6-jadval
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar
|
250 529 617,50
|
9400
|
0200
|
2.Kapital qoʻyilmalarni xisobga oluvchi schyotlar
|
63 073 082,28
|
9400
|
0800
|
3.Materiallarni xisobga oluvchi schyotlar
|
420 704 468,69
|
9400
|
1000
|
4.Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar
|
1 543 872 394,07
|
9400
|
2300
|
5.Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar
|
1 666 305 627,45
|
9400
|
2700
|
6.Kelgusi davr xarajatlarini xisobga oluvchi schyotlar
|
6 463 488,00
|
9400
|
3100
|
Auditorlik tekshiruvidan o'tkazishdan maqsad sodir bo'lgan xo'jalik muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortishda qo'llanilayotgan tartibning O'zbekiston Respublikasi me'yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Tekshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalarni hal etadi:
-ishlab chiqarish xarajatlari tasnifini nizom talablariga mosligini aniqlash;
-egri xarajatlarni taksimlanish usullarni maksadga muvofiqligini tasdiqlash;
-tayyor mahsulotni baholash bo'yicha usul asosli tanlab olinganligi va to'g'ri qo'llanilayotganini tasdiqlash;
-tayyor mahsulot to'liq kirim qilinayotganligini aniqlash;
-jo'natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash;
-jo'natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to'g'riligini va mahsulot, ish hamda xizmatlar tannarxi to'g'risidagi hisobotni tuzishning to'g'riligini nazorat qilish uchun quyidagilarni tekshirish lozim: hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o'z vaqtida, to'liq va ishonarli aks ettirilishi; ishlab chiqarishga xarajat qilingan xomashyolar, materiallar, yoqilg'ilar, ehtiyot qismlar va yoqilg'i-moylash materiallarini baholashning to'g'riligi; belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to'lash va mukofotlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta'minlanganligi; noishlab chiqarish sarflari va yo'qotishlarning paydo bo'lish sabablari hamda hisobdan chiqarilishning asoslanganligi.
Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining to'g'ri va asoslangan hamda me'yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to'g'riligini xarajat moddalari bo'yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o'rtasidagi tafovutlarni moddalar bo'yicha tahlil qilinib, tafovutIar sababi aniqlanadi.
Xom ashyo va materiallarni sarflashning to'g'riligi, baholar to'g'riligini tekshirish metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to'g'ri keladigan sarf me'yoriga rioya qilinishi tekshiriladi. Brak (yaroqsizlik) dan ko'rilgan yo'qotishlar va ishlab chiqarish xarajatIari schyotlarini yopishning to'g'riligini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |