Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmuyi.
Investitsiyalarning qoplash muddati - pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda, investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlash.
Investorlar - xususiy va qarzga olingan mulkiy hamda intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati subyektlari. Investorlar obyektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |