Talab tushunchasi va talab qonuni. - Ammo xaridorning muayyan tovarga bo’lgan talabi ko’pgina, jumladan, aholining pul daromadi va uning o’sishiga, bozor hajmiga va mollar bahosiga, iste’molchiga berilgan imtiyozga, iste’molchilar tabiatiga hamda bir mol o’rniga ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqa mollarning mavjud-mavjudmasligi kabi boshqa omillarga, bog’liqdir. Bu omillar ichida talabni aniqlab beruvchi asosiy omil – mollar bahosidir. Chunki xaridor o’zidagi pul miqdoriga qarab, molni sotib olishi mumkin bo’lgan eng yuqori – talab narxini aytadi. Xaridor ushbu narxdan yuqori ko’tarilmaydi, chunki uning boshqa puli yo’q. Bundan ko’rinadiki, boshqa hamma omillar o’zgarmagan holda ushbu molning bozor bahosi bilan talab miqdori o’rtasida muayyan nisbat mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |