11-mavzu. O’zbek musiqiy folklori
O’zbek musiqiy folklori xususida. Musiqiy folklor va uning ko’pqirraligi. O’zbek musiqiy folklor janrlari tasnifi. Xalq qo’shiqlari va cholg’u kuylari. Marosim va shartlanmagan folьklor janrlari. O’zbek musiqiy merosining mahalliy musiqiy uslublari.
12-mavzu. O’zbek marosim musiqasi
O’zbek marosim musiqasi tarixidan. Xalq marosimlari, bayramlari, urf-odatlari, ularning tushunchalari. Shartlanmagan folklor janrlari. Qo’shiq janrlari va ularning tasnifi. Xalq qo’shiqlari xususiyatlari va ijrochilik an’analari. O’zbek musiqiy cholg’ulari, ularning tasnifi va an’anaviy ansambllar. Tarixiy jarayon. An’anaviy cholg’u musiqasining janr tarkibi – xalq va mumtoz musiqasi, ularning tavsifi. O’zbek musiqiy cholg’ulari va an’anaviy cholg’u musiqasi.
13-mavzu. Kasbiy musiqa
Umumiy tushuncha va janrlar tarkibi. Kasbiy musiqaning ilk shakllanish davri. Kushon podsholigi davri musiqaga oid ashyoviy manbalar. Kasbiy musiqa namunalarini yaratishda xalq musiqasi muhim zamin va manba’ ekanligi. Kasbiy musiqaning og’zaki uslubda yashash an’anasi va rivoj topishi.
3-Modul. Maqomot
14-mavzu. Maqomlar tarixidan
Maqomlarning qadimiy tarixi o’zaro farqli ikki yirik davrga ajralishi. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan dastlabki kuy-ohang qatlamlari tashkil etishi. Maqomlarning ikkinchi muhim davri- maqom tizimlarining shakllanish jarayoni ekanligi; ayni paytda ularning kasbiy musiqa qatlamining ma’lum bosqichi, shuningdek, rivojlangan musiqa ilmi, falsafa, matematika fanlari hamda shahar (saroy) madaniy muhiti kabi omillar bilan shartlanganligi xususida. Alloma Abu Nasr Forobiyning bu boradagi buyuk xizmatlari.
15-mavzu. O’n ikki maqom tizimi
O’n ikki maqom tizimi dastlab (XIII-XVII) Urmaviy va SHeroziylarning musiqa ilmiga oid asarlarida ishlab chiqilishi, so’ngra esa Marog’iy, Jomiy, Husayniy, Kavkabiy va Changiy kabi amaliyotchi va nazariyotchi olimlar tomonidan davom ettirilishi. O’n ikki maqom majmuasiga mansub maqomlar, ovoza va sho’’balar nomlari: Ushshoq, Navo, Busalik, Rost, Husayniy, Hijoziy, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfaxon, Zirafkand, Buzurg. Ovozalar: Navro’z, Salmak, Gardoniya, Gavasht, Moya, Shahnoz.Sho’’balar: Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Muxayyar, Hisor, Mubarqa’, Nayrez, Nishoburak, Ruyi Iroq, Mag’lub, Rakb, Navro’zi Bayotiy, Zobuliy, Avj, Navro’zi Xoro, Mohur, Ashiran, Navro’zi Sabo, Humoyun, Nuxuft, Uzzol, Navro’zi Arab, Ajam. Tasavvuf adabiyotida O’n ikki maqom nomlarining qo’llanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |