Aytib berish (xikoya) O‘quvchi faoliyatini o‘yin tarzida tashkillash uchun ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan aytib berish qo‘llaniladi.
So‘z bilan ifodalash– bu xarakat faoliyati xaqida tasavvur xosil qilish usuli bo‘lib, faoliyatning xarakterli belgilari so‘z orqali sanaladi, nima qilish lozimligi tushuntiriladi, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi gapiriladi. Undan o‘quvchining xarakat tajribasi va bilimiga asoslanib dastlabki - birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda xarakatlarni o‘zlashtirishda foydalaniladi.
Tushuntirish - xarakat faoliyatlariga ongli munosabat-ning muxim usullaridan biri bo‘lib, u “nima uchun?” degan asosiy savolga javob beradi.
Suxbat – bir tomondan, faollikni oshiradi, o‘z fikrini aytish malakasini shakillantiradi, boshqa tomondan, o‘qituv-chiga o‘z o‘quvchilarining bilish, bajarilgan ishni baxolash uchun yordam beradi. Suxbat faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan savollari va ularga o‘quvchilarning javoblari yoki o‘z Dune-qarashlarini erkin gapirib berish, o‘rtaga tashlash tarzida amalga oshiriladi.
Muxokama– biror vazifani aniq xal qilib bo‘linganidan so‘ng o‘tkazilishi bilan suxbatdan farq qiladi. Muxokama o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilsa, bir tomonlama o‘quvchilar ishtiroki bilan o‘tkazilsa ikki tomonlama bo‘ldi deb aytish mumkin.
Topshiriq – dars oldidan vazifa qo‘yish yoki dars davomida xususiy vazifa qqyish tarzida beriladi. Vazifaning birinchi shakli shu bilan xarakterlanadiki, o‘qituvchi birdaniga vazifani bajarishning bir necha usullarini topshiriq tarzida tushuntiradi. O‘quvchilarga esa faqat talab qilinganlarni bajarish vazifasi qoladi xolos. Topshiriqni ikkinchi shakli o‘quvchilar uchun nisbatan qiyinroq bo‘lib, ular o‘qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni xal qilish, yechishni mustaqil qidirishga majbur bo‘ladilar.
Baxolash xarakat faoliyatining bajarilishining taxlili natijasidir.
Ko‘rsatma – qisqaligi bilan ajralib turadi va so‘zsiz bajarishni talab qiladi. Bu o‘quvchi diqqatini faqat vazifani bajarish lozimligi va bir vaqtning o‘zida uni bajarish mumkinligiga qaratadi va o‘quvchining ishonchini oshirish uchun xizmat qiladi. Ko‘rsatma orqali o‘quvchi vazifani xal etishning aniq mo‘ljalini, shuningdek, xech bir asoslashsiz xatolarni tuzatish usullarini oladi.
Komanda – jismoniy tarbiya jarayonidagi xususiy va eng ko‘p tarqalgan so‘zdan foydalanish usuliyati. U faoliyatni so‘zsiz bajarish, xarakatni tugatish yoki tempni o‘zgartirishning buyrui shaklidir. Safdagi komandalar (armiyada, darsda, trenirovka va boshqa mashulotlardagi), xakamlikdagi maxsus replika (so‘z tashlash)lar, start olish komandalari va boshqalar tarzida uchraydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda komandalar qo‘llanilmaydi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda esa komandalar cheklangan bo‘ladi. Komandalarning samaradorligiga so‘zni zarur uru bilan talaffuz eta bilish, nutq va o‘quvchilar xarakati ritmini xis qila olish va rivojlantirish, ovozning oxangi va kuchi, uni turlicha o‘zgartira olish qobiliyati, qaddi qomati, qo‘llarining ifodali xarakatlantira olishi xamda o‘quvchilar-ning intizomiga yuqori darajadagi taosir etadigan vosita-lardandir.
Sanoq – kerak bo‘lgan xarakat tempini yo‘lga qo‘yishda foydalaniladi. U bir necha usullar orqali amalga oshiriladi; ovoz bilan xisoblash (“bir, ikki, uch, to‘rt!”), bir bo‘inli so‘zlar qo‘shib sanash (“bir-ikki-nafas oling!”) va nixoyat, turli xildagi qo‘shib sanashlar, qarsak, ritmni ovoz berish va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |