Kapital xarajatlar - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag‘lar va zaxiralarning o‘sishi.
Korporativ loyihaviy moliyalashtirish - investitsion loyihaning moliya manbasi kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, birinchi o‘rinda, amortizatsiya fondlari va taqsimlanmagan daromad (foyda) hisoblanadi. Korxonalarga preferensiya berish – milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ular tomonidan ishlab chiqarishga chet eldan olib kiriladigan xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, asbob-uskunalarni olib kirishda boj to‘lovlari va boshqa jarayonlar bo‘yicha yengilliklar (imtiyozlar)
berilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |