Raqamli-analog o‘zgartirgichlar Raqamli signalni analog signalga aylantirgichlar, ko‘pincha boshqariluvchi rezistorli kuchlanish taqsimlagichlar orqali amalga oshiriladi (22.3-rasm).
22.3-rasm. Raqamli signallarli analogli signallarni aylantirgichning blok sxemasi (a) va uning chiqishidagi kuchlanish o‘zgarishi (b).
Bunda raqamli signal UD ning kodi Xn . . . X2, X1 ga qarab turli xil rezistorlar ulanadi. Raqamli signalning kodi o‘zgarishi bilan taqsimlagichning o‘tkazish koeffitsiengti xam o‘zgaradi. O‘tkazish koeffitsienti o‘zgarganligi tufayli, bu taqsimlagichning kirishiga doimiy kuchlanish berilsada, chikish kuchlanishi notekis o‘zgaradi. Kuchlanish taqsimlagichlarini ulash va uzish elektron kalitlar orqali amalga oshiriladi.
22.4-rasm. Kuchlanish taqsimlagich vazifasini bajaruvchi qarshiliklar matritsasi (a) signallarni boshqaruvchi kalit sxemasi (b).
Kuchlanish taqsimlagichi vazifasini qarshiliklar matritsasi o‘taydi. Bunday matritsaning ko‘rinishi 22.4 a-rasmda keltirilgan. Ikkilik sistemasidagi signallarni boshqaruvchi kalit sxemasi 22.4 b-rasmda ko‘rsatilgan. Raqamli signalni analog signaliga aylantirishning aniqlik darajasi rezistorlarning tayyorlanish aniqligiga va ularning ish rejimida parametrlarining barqarorligiga bog‘liq.
Nazorat savollari RAO’ va ARO’ haqida umumiy ma’lumotlarni bering
ARO’ jarayonini tushuntirib bering
RAO’ jarayonini tushuntirib bering
Kotelnikov teoremasini tushuntirib bering.
Hisobot mazmuni Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganib qisqacha xullosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib hisobot tayorlaydilar.
Laboratoriya ish№ 24. Mavzu: Operativ xotira mikrosxemalari. Ishning maqsadi: Operativ xotira va uning vazifasini o`rganish. Operativ xotira - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha programma va ma`lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko`pincha vaqtinchalik xotira deb VA ataladi, chunki undagi programma va ma`lumotlar faqat kompyuter yoqig`ligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter o`chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma`lumotlar saqlab qo`yilishi lozim. Operativ xotira ba`zida ixtiyoriy murojat qilish mumkin bo`lgan saqlash qurilmasi deb VA yuritiladi. Buning ma`nosi shundan iboratki operativ xotiradagi ma`lumotlarga murojat undagi ma`lumotlarning ketma-ketligiga bog`liq emas.
24.1-rasm. Operativ xotira qurilmasi
Operativ xotirani quyidagi parametrlari bor:
Tip.Operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur)lari bor.
SIMM;
DIMM;
DDR2
DDR3
Bular bir-biridan ko`rinishi, xotira hajmi, chastotasi va boshqa parametrlari bilan
farqlanadi.
24.2-rasm. Operativ xotira turlarini bir-biridan farqi.
Hajmi. Tipidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ona platada operativ xotira qurilmasi uchun 2 va undan ortiq joy bo`lishi VA mumkin. Bugungi kunga kelib DDR3 turidagi operativ xotiralarni 3-4 Gb xajmlilari va undanda yuqori hajmlilari VA bor. DDR2 turidagi operativ xotiralarda 1-2 Gb yuqori hajm hisoblanar edi. Operativ xotirani xotira xajmi haqida gap ketganida operatsion tizimni VA hisobga olish kerak bo`ladi. Chunki agar, operatsion tizim maksimum 2 Gb ma`lumot bilan ishlay olsayu, operativ xotira hajmi 8 Gb bo`lsa, unda qolgan 6 Gb ishlatilmay yotaveradi. Tuzlishi jihatidan DDR3 - DDR2 dan ancha kichikroq ko`rinishda bo`lsada, ko`pgina parametrlari undan yuqoridir.