Dasturlash tillarining turlari - Dunyo odamlari o'rtasidagi munosabatda yagona til bo'lma-ganidek, turli rusumdagi kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo'llanilishi yagona dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko'rsatdi. Darhaqiqat, dasturlash tillari, yaratilishi va qo'llanilishi bo'yicha uch guruhdan tashkil topgan:
Quyi darajali dasturlash tillari - Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog'liq bo'lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo'lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlab yaratilgan EHMlarda ("Eniak", "MESM" va boshqalar) masalalar ana shu tildagi buyruqlar yordamida hal qilinar edi.
| | | - R radiusning qiymati jamlagichga yuboriladi
| | - Jamlagichdagi qiymatni (R ni) bosmaga chiqarish
| | - Jamlagichdagi Rning qiymati o'z-o'ziga ko'paytiriladi va natija yana jamlagichga yoziladi
| | - 020-021-yacheykalardagi p soniga jamlagichdagi qiymat (R2) ko'paytiriladi
| | - Olingan natija, ya'ni doira yuzasining qiymati bosmaga chiqariladi
| | | - O’rta darajali dasturlash tillari
- Ko'rinib turibdiki, bu tilda dastur tuzish ancha mashaqqatli ekan. Buning asosiy qiyinchiligi - buyruqlarning raqamlar yordamida ifodalanishi, har bir amalni bajarishda jamlagichdagi sonli qiymatning qaysi o'zgaruvchiga tegishliligini va boshqa o'zgaruvchilarning qiymatlari qaysi adresda joylashganini dastur tuzuvchi hamma vaqt bilishi talab etiladi. Mazkur holatdan chiqish va dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo'lgan buyruqlar tizimini yaratish, ularni qo'llash masalasi qo'yildi va hal qilindi. Bu kabi dasturlash tillari o'rta darajadagi dasturlash tillari (ba'zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Mazkur tillarning ijobiy xususiyati shundaki, ular yordamida tuzilgan dastur boshqa tillarda tuzilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi tillarda bo'lmagan amallar mavjud. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatilar edi
- Yuqori darajali dasturlash tillari
- Yuqori darajadagi dasturlash tillari ancha rivojlangan tuzilishga ega bo'lib, unda ishlatiladigan xizmatchi so'zlar inson nutqiga juda yaqinlashtirilgan. Mazkur tildan foydalanuvchi amallarni qadamma-qadam yozib boraveradi, kompyuter esa uni kerakli ko'rinishga, ya'ni o'zi tushunadigan raqamlar ketma-ketligiga o'tkazib oladi.
- Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko'rsatmalar inson tiliga yaqin bo'lgan so'zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagilaridan ko'ra engil bo'lib, dasturchi, biror maxsus ko'rsatma bo'lmasa, adreslar, qurilmalar bilan bevosita bog'liq axborotlarni bilmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |