O`tganlarini takrorlash bosqichi. Takrorlash darsning yana bir bosqichi o`zaro bog`langan uch zvenodan iborat: 1) oldingi o`rganilgan bilimlarni ongli esga tushirish; 2) esga tushirilgan bilimlarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish; 3) bilimlar doirasini kengaytirish. O`quv materialiga ikkinchi marta takroriy duch kelinganda bolalar ongida kumulyatsiya hodisasi yuz berib, ular shu mavzuning yangicha xususiyatlarini anglab olishadi.
Yuqoridagi bosqichlarga o`xshab, bilim va malakalarni tekshirish, darsni tashkil etish, uy vazifasini tekshirish, o`quvchilar bilimini baholash, darsni yakunlash ham dars bosqichlari hisoblanadi. Har bir dars yuqorida sanalgan bosqichlarning o`zaro kombinatsiyasi, turlicha bog`lanishidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |