16-mavzu. Shashmaqom tizimi
Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq. Shashmaqom O’n ikki maqom tizimining milliy (mahalliy) musiqiy makon shart-sharoitlarida rivojlantirilishi natijasida XVIII asr o’rtalaida uzil-kesil shakllanganligi. Unda bastakorlik san’ati an’analari ilmiy jihatdan muayyan tizimga solinib, tasnif etilganligi. SHashmaqom – olti mukammal parda va ularga mos kuy va ashulalar majmuasi ekanligi. Uning tarkibidagi maqomlarning har biri yirik shakldagi turkumli asarlardan iboratligi. Bu maqomlar og’zaki an’ana tarzida, ya’ni ustozdan shogirdga «og’zaki uslub» vositasida o’tib, bizning davrga qadar yetib kelganligi. Nota nashrlari.
17-mavzu. Mushkilot bo’limi
Maqomlarning bu bo’limi «mushkilot» nomi bilan yuritilishi. Undagi bir xil nom bilan ataluvchi cholg’u qismlar: Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas, Saqil deb nomlangan. Ularning lug’aviy ma’nosi. Maqomlarda nomdosh bo’lmagan cholg’u qismlar ham mavjud: Navoda – Nag’mai Oraz, Dugohda – Peshravi Dugoh va Samoi Dugoh, Segohda – Hafifi Segoh va h.k. Maqom cholg’u yo’llarining kuy tuzilishi. Maqom cholg’u qismlarida doira usullarining o’rni.
18-mavzu. Nasr bo’limi
Shashmaqomning ashula bo’limlari murakkab shakldagi sho’’balardan tarkib topishi. Ashula bo’limlarida tuzilishi jihatidan bir-biridan ajralib turuvchi ikki xil sho’’balar guruhining mavjudligi. Bulardan birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr kabi sho’’balar va Ufar qismi kirishi. Sho’’balarning murakkab shakliy tuzilmalari. Namudlar va ularning sho’’ba avjlarida kelishi. Shashmaqom II guruh sho’’balari. Ikkinchi guruh ashula yo’llarining o’ziga xosligi. Ularning Shashmaqom turkumida nisbatan kech shakllanganligi va ularda nazirago’ylik an’anasining o’ziga xos aks etishi. Savt va Mo’g’ulcha nomli sho’’balarning yetakchiligi hamda har birining Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar nomli shoxobchalari. Ushbu shoxobchalarning yuzaga kelishida asosiy sho’’balarning kuy-ohanglari saqlanib, doira usullarining o’zgarib borishi.
19-mavzu. Buzruk, Rost, Navo maqomi,
Uning lug’aviy ma’nosi. Buzrukning asosiy qismlari «Re» miksolidiy va doriy ladlariga mos kelishi Maqomlar ijrosida yetakchi tanbur cholg’usining kvartaga sozlanishi. Buzruk maqomining cholg’u va ashula bo’limlarining tuzilishi, tarkibi. Rost maqomi. Uning lug’aviy ma’nosi. Rost maqomining asosiy pardasi «do» tovushi bo’lib, O’n ikki maqom tarkibida «Miksolidiy» ladiga yaqin bo’lganligi, Shashmaqomda esa «Miksolidiy va Ioniy» pardalariga mos kelishi. Sababi –o’n ikki maqomdagi Rost va Ugshshoq maqomlari Shashmaqomda Rost maqomi shaklida birlashtirilganligi. Rost maqomining cholg’u va ashula bo’limlari. Ularning tuzilishi, tarkibi
Navo O’n ikki maqom majmuasida ioniy ladiga mos bo’lib, biroq Shashmaqomda uning asosiy yo’llari Re eoliy-Fa ioniy ladlariga monand ekanligi. Navo maqomining cholg’u va ashula bo’limlari. Ularning tarkibi, tuzilishi.
Dugoh atamasining lug’aviy va musiqiy ma’nosi. SHashmaqomdagi Dugoh mukammal pardalar uyushmasi, uning re miksolidiy ladiga mos kelishi. Dugoh maqomining cholg’u va ashula bo’limlari. Ularning tuzilishi tarkibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |