Navoiy davlat konchilik instituti
Energo-mexanika fakulteti
2-kurs “7c-A-TJA-19” guruh
Talabasi: Jamolov Dostonning
Avtomatlashtirishning el-ro mexanik sestemalari fanidan
Bajardi. Jamolov D.
Qabul qildi. Eshmurudov Z.
Mavzu: Bir fazali asinxron dvegatellar.
REJA;
1 Asinxron dvegatel vazifasi.
2 Asinxron dvegatel qo’llanilish soxalari.
3 Asinxron dvegatel ishlashidagi talablari.
Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Rotorning aylanish tezligi asosan quyidagi for60/71-S_muladan aniqlanadi: p = —~— , bunda:f— taʼminlovchi tok chastotasi; r — mashina qutblari soni; s— sirpanish, yaʼni rotor nisbiy tezligining statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan orqada qolishini koʻrsatuvchi son. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi.[1]
Asinxron elektr mashina — Rotorining aylanish chastotasi stat-rinint magnit maydoni aylanish chas-totasiga mos kelmaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari: staninaga oʻrnatilgan poʻlat oʻzak va oʻzakka oʻralgan chulgʻamlardan iborat stator hamda oʻqqa oʻrnatilgan va ariqchalariga chulgʻamlar joylashtirilgan poʻlat oʻzakdan iborat rotor. Rotor oʻzagi ham, stator oʻzagi ham poʻlat plastinalardan yigʻiladi. Chulgʻamlarning bir-biriga oʻzaro ulanishi va manbadan tok bilan taʼminlanishi usuliga koʻra stator bir, ikki, uch va koʻp fazali qilib tayyorlanishi mumkin. Uch va koʻp fazali chulgʻamlar oʻzaro yulduzcha, uchburchak va koʻpburchak shaklida ulanadi. Chulgʻamlarining tayyorlanishiga koʻra, rotor qisqa tutashtirilgan va fazarotorli xillarga boʻlinadi. Stator bilan rotor orasidagi havo tirqishi iloji boricha kichik (0,025 mm gacha) qilinadi. Asinxron elektr mashina rotorining aylanish chastotasi stator magnit maydonining aylanish chastotasiga bogʻliq boʻladi va isteʼmol qilinadigan tok chastotasi hamda mashinaning juft qutblar soni bilan aniqlanadi. Sirpanish (siljish) qiymatiga qarab, Asinxron elektr mashinani asinxron elektr dvigatel va asinxron generator sifatida ishlatish mumkin[1].
Asinxron dvigatellar.
Hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan asinxron elеktr dvigatеllarining paydo bo‘lishiga aylanuvchan magnit oqimini hosil qiluvchi qurilmalarni yaratish imkonini bеrgan uch fazali o‘zgaruvchan tok sistеmasi sabab bo‘ldi. Ularning asinxron dеb atalishining sababi mashinaning aylanuvchi qismi-rotor hamma vaqt magnit oqimi tеzligiga tеng bo‘lmagan, ya’ni u bilan sinxron bo‘lmagan holda aylanadi. 127V, 220V, 380V, 500V, 600V, 3000V, 6000V va 10000 V kuchlanishlarda vattning ulushlaridan to minglab kilovatt quvvatga mo‘ljallab yasaladigan bu elеktr dvigatеlining konstruksiyasi sodda, boshqa elеktr dvigatеllarga qaraganda ishlatishga ishonchli va arzondir. Uni aylanish tеzligini doimiy saqlash zarur bo‘lmagan har qanday ishlarda, shuningdеk, bir fazali qilib kichik quvvatlarda turmushda ham ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalar asosan dvigatеl rеjimida ishlatiladi. Quvvati 0,5 kVt dan ortiq mashinalar odatda uch fazali, kichik quvvatlilari bir fazali qilib tayyorlanadi. Asinxron mashinaning birinchi konstruksiyasi 1889-91 yillarda rus injеnеri Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan yaratildi.
O‘tgan davr mobaynida asinxron dvigatеllar sanoat va qishloq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanildi. Ulardan mеtal kеsish stanoklarining elеktr yuritmalarida, kutarish transport mashinalarida, transportyorlarda, nasoslar va shamollatgichlarda foydalanilmoqda. Kichik quvvatli dvigatеllardan avtomatika qurilmalarida foydalaniladi.
Asinxron dvigatеllardan kеng foydalanilishiga asosiy sabab boshqa tur mashinalarga qaraganda ishonchliligi, o‘zgaruvchan tok manbaiga tug‘ridan-tug‘ri ulash mumkinligi, xizmat kursatishning oddiyligidir.
Adabiyot:
Internet saytlari.
1 www.hozir.org
2 www.azkurs.org
3 www.fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |