Xulosa:
Bandlik yoki aholini ish bilan ta`minlash-mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg`ul bo`lishi ;Fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan va qonunlarga zid kelmaydigan,mehnat daromadi beradigan faoliyati.Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasga jalb qilish bo`yicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar,tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay ,ayni paytda tadbirkorlikni,o`zini ish bilan mustaqil ta`minlash (ya`ni o`zicha bandlik)ni,shaxsiy tomorqa xo`jaligidagi ishni,uy xo`jaligida band bo`lish va bolalarni tarbiyalash bilan shug`ullanish,davlat va jamoat vazifalarini bajarishni,o`rta maxsus va oily oquv yurtlarida kundugi o`qishni ham o`z ichiga oladi
Ishsizlik-bir qism iqtisodiy faol aholining o`ziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi.
Ishsizlik inson manfaatlariga to`g`ridan to`g`ri ta`sir qiladigan yirik ijtimoiy- iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi.Ish joyini yo`qotish ko`p kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini,shaxsiy hayotnig notinchligini keltirib chiqaradi,kishiga jiddiy ruhiy ta`sir ko`rsatadi.Amaldagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ish kuchi taklifining unga bo`lgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon bo`ladi.Ishsizlik ko`pchilik odamlarga to`g`ridan-tog`ri va qattiq ta`sir qiladigan makraiqtisodiy muammo hisoblanadi.Ko`pchilik uchun ishdan ajralish bu yashash standartlarining pasayishi va psixologik tushkunlik degani.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlnishi oqibatida,iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to`liq foydlanilmay qoladi.
YaIM yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo`lgan mehnat resurslarinidan to`liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo`ladi.
Makroiqtisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko`proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi.Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo`lgan talab qisqaradi,agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo`lgan talab ortadi,ishchi kuchi taklifi esa kamayadi.Ishchi kuchiga bo`lgan ta`lab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo`lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar-bu,ishchi kuchining bir qismi bo`lib,ijtimoiy ishlab hiqarishda band bo`lmagan,lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik masalasi Iqtisodchilar o`rtasida doimo ko`pgina bahs-munozaralarga sabab bo`lgan Jumladan, bu masala klassik va keynsian maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzularidan biridir.
Bu haqida qisqacha to`xtaladigan bo`lsak
Klassik (va neoklassik) nazariyaga ko’ra, ommaviy ishsizlikning asosiy sababi pasayish tomoniga bo’lgan yuqori va moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi. Ish haqi o’z muvozanat darajasidan oshib, kasaba uyushmasining faolligi hamda davlatning aralashuvi tufayli o’sha darajada «o’rnashib qolganda» mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi, mana shu narsa ishsizlikni keltirib chiqaradi. Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarni ish bilan bandlikni oldingi darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibatida mamlakatda xronik inflyasiya bo’lishi mumkin. Bundan — neoklassiklarning asosiy «resepti» — ish haqi darajasini ushlab turish va hatto kamaytirish kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |