17.2-rasm.Neft kudug’i tuzilishi.
Fil’trlar tayyorlanishiga qarab 2 guruxga ajratiladi:
1)Avval tayyorlanib keyin quduqka tushiriluvchi fil’trlar.
2)Quduqqa tushirilib keyin tayyorlanadigan fil’trlar.
Birinchi gurux fil’trlarining eng oddiysi, bu oddiy mustahkamlovchi quvurlarda shaxmat tartibida diametri 1,6dan 1,9mm gacha bo’lgan teshiklar teshib hosil qilingan fil’trlar hisoblanadi. Bunday fil’trlar yuqori o’tkazuvchan bo’lib, qum zarrachalarining quduqka kirib kelishiga to’skinlik kilmaydi. Tayerlanishi arzon va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan bunday oddiy fil’trlar qattiq tog’ jinslaridan tashqil topgan konlar uchun qo’l keladi. Emiriluvchan tog’ jinslarida tuzilgan maxsuldor qatlam uchun ariqchali teshik hosil qilib yasalgan fil’trlarni qo’llash yaxshi samara beradi. Bunday fil’trlar ma’lum miqdorda qum zarrachalarini o’tkazib qolgan qismini fil’tr ortida ushlab koladi va fil’tr ortidan diametri katta bo’lgan qumlar ikkinchi qumli fil’tr hosil qiladi.
Fil’tirlar tuzilish jihatidan ikki turga bo’linadi:
1) Ariqchali teshik hosil qilgan quvurlar, bu ariqchali teshiklar quvurining uzunligi yoki kundalangiga hosil qilingan bo’lishi mumkin.
2) Ximoya setkasi o’rnatilgan yoki maxsus simlar bilan o’ralgan teshiklar hosil qilingan quvurlar.
Ariqchali fil’trlardan tashqari, qimmat va kam qo’llaniladigan toshli (graviynыe) fil’trlar turi ham mavjud. Toshli fil’trlar tuzilishining xar-xilligiga qaramasdan uni ikki turga ajratish mumkin: 1) Fil’tir quduqka tushirilib toshni keyin joylashtirish. 2) Fil’tir yuqorida toshlar bilan tayyorlanib keyin quduqka tushiriladi.
Fil’trlarda ishlatiladigan toshlar shar shaklida bo’lishi kerak va u juda mustaxkam emirilmasligi shart. Kvars toshlarini qo’llash juda samaralidir. dgr/dqum<12 bo’lishi kerak. Bu kursatkichni 6 dan 8 gacha oralig’ida tanlash yaxshi samara beradi. Fil’trlar qalinligi tosh diametridan 5 marta katta bo’lib, uning o’tkazuvchanligi qatlam qumlari o’tkazuvchanligidan 30 marta ortik bo’ladi. Toshlarni o’lchamiga qarab, tashqi va ichki kojuxlarda uzunligi 25-35 mm, eni 1,5-2,2 mm bo’lgan to’rt qator teshiklar hosil qilinib, tashqi va ichki kojuxlar bir-biri bilan payvandlangan bo’ladi. Fil’tirning birinchi tushirilgan qismining uchiga yopiq chugunli yunaltiruvchi bo’ladi. Yuqori qismiga esa ishlatuvchi quvurni ulash uchun o’tkazuvchi ulangan bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgan toshli fil’trdan tashqari quduq tubiga qumni zichlantirilgan fil’trlar ham qo’llaniladi. Bunda boshqa fil’trlardan farqi teshilgan tizma ortiga katta zarrachali kvars toshlari (joylashtirilgan) to’ldirilib fil’tr hosil qilinadi. Fil’tirni o’rnatishdan oldin tizimda 1m ga 20 tadan teshik teshiladi. Bunda qum qatlamni gidravlik yorish uskunalari yordamida zichlanadi.
12>
Do'stlaringiz bilan baham: |