RUDA KONLARINING UMUMIY TAVSIFI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Rudalarning foydali komponentlar turlariga qarab bo’linishi.
Foydali komponentlar turi bo’yicha rudalar metall va nometall guruhlarga bo’linadi. qora metal (temir, marganes, xrom, titan, nikkel va kobalt), rangli metall (miss, qo’rqoshin, rux, alyuminiy, volfram, molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush, platina, molibden) va radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari guruhiga kiradi. Apatit, fosforit, tosh tuz, qurilish materiallari sifatida ishlatildigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shungidek grafit, slyuda va boshqa mineral xom ashyolar nometall rudalar guruhini tashkil qiladi.
Tarkibidagi foydali komponentlar soni bo’yicha metall rudalar oddiy (monometalli) va murakkab (polimetalli) bo’lishi mumkin. Ruda koni yoki uning bir qismini qazib olish va qayta ishlash uchun sarflanadigan xarajatlar ruda tarkibidagi foydali komponent o’rtacha miqdori qiymatiga teng bo’lsa, uni promminimum yoki ishlab chiqarish minimal miqdori deyiladi. Agar kon jinsi tarkibida promminimum miqdorida yoki undan ko’p foydali komponent bo’lsa, kon jinsi ruda, aksincha bo’lgan taqdirda esa, foydasiz kon jinsi deyiladi.
Ruda konlariningo’ziga xos xususiyatlari.
Ruda konlari quyidagi o’ziga xos xususiyatlari bilan ko’mir konlaridan farqlanadi: ko’mirga nisbatan ancha katta qattiqlik va tirnovchanlikka ega. Ko’pchilik rudalarning qattiqlik koeffisienti 8 - 12, ayrimlarniki esa 15 - 20 va undan ham katta bo’ladi. Rudaning ushbu xususiyatlari ko’mirnikidan bir necha barobar katta bo’lganligi sababli uni massivdan ajratib olish uchun burg’ilab-portlatish usuli qo’llaniladi va ko’mirda qo’llaniladigan mexanizasiya hamda transport vositalariga qaraganda o’zgacha vositalardan foydalaniladi;
- ruda tanalari yotish elementlarining turli-tumanligi standart texnologik qaror qabul qilish, konni ochish va uni qazishga tayyorlash sxemalari va qazish tizimlarini tanlab olishga katta ta'sir ko’rsatadi;
- ruda tarkibidagi foydali komponent, shuningdek, minerallarning ruda tanasi hajmi bo’yicha o’zgaruvchanligi turli bloklardan qazib olingan va turli tarkibdagi rudalarni omuxtalash asosida foydali komponent miqdorini o’rtachalashtirish zaruriyatini tug’diradi;
- ruda bo’laklarini ruda tushirgichlar orqali o’z og’irlik kuchi ostida 100m va undan ko’p chuqurlikdagi pastki gorizontlarga tushirilganda maydalanib ketishining kamligi. Bu xususiyat konni ochish va bloklarni qazishga tayyorlash jarayonlariga ta'sir ko’rsatadi;
- kon-geologik sharoitlar va texnologik jarayonlarni borishi to’g’risidagi ma'lumotlarning kamligi ularni tezkor nazorat qilish ishlarini qiyinlashtiradi;
- ba'zi rudalarning o’z-o’zidan yonish va qisqa vaqt davomida jipslashishga moyilligi massivdan ajratib olingan rudani magazinlashtirilgan qazish tizimi orqali qazib olishni inkor etadi;
- ko’pgina rudalarning ko’mirga nisbatan yuqori qiymatga ega bo’lishi ularni yuqori darajada va sifatli qazib olishga qat'iy talablar qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |