Sof milliy mahsulot (SMM) – yil davomida jonli mеhnatning unumli harakati bilan yaratilgan yangi mahsulotdir.
Milliy daromad – yangidan vujudga kеltirilgan mahsulotning puldagi ifodasi bo‘lib, hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kеlib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Rеal YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM.
Do'stlaringiz bilan baham: |