(imzo)
“Kompyuter injiniringi” fakulteti dekani: __________ O.Otaqulov
(imzo)
MUNDARIJA
1
|
Mutaxassislikni o‘quv va ilmiy – uslubiy
ta’minoti haqida …………………………………………….
|
4
|
2
|
Amaliyot turlari, o‘tkazish maqsad va vazifalari…………...
|
4
|
3
|
Amaliyot davrida talabalarning vazifalari va burchlari……..
|
6
|
4
|
Amaliyot hisobini tayyorlash va topshirish…………………
|
7
|
5
|
Malakaviy amaliyotni baxolash mezonlari Malakaviy amaliyotni baxolash mezonlari………………………………………………...
|
8
|
6
|
Amaliyot kundaligini to‘ldirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma................................................................................
|
9
|
7
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………..
|
16
|
|
|
|
I. Mutaxassislikni o‘quv va ilmiy – uslubiy
ta’minoti haqida
O‘quv rejasini tarkibiga kiritilgan fanlar bo‘yicha ma’ruza, tajriba, amaliy mashg‘ulot va seminar, kurs ishi, yakka tartibda va mustaqil ishlash kabi mashg‘ulot turlari belgilanib, alohida soatlar ajratilib, o‘qitish uchun tavsiya etilgan. Rejalashtirilgan mashg‘ulotlar ichida amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Ya’ni, amaliyot yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashningi ajralmas qismi bo‘lib, bu davrda talabalar korxona va turli muassasalarni hisoblash markazlarida ilg‘or ish tajribasga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan tanishadilar. Talabalarning kursdan–kursga o‘tishiga bog‘liq ravishda, malakaviy va ishlab chiqarish amaliyoti mavzulari turlicha, oddiy tanishuvdan tortib, toki murakkab jarayonlarga axborot texnoligiyalarini tadbiq etishga, maxsus tizimli dasturiy ta’minotlarni yaratishgacha aloqador bo‘lgan muammolar bilan bog‘liqdir. Amaliyot asosan uch turga bo‘lingan bo‘lib, o‘quv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv oldi amaliyoti deb nomlanib, har bir amaliyot davrida talabaning faoliyatini o‘ziga xos yo‘nalishlari belgilangan.
II. Amaliyot turlari, o‘tkazish maqsad va vazifalari
Talabalar amaliyoti bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, o‘qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomidir.
Bitiruv oldi amaliyotlar bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari davlat ta’lim standartlarida (DTS) ko‘zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi. Filial ta’lim yo‘nalishlarining ixtisoslik xususiyatlari va kadrlar tayyorlashga buyurtmachilar talablari hisobga olingan holda filial Ilmiy Kengashining qarori bilan boshqa turdagi amaliyotlarni belgilash huquqiga ega. Belgilangan muddatlarda talabalar filial direktorini buyrug‘i bilan amaliyot o‘tash uchun korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida professor-o‘qituvchilar tarkibidan amaliyot rahbari biriktirilgan holda amaliyotga yuboriladi.
Yuqorida qayd etilganidek, “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga muvofiq, amaliyot mashg‘uloti 3 turga bo‘lingan bo‘lib, har bir amaliyot mashg‘ulotini o‘tkazish muddati ishchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan.
Ular quyidagicha tashkillanadi:
1) Malakaviy o‘quv amaliyot II kurs yakuni iyul oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, talabalarni hisoblash markazlarini faoliyati bilan tanishish va joylardagi bajarilayotgan hisoblash ishlari hamda ularning ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishdir. Bu davrda maxsus fanlardan olingan barcha nazariy va amaliy bilim–ko‘nikmalar asosida Bitiruv oldi amaliyotni o‘taydilar. Amaliyotning asosiy maqsadi, korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarining tarkibi va ularning dasturiy ta’minotini o‘rganish, korxonalarda kompyuter tarmoqlari va ular dasturiy ta’minotidan foydalanish qanday yo‘lga qo‘yilganligi, korxona faoliyatida axborotni qayta ishlashni osonlashtirish yo‘llarini izlash va buning uchun qanday dasturlar yaratish mumkinligi hamda ularni tuzishda yordam ko‘rsatish, o‘rganishdir.
2) Ishlab chiqarish amaliyoti III kurs tugagandan keyin rejalashtirilgan. Unda talabalarni faoliyati “Kompyuter operatori”, “Tizim administratori”, “Korxona dasturchi–muhandisi” lavozim-larida bajariladigan ishlar bilan tanishish hamda shu lavozimlarda ishlash, nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
3) IV kursda rejalashtirilgan bitiruv oldi amaliyotidan asosiy ko‘zlangan maqsad, talabalarning olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishda yanada mustahkamlash, tashkilotlardagi ish yuritish.yu uslubiy, ishlab chiqarish jarayonlarini qay darajada avtomatlashganini va undan foydalanish samaradorligini oshirishdagi mutaxassislarning ilmiy izlanish yo‘nalishidagi ishlari bilan tanishishdir. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini shu korxona muammolari asosida tayyorlashlari va bevosita soha korxonasida tadbiqdan o‘tkazish belgilangan. Amaliyotni o‘tish davrida maxsus fanlardan olingan barcha nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalari asosida bitiruv oldi amaliyotiga yuborish tashkil etiladi. Amaliyotning asosiy maqsadi talabalar korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarning tarkibini o‘rganish va bitiruv malakaviy ishini himoyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun ma’lumot yig‘ishda korxona va tashkilotlardagi kompyuter tarmoqlarini ishlatishni yo‘lga qo‘yilishi va ularning dasturiy ta’minotini asosiy baza bo‘lib xizmat qiladi. Bitiruv oldi amaliyoti talabanimutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lib, bu davrda talaba nafaqat, ishlab chiqarish jarayoni, undagi masalalar bilan tanishadi yoki kompyuterni aniq masalalarni yechishga tadbiq etishni o‘rganadi, balki amaliyot davrida yuborilgan tashkilotdagi ishni tashkil etilishi, mehnat muhofazasi, atrof–muhit muhofazasi, hodimlarning ruhiyati, o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishi, joylardagi ilmiy–tadqiqot, yangilik yaratish va tajriba o‘tkazishga mavjud shart–sharoitlar bilan tanishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |