Quduqda quvurlarni teshish Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini maxsuldor qatlamning kerakli chuqurlikkacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam xarajatliligi uchun ko’p qo’llaniladi.
Maxsuldor qatlam otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish (perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo’llaniladigan apprat perforotor deb ataladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement xalqasida teshik hosil kilish uchun to’rtta usuldan foydalaniladi: O’qli, o’qsiz, torpedalash va suv qum aralashmasi bilan teshish. O’qli perfaratorlarning quyidagi turlari mavjud:
1) Bir vaqtda otiladigan teshgichlar, bunda maxsuldor qatlamni teshish barcha o’qlar bir vaqtda otilib, maxsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustaxkam qalin qatlamli quduqlarda qo’llaniladi.
2)O’klari ketma-ket otiladigan perfaratorlar, bunda birinchi o’q otilgandan keyin ikkinchi o’q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq hosil bo’lishi)ni oldini olish uchun qo’llaniladi.
3)Terib otuvchi perfaratorlar bunda kerakli oraliklarni navbatma-navbat otish uchun qo’llaniladi. Bu usul kalin bo’lmagan qatlamlarni ochish uchun ishlatiladi.
O’kli perfaratorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi.Tizmani teshishda 11-12,7 mm li o’klardan foydalaniladi. O’kli teshgichning kamchilik tomoni barcha otishlar xar doim ham tizmni tesha olmaydi. Ayrim otishlarda energiyaning tezda yo’qatishi natijasida tizmani teshib o’tmaydi.O’kli perfaratorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3.
Maxsuldor qatlamni ochishda torpedali teshish usuli yaxshi samara beradi. Unda snaryad yordamida teshiladi, snaryad maxsuldor qatlamni yorib kiradi va portlaydi g’ovak va yoriqlar hosil qiladi. TPK-22 va TPK-32 «torpednыy perfarotor Kolodyajnogo» markali perfaratorlar ishlatiladi.Perfaratorning tashqi diametri 100 mm bo’lib diametri 127 mm li quduqlarda qo’llaniladi.
O’ksiz teshish usulida maxsuldor qatlam qumlyativ zaryad yordamida teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo’lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s gacha bo’lib.
O’ksiz perfaratorlar korpusli va korpussiz perfaratorlarga bo’linadi. Korpusli perfarator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopik korpusdan tashqil topgan bo’lib uni ko’p marta ishlatish mumkin. Korpusda qumlyativ zaryad, detanasiya hosil kiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo’ladi. Bunday perfaratorlar 10 va 20 zaryadli bo’lib markasi PK-103.
Korpussiz teshgichda xar- bir zaryad aloxida germetik kobik bilan mustaxkamlangan bo’lib, bu portlash vaktida yoriladi. Korpussiz perfaratorlar KPR-50, KPR-65, KPR-8 va KPR-100 markali turlari mavjud.
Teshish usullarini tanlashda perfaratorlarni xususiyatlarini bilishimiz shart. O’ksiz perfaratorlarni qattiq tog’ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish yaxshi natija beradi; o’kli perfarator- uncha qattiq bo’lmagan tog’ jinslaridan tuzilgan qatlamni teshishda qo’llaniladi.Snaryadli teshish usuli qattiq va kam o’tkazuvchan tog’ jinslarida qo’llash yaxshi natija beradi. Otilgan o’k va snaryadlar tizmani deformasiyalaydi va sement xalqa va qatlamlarda yoriq hosil qiladi.