18- mavzu. Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta`lim muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog`liq bo’lib, o’quvchilarning ta`lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning faol a`zosiga aylanishigacha bo’lgan murakkab davrni o’z ichiga oladi. Maktab ijtimoiy pedagogining asosiy muammosi tarbiyasi og`ir o’smirlar, ya`ni 12—16 yoshli o’g`il-qizlardir. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga, bu davr tarbiyachilar uchun ham qiyin davrdir.
1.Topshiriq. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og`ir o’smirlar bilan ish olib borishini tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |