Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta`sir qiluvchi omillar. Talab qonuni


O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom



Download 139,58 Kb.
bet25/29
Sana31.07.2021
Hajmi139,58 Kb.
#133995
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
3 topshiriq

O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom

raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi

Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi uni harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ajralmas bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish, tartibga solish ancha murakkab jarayon sifatida uzoq davrlardan buyon davom etib kelmoqda. Natijada hozirgi vaqtga kelib jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida raqobat bozor tizimining ajralmas qismi sifatida takomillashib bormoqda. Shu munosabat bilan respublikamizda bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi, harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat nosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlarini — talab va taklif, tovar nafliligi, raqobat qonunining talabini hisobga olmasdan, bozor munosabatlarini takomillashtirib borishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotining raqobatsiz samarali rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat tomonidan raqobatni rivojlantirish va tartibga solish to‘g‘risida bir

qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning bajarilishi nazorat qilib borilmoqda. Bu esa bozorda raqobatning amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratilayotganligidan darak beradi.

Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, bozorda raqobatlashuvning

kuchayib borishi bilan iqtisodiyotda monopollashuv jarayonlari ham kuchayib borishi kuzatiladi va raqobatning cheklanishiga olib keladi. Bu holat davlat tomonidan mamlakatda raqobat uchun shartsharoitlar yaratib berishni taqozo qiladi. Raqobatni erkin ravishda amalga oshirishning samarali yo‘li esa davlatning monopoliyaga

qarshi kurashi siyosatida o‘z aksini topadi. Qonunga rioya etmaslik, raqibga zarar yetkazish kabi harakatlar uchun jazo choralari belgilangan.

Qonun buzuvchilar jarima to‘lashlari, keltirgan zararlarni qoplashlari, olgan foydasidan mahrum etilishlari mumkin. Monopoliyaga qarshi choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarmaga respublikamizdagi monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni ro‘yxatga olish, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni tartibga solib turish bo‘yicha huquqiy vakolat berildi.

Keyinchalik bu boshqarma Respublika Monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirishi davlat qo‘mitasiga aylantirildi va hozirgi vaqtda bu qo‘mita respublikamizdagi monopol korxonalarni davlat ro‘yxatiga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda faoliyat olib bormoqda.

Ushbu davlat qo‘mitasi o‘z vakolatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan monopoliyalarning bozordagi mavqeyini tartibga solishda bir qator usullardan foydalanmoqda. Jumladan, birinchi usulda — monopol mavqeyidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish. Masalan, qo‘mita tomonidan belgilangan mezonga ko‘ra, korxona ishlab chiqargan mahsulotlarning muayyan bir turi bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 % idan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopol korxona sifatida davlat ro‘yxatiga kiritiladi va ularga qarshi choralar ko‘riladi. Agar ular oziq-ovqat tovarlari guruhida bo‘lsa, bunday tovarlar uchun mezon 20 % darajasidan oshmasligi kerak deb belgilangan.

Ikkinchi usulga — monopol mavqeyini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish kiradi. Bu ish Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-iyuldagi 366- qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994—1996- yillar davomida monopol mavqeyidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi. 2000-yilda xususiylashtirilgan obyektlar bazasida 154 ta ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda ham bu faoliyat davom ettirilmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan muhim ish — bu O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishidir. Bu Qonunga ko‘ra, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm yaratildi. Natijada mamlakatimizdagi tabiiy monopoliyalar faoliyatlarini tartibga solish, ya’ni ular mahsulot va xizmatlariga narxlar hamda tariflar darajasi, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlari belgilanadigan bo‘ldi.


Download 139,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish