K a f o l a t x a t i. Muayyan bir shart yoki va'dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi qoidaga ko’ra bajarilgan ish uchun xaq to’lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta'minlashda, ishga qabul qilishda, bajarilgan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki aloxida shaxslarga jo’natiladi.
S o’ r o v x a t. Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma'lumotlar, hujjatlar yoki boshqa zaruriy narsalar so’raladi.
Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so’rovlar aks etmasligi kerak. Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo’lishi lozim, faqat shu holdagina yo’llangan so’rovga tez va mukammal javob olish mumkin.
T a s d i q x a t. Ma'lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so’rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turidir.
Tasdiq xatining qaysi xatga javob bitilganligi iloji boricha aniq ko’rsatilishi kerak. Bunday xat matnida qo’llanuvchi asosiy so’zlardan biri “tasdiqlamoq” fe'lidir.
F a r m o y i sh x a t i. Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo’llangan rasmiy xujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko’pgina sohalarida qo’llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir.
E s l a t m a x a t. Jo’natilgan iltimos va so’rov xatlarga javob olinmasa, shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan xollarda eslatma xat yuboriladi.
SH a r t n o m a. Ikki yoki undan ortiq tomonning grajdanlik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron – bir munosabatlar o’rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi) ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi xujjatdir.
E ' l o n. Ko’pchilik yoki ma'lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo’ladigan biror – bir tadbir – majlis, uchrashuv, suxbat, shuningdek, ishga, o’qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilishga qo’llanuvchi yozma axborot.
H i s o b o t. Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma'lumot beruvchi xujjat.
Hisobotda keltirilgan ma'lumotlar aniq, ishonarli hamda ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik bo’lishi kerak.
Ma’ruza №3
Do'stlaringiz bilan baham: |