Talaba huquqi va vazifasi


Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi



Download 1,64 Mb.
bet15/69
Sana02.07.2022
Hajmi1,64 Mb.
#732137
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
konchilik mavzular

Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi.
«Texnologiya» termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari toʼgʼrisidagi bilimlari majmuidir.
Texnik vositalarning quvvatini hisobga olgan, fundamental bilimlar qonuniyatlariga asoslangan usullar bilan qazib olinadigan va mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon ishlari jarayonlari yigʼindisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni oʼz ichiga oladi:
ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va togʼ jinslarini gʼaramlash);
ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon lahimlari kompleksi sifatida karьer muhiti va vaqti boʼyicha konni qazib olish qurilishi va rivojlanishi).
Ishlab chiqarish texnologiyasi qoʼyidagilarni oʼz ichiga oladi: asosiy ishlab chiqarish jarayonlari printsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va tashkil etish sxemalarini; togʼ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, tashish, gʼaramlash va kon massasini boʼshatish.
Ochiq kon ishlari texnologiyasi karer parametrlari, kon lahimlarini oʼtish usullari, karьerda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish sistemalarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini rejalashtirish va tashkil etish printsiplarini qarab chiqadi.
Аytib oʼtilgan ishlar maʼlum bir tartibda oʼtkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni taʼminlay oladigan kerakli vaqt oraligʼidagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini toʼgʼri taqsimlashni tashkil etish lozim. Karьer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi (sistema razrabotki) deb aytiladi. Qabul qilingan qazish tizimi qoʼyidagilarni taʼminlashi kerak:
ishning borishidagi xavfsizlik;
ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;
karьerning koʼzda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;
zaxiralarning toʼliq olinishi;
barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish;
kon-zahira va atrof muhit muhofazasi.
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon lahimlariga (xandak va yer osti lahimlari), qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni taʼminlab turuvchi yaʼni yerning ustki qismidan karьer va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini taʼminlanishiga konni ochish tizimi (sxema vskrыtiya) deb aytiladi. Quvvati va unumdorligi katta boʼlgan kon mashina mexanizmlarini va uskunalarni ishlatish uchun, ochiq kon ishlari ishlab chiqarishida kon lahimlari (keng maydonchalar, katta uzunlikdagi pogʼonalar va h.) katta oʼlchamlarda boʼlishi kerak. Karerda ishlatiladigan ekskvatorning unumdorligi yiliga 10 million tonnagacha togʼ jinslarini yuklashga erishishi uchun, yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanishi va ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish kerak.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun foydali qazilma koni yer satxidan unchalik ham katta chuqurlikda yotmasligi yoki qazib olish iqtisodiy samaradorligi yer osti usuliga qaraganda katta boʼlganda qoʼllaniladi. Ochiq kon ishlarini olib borishda yana quyidagi shart-sharoitlarga eʼtibor qaratiladiki, ular orqali ishlab chiqarish xavfsizligiga erishiladi: yer ustki va yer osti suvlarini chetlashtirish, qordan himoya qilish, koʼchib ketishi va qulab tushishi mumkin boʼlgan pogʼonalarning qiyaligini taʼminlash va mustahkamlash, hamda boshqa bir qancha tadbirlar. Karьerlarda atmosferadagi changning va gazning koʼpayishi koʼp hollarda burgʼu quduqlarni qaziganda, ekskavatorlar yordamida kon massasini koʼp marta yuklaganda, joylarda yongʼin boʼlganda (koʼmirni qazib olishda), dizel yonilgʼili mashinalar ishlaganda, karer yuk mashinalari muntazam harakat qilganda va boshqa kamchiliklar tufayli yuz beradi. Bunday hollarda ish joylarini shamollatish, changga va yongʼinga qarshi tadbirlar oʼtkazish kerak.
Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va kamchiliklari.
Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli darajada farq qiladi.

Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari:


Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina boʼsh togʼ jinslarini olgandan soʼng amalga oshiriladi. Boʼsh togʼ jinslari, yaʼni qoplovchi togʼ jinslari hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq boʼladi. Shuning uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan bogʼliqdir.
Ochiq kon lahimlarining oʼlchami barcha yoʼnalish boʼyicha sezilarli darajada hamda katta oʼlcham va quvvatga ega boʼlgan jihozlar va quvvati katta boʼlgan portlovchi modda zaryadini qoʼllash imkonini beradi.
Boʼsh togʼ jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi.
Ekskavator qoʼllanilganda burgʼulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karьer yuzasiga chiqariladi.
Ochiq kon ishlarida qoʼllaniladigan kon-transport jihozlari oʼlchamlari va yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi.
Burgʼulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burgʼulash stanoklari yordamida amalga oshiriladi. Skvajina diametri 160-450 mm, chuqurligi 20-60 m, skvajinadagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha boʼladi. Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va koʼp kovshli ekskavatorlar qoʼllaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yoʼl transporti, avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ochiq usulda qazib olishda bulьdozerlar, gʼildirakli skreperlar, oʼzi yurar yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qoʼllaniladi.
Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi. Ochiq kon ishlari yer osti usuliga araganda quyidagi afzalliklarga ega: Karerlarda mehnat xavfsizligining yuqoriligi va ishlab chiqarish sharoitlarining qulayligi. Mehnat unumdorligi shaxtaga 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam. Karer qurilish vakti shaxta qurilishi uchun ketgan vaqtdan ancha kam. Ochiq kon ishlarida foydali qazilmalarni yoʼqotish kam va turli navdagi rudalarni alohida qazib olish oson.
Konlarni ochiq usulda qazib olishda zarur paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin. Ochiq kon ishlarining kamchiliklari: Ochiq kon ishlarida ishlab chiqarishda katta yer maydonlarini chegaralab olish, baʼzan esa katta maydonlarda grunt suvlari darajasini pasayishiga olib keladi. Ochiq kon ishlari iqlim sharoitlariga bogʼliq boʼladi.


Ma’ruza №5

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish