Birinchi guruh anomaliyalar, bolaga embrionida ichki rivojlanish orqali ta’sir ko‘rsatadi. Bular: turli infeksiyalar, jismoniy va ruhiy zo‘riqish, oragnizmning giyohvand moddalari bilan zararlanishi, homiladorlik davridagi turli kasalliklar (yurak, buqoq kasali) kiradi. SHuningdek, onaning noto‘g‘ri ovqatlanishi oqibatida embrionda ozuqa moddalar uglevodlar, vitaminlarning etishmasligi, boladagi nerv sistemasining, eshitish qobiliyati, jismoniy va aqliy rivojlanishi buzilishlarining sababi – taksonlazma hisoblanadi. Uni qo‘zg‘atuvchi mikroblar – uy hayvonlari va qushlarda bo‘lib, ular ona organizmidan bolalaga o‘tadi. Masalan, qizamiq kasali yoki qizil chechak bolani – katarakta (ko‘zga parda tushishi) bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi natijasida ham anomaliya paydo bo‘ladi.
Ikkinchi guruh anomaliyalariga organzmning nasldan-naslga o‘tuvchi irsiy kasalliklari kiradi. Uning tarqatuvchisi ota-ona hromasomalarida joylashgan genlar hisoblanib, kasallikni nasldan-naslga olib o‘tadi. Shuningdek, ba’zi kar soqovlik ko‘rinishlari va ko‘rish analizatorlari buzilishi ham genlar orqali nasldan-naslga o‘tadi.
Orttirilgan anomaliyalar o‘z toifasiga ko‘ra tug‘ruq oldi va tug‘ruqdan keyingi holatga bo‘linadi. Tug‘ruq oldi buzilishlariga mehanik ta’sirlar, tug‘riq oldidan zo‘riqish, qon aylanish sistemasining buzilishi, to‘lg‘oq paytida homilaga kislorod etishmasligi va hokazolar;
Tug‘ruqdan keyingi naomaliyalarga bolaning ilk yoshli paytida ottirgan kasalliklari kiradi. Ular turli yuqumli kasalliklar, bakteriya va viruslar orqali shamollashlar kiradi. Masalan, miningit bilan og‘rish, bolaning miya qismining shamollashi uning ruhiy jihatdan orqada qolishiga olib keladi. Polomielit (nerv sistemasining qattiq yuqumli shamollashi) – bolaning tayanch harakat sistemalariga yoki aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, anomaliyalarning kelib chiqish sabablarining eng muhimlari quyidagilar:
Yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh oqibati;
Homiladorlik paytida turli jarohatlar olish;
Bola ona qornida rivojlanishi davrida onaning turli yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi;
Homiladorlikningg kuchli taksikozlar bilan kechishi;
Bolaning turli jarohatlar bilan tug‘ilishi;
Bolaning ilk rivojlanish davrida bosh miyaning jarohatlanishi;
Chaqaloqlik davrida uning rivojiga salbiy ta’sir etuvchi yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi;
Homiladorlik oldidan yoki davrida ota-ona tomonidan spirtli ichimliklar iste’mol qilish, chekish, giyohvandlik va hokazo.
Anomal bolaning tug‘ilishi va uni oldini olish ko‘p jihatdan ota-onalarga bog‘liq. Shuning uchun ota-onalar har qanday kasallik asoratini o‘z vaqtida oldini olish chora tadbirlarini ko‘rishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |