bozor faoliyatini o‘rganish” degan ma’noni anglatadi
Marketing - bu tovar va xizmatlar bozorini asosli o‘rganish va oldindan baholash orqali ishlab chiqarishni tashkil kilish, sotishni uyushtirish va shu orqali foyda olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir.
Marketing tarkibiga:

  • bozorni o‘rganish,

  • iste’molchi buyurtmasiga ko‘ra maxsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash,

  • reklama,

  • tovarlar va xizmatlarni ishlab chikaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq tadbirkorlik

  • raqobat sharoitlarini tadqiqi qilish;

  • sotish shakli va uslublarini tahlil etish faoliyati kiradi.

Zamonaviy xalq ta’limni rivojlangan davlatlar ta’lim standartlari talablariga javob beradigan va ta’lim muassasalari yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishning ahamiyati juda katta.
Iqtisodiyoti rivojlangan Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribasi
aholini yuksak turmush darajasiga erishish nafaqat moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi orqali, shu bilan birga xizmat ko‘rsatish sohalarining ham keng miqiyosda o‘sishiga bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi.
Respublikamizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari bank-moliya, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga takomillashib bormoqda.
Marketing nazariyasi asoschilaridan biri F.Kotler shunday degan:
Xizmat - bu bir tomon ikkinchi tomonga taklif etishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyatdir; buning natijasida hech bir narsaga ega bo‘linmaydi. Xizmat ko‘rsatish moddiy mahsulot billan bog‘liq bo‘lishi mumkin”.
Ta’lim soxasida marketing xaqida so‘z yuritadigang bo‘lsak birinchi galda, gap muassasa va tashkilotlarga servis xizmati yangi darajasini ta’minlashga qobil turlari mutahassislarga ehtiyojni qondirish haqida, ya’ni o‘z kasbi asosini nazariy fanlarni chuqur biladigan har taraflama yetuk, gumanitar tayyorgarlikga ega, yangi jamiyatda yashashga tayyor, ijodiy qobiliyati rivojlangan, muqobil fikrlovchi, har qanday vaziyatda, hatto ilochsizlik vaziyatda ham mustaqil qaror qabul qila oladigan kishilarni raqobatbardosh mutahassislarni tayyorlash masalasi xaqida bormoqda.
Hozirgi o‘tish davrida barcha mustaqil mamlakatlar o‘zlarining rivojlanish strategiyalarini aniqlaydilar. Rivojlanish strategiyasida ta’lim tizimi markaziy o‘rinni egallaydi. Bozorga o‘tish davrida ta’lim konsepsiyasi ham o‘zgaradi, an’anaviy sxema reforma qilinadi.
Demokratik huquqiy davlat qurishning, bozor iqtisodityotiga yo‘naltirilgan milliy iqtisodni shakllantirishning muhim shartlaridan biri - ta’lim sohasida va kadrlar tayyorlash sohasida maqsadga muvofiq davlat siyosatini amalga oshirishdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida holat o‘zgardi, ya’ni ehtiyojlar turli tumanligi ortdi, dinamik o‘zgarishlar yuzaga keldi, shu sababli ta’lim tizimini ham insonga yo‘naltirish talab etildi. Ta’lim tizimini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘ildi. Bunda asosan:
a) ko‘p bosqichli ta’lim:
b) ta’lim olish usulini tanlash erkinligiga e’tibor kuchaytirilishi
hisobga olinadi.
Mamlakatimizda 1997 yil «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» yaratildi. Milliy dasturni amalga oshirish natijasida qator o‘zgarishlar amalga oshdi. Bular qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) ta’lim ko‘rsatkichlari birmuncha yaxshilandi;
2) moliyaviy sohadagi o‘zgarishlar amalga oshirildi;
3) ta’lim turlari bilan yoshlar to‘la qamrab olindi;
4) bitiruvchilarning bandligi darajasi kengaytirildi;
5) ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi rivojlandi.
Keyingi paytlarda YuNESKO tashkiloti ta’lim bo‘yicha qator tadbir va konferensiyalarni O‘zbekistonda o‘tkazishi bejiz emas - bu milliy ta’lim modelizmini tan olinishi va dolzarbligidir. O‘zbekistonda ta’lim tizimiga juda ko‘plab mablag‘ sarflanmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’lim bozorida marketing tadqiqotlarining maqsadi - istiqbolli ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, ularning qoniqtirilganlik darajasini baholash, iste’molchilar xulq-atvori gipotezasini tekshirish va prognozlashdan iboratdir.
Quyidagilar marketing vazifasini tashkil etadi:

Xalq ta’limda marketing tadqiqotlarini olib borish uchun eng avvalo tadqiqot rejasini mukammal tuzib olish lozim. Marketing tadqiqotlari quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
1. Tadqiqot muammosini aniqlash, gepoteza va tadqiqot maqsadini shakllantirish.
2. Tadqiqotchi mutaxasis (ekspert)lar jamosini shakllantirish.
3. Umumta’lim muassasalarining faoliyatiga oid ma’lumot va hujjatlar tahlili.
4. Nodavlat ta’lim muassasalari bozor konyukturasini o‘rganish va tahlil qilish:
4.1. iste’molchilar (umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari va ularning ota-onalari)ni o‘rganish:
➢ eksperiment usuli: ta’lim jarayonida MTM tarbiyalanuvchilarining xatti–harakati va ularning ota-onalaring MTM mutaxasssilari bilan o‘zaro munosabatini o‘rganish;
➢ og‘zaki savol-javob (intervyu) usulida o‘rganish;
➢ yozma savol-javob usuli: anketa va so‘rovnomalarni MTM tarbiyalanuvchilarining ota-onalariga tarqatish orqali o‘rganish;
➢ internet (onlayn) orqali o‘rganish.
4.2. Raqobatchilarni o‘rganish: ularning xizmatlari sifati va narxi, xizmatlar assortimenti va reklamasi, iste’molchilari va ularga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishini o‘rganish;
4.3. Umumta’lim muassasalarining faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi muhitni o‘rganish;
5. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va izohlash: jadval va grafiklar tuzish, zarur o‘zgaruvchilarning o‘rtacha qiymatlari va voqealarning chastotasi taqsimlanishini aniqlash; omillarning korrelyatsiyasi koeffitsientini aniqlash, qiziqtirayotgan omillar o‘zgarishi dinamikasi va tendensiyalarini tahlil qilish.
6. Tadqiqot yuzasidan hisobot tayyorlash va taqdimotini o‘tkazish: Olingan natijalarni tahliliy sharhlash, tadqiqot natijasi yuzasidan qaror qabul qilish va tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim etish.
Ta’lim xizmatlari sifatini oshirish va takomillashtirish maqsadida amalga oshiriluvchi marketing tadqiqotlari yordamida jamiyat va ta’lim bozorining real va talab etiladigan ta’lim natijalari orasidagi farqni qisqartiradi.
Xalq ta’limni takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- malakali mutaxassislarni ta’lim sohasiga jalb qilish;
- mutaxassislar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash;
- zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar takomillashtirish va joriy etish, texnik vositalar yaratish;
- xalq ta’lim bozorida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish;
-zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash va ushbu xizmatlarning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
- umumta’lim muasssasasining faoliyatini kompleks tahlil qilish uchun zamonaviy marketing tadqiqotlarini amalga oshirish mexanizmini yaratish va amaliyotga joriy etish.
- xalq ta’limining maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida xususiy biznes vakillari, mahalla, xayriya tashkilotlari va xalqaro fondlar faol ishtirok etishinim ta’minlash.




  1. Download 2,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish