MAVZU: Talab va taklif. Bozor
muvozanati
Ma’ruzachi: Ilasheva Yayra
REJA:
- Talab tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar
- Talab qonuni.
- Taklif tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar.
- Taklif qonuni.
- Bozor muvozanati.
Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi
ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati
talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.
Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon
bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir.
Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada
dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi
shakllanadi.
Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:
1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi.
2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining
yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli
guruhlarga bo’lish mumkin.
Talabning narxga bog’liqligi:
1.Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, haqiqatan ham kishilar kamroq xarid qiladi.
2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi.
Lekin iqtisodiyotda shunday holat yuz berishi mumkinki, bunda narxlar ortishi bilan talab
kamayishi o’rniga ortib boradi. Bu vaziyat Giffen effekti deb ataladi. Bunday tovarlar esa bu
holni tasvirlagan ingliz iqtisodchisi R o b e r t G i f f e n (1837 — 1910) nomi bilan Giffen
tovarlari deb ataladi.
Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq.
Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga
qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib
kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir.
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi.
Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga
erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi.
Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga
olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki
aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi
mumkin.
Narx oshish ehtimoli. Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot
ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx
oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib
chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli
firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.
Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga
olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki
aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi
mumkin.
Narx yuqori bo’lganda talab qisqarishi, ya’ni taklif talabdan ancha ortiqcha bo’lishi,
bozor uchun tabiiy bir holdir. Talab, taklif narxining va xarid qobiliyatining o’zgarishiga qarab
tebranib turadi. Bu harakat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi. Tenglashish yuz
bergach, taklif va talab miqdoran va tarkiban bir-biriga mos tushadi.
Tovarlar dunyosi
g’oyat boy bo’lib, tovarlar bozori o’zaro bog’liq qismlardan iborat. Ana shu turli tovarlar va
xizmatlarga bo’lgan talab va takliflarning ham miqdor, ham tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq
kelishi bozor muvozanati deyiladi.
birinchidan, narxlar orqali amalga oshiriladi.Narxlarning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi.
Ikkinchidan, talab va taklif o’rtasidagi nisbat. Talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatni
o’zgarib turishi bozor narxlarini ham tebranishiga olib keladi.
Uchinchidan, raqobat kurashi. Har bir tadbirkor maksimal darajada foyda olishga intiladi.
Buning uchun bozorga xaridorgir tovar ishlab chiqarish kerak
Bozor muvozanatiga erishish:
Do'stlaringiz bilan baham: |