23-variant
Talaba F.I.SH________________________
Guruh_______________________
1-TOPSHIRIQ
Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini izohlab bering.
O’zbekiston Respublikasi uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun zarurdir. Real investitsiyalarni (bino va inshootlar qurish va modernizatsiya qilish, zamonaviy mashina va asbob-uskunalar sotib olish) jalb qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini oshiradi. Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni olib kelishga yo’naltirilgan investitsiyalar qattiq raqobat sharoitlarida omon qolishga ko’maklashadi.
Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o’ynadi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish; asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma’naviy eskirishiga yo’l qo’ymaslik; ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish; korxona mahsuloti raqobatbardoshligini ta’minlash va uning sifatini oshirish; tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o’z mablag’ini sarflash.
Investitsiyalar mikrodarajada, pirovardida, korxonalarning kelgusida me’yorda faoliyat ko’rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olishini ta’minlash uchun zarurdir.
Shunday qilib, investitsiyalar makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o’ynaydi, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishni kengaytirish, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, korxona foydasini ko’paytirish va shu asosda boshqa ko’pgina muammolarni ijobiy hal etish imkoniyatlarini yaratadi.
Real investitsiyaning o’ziga xosligi – bu ...?
Real investitsiyaning o’ziga xosligi – bu ...korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liqligi
Investitsiya faoliyati, uning obyekti va subyektlarini tavsiflang?
Investitsiyalar moʻljallangan obyektiga koʻra kapital, moliyaviy
va ijtimoiy turlarga boʻlinadi.
Asosiy fondlarni yaratish va takror koʻpaytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qogʻozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Inson salohiyatini, koʻnikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
“Investitsiya” va “jamg’armalar” tushunchalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik nimada?
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg’arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi.Investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib chiqamiz. Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg’armaning funktsiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |