Ishning ilmiy yangiliklari:
1. Stress holatini keltirib chiqaruvchi omillar ichidan aynan talabalar
hayotida ko„p uchraydigan stress reaktsiyalarning sabablarini ilmiy asoslab berish.
Bularning ichida talabaning har kunlik bajariladigan o„qish, dars qilish, uyqu,
ovqatlanish, madaniy hordiq chiqarish, jismoniy mashqlar va sport bilan
shug„ullanish va boshqalar uchun vaqt me„yorining to„g„ri taqsimlanishini alohida
ko„rsatish.
2. Talabalarning qanday mutaxassislik olishdan qat„iy nazar (tarbiyachi,
o„qituvchi, muxandis, iqtisodchi va boshqalar) ularga stress ta„limoti haqida
(stress nima, kelib chiqish sabablari, oqibatlari, oldini olish yo„llari) minimum
bilimlarga ega bo„lishi muhimligini ko„rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |