Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng ishonchli manbasi bu?
korxonaning qarz mablag’lari
korxonaning o’z mablag’lari
korxonaning jalb qilingan mablag’lari
tijorat bank kreditlari
3-TOPSHIRIQ
Quyidagi keltirilgan, fanga doir atamalarga qisqacha ta’rif yozing.
Integratsiya - bu…
Integratsiya - bu ishlab chiqarishni barqaror o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik kabi maqsadlarga yengilroq va tezroq erishish imkoniyatini beradi.
Integratsiya - bu hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo’li orqali milliy xo’jalik komplekslarining o’zaro yaqinlashishi va bir-biriga kirib borishi jarayonidir.
Erkin iqtisodiy hudud – bu…
Erkin iqtisodiy zona — mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.
Sog’lom raqobat – bu…
Sog’lom raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Monopoliya – bu…
Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Deflyatsiya– bu…
Deflyasiya (iqtisodiyotda), dezinflyasiya — inflyasiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni kamaytirish; davlat to-monidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlari (soliqlarni oshirish, qimmatli qogʻozlar sotish, tovar narxlari darajasini pasaytirish, ish haqi oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi savdoni jonlantirish, banklar hisob stavkasini oshirish, omonatlar oʻsishini ragʻbatlantirish va b.). Statistik jixatdan D. muomaladagi pul massasi umumiy hajmining yalpi mahsulot, tovar muomalasi va pulli xizmatlar qiymatlari yigʻindisiga nisbati bilan ifodalanadi. Odatda, D.ni davlatlar pul islohoti arafasida oʻtkazadi. Mas, Buyuk Britaniyada 1925-yil pul islohotidan 2 yil oldin — 1923-yilda muomaladagi pullar 541 mln. funt sterlingdan 378 mln. funt sterlinggacha kamaytirilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin koʻpgina boshqa davlatlarda ham muomaladagi pul miqdorini kamaytirish, tovar narxining oʻsishini susaytirish va b. tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda yangi soʻm muomalaga kiritilgunga qadar (1994-yil 1 iyul) D. tadbirlari amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |