4.1.Guruhning (seksiya) marshdagi harakatlari
Marsh davomida guruh komandiri jangovar mashinada (tank) turib, guruhni o‘rnatilgan, joriy etilgan signallar orqali boshqaradi. Barcha komandalar qisqa, aniq va sodda qilib berilishi shart.
Guruh kolonnasini o‘z vaqtida safga tizish harakat marshrutiga chiqishda va vzvod kolonnasida o‘z o‘rnini egallashida muhim ahamiyatga ega. Bo‘ysunuvchilar tomonidan harakat yo‘nalishini bilish, vzvod kolonnasidagi joyi va uni egallash signallarini bilish, niqob-lash qoidalariga qatiy rioya etishga e’tibor qaratiladi. Tunda kolonnaga tashkiliy ravishda saflanish maqsadida harakatlanish yo‘llariga ko‘rsatkich belgi va qoziqlar qoqib qo‘yiladi.
Vzvod komandiri guruhning vzvod marshrutiga chiqish punktlari va vaqtini belgilaydi. Bu punktlar orasidagi masofada kolonnaning tizilish kattaligi 0,5- 0,75 ga teng, kolonnaning harakat tezligini (o‘rtacha 12-15 km/s) hisobga olib, guruh komandiri kolonnadan o‘z o‘rinlarini egallash, vzvod komandiri tayinlagan punktga etib borishga zarur bo‘ladigan vaqgini aniqlaydi. Harakatlanish to‘g‘risida signal (ko‘rsatma) berilishi bilanoq, guruh komandiri kolonna tartibiga tizilishga komanda beradi. Komanda ko‘zga ko‘rinadigan bayroqcha, fonar hamda tovush orqali beriladi. Bir vaqtning o‘zida guruh komandiri o‘z mashinasini o‘rnidan qo‘zg‘atib, buysunuvchilarni kuzatib, kolonna boshida harakatlanadi. Kolonnaga saflanish paytida guruh niqoblanishni ta’minlaydigan marshrut yoqasidan, chuqurliklar va boshqa joylardan harakatlanadi. Guruh komandiri marsh tartibiga qattiq rioya etishga, harakatni to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka, marshrutdan chetga chiqmaslikka va vzvod komandiri signallarini doimo kuzatib borishga, shaxsiy tarkibga dushman to‘g‘risida, radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik (biologik) zararlanish to‘g‘risida xabar berib borishga majbur.
Mashinalar kolonnada yo‘lning o‘ng tomonida, belgilangan tezlikda, oraliq masofani saklagan holda harakatlanadi va harakat xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya etiladi, yo‘lning chap tomoni quvib o‘tish uchun doimo bo‘sh bo‘ladi.
Majburan to‘xtash kerak bo‘lganda mashinadan komandir o‘rnatilgan signallarni beradi, mashinani yo‘lning o‘ng tomoniga olib chiqib, nosozlikni to‘g‘rilash choralarini ko‘radi. Qolib ketgan mashina sozlangach, o‘tib borayotgan kolonnaga qo‘shilib boradi. Dam olish uchun to‘xtaganda o‘z guruhidagi o‘rniga turib oladi.
Harakat davomida kolonnani quvib o‘tish taqikdanadi. Mashinalar tunda chiroklarini yoqib, niqoblash uskunalaridan, yorug‘likni niqoblash moslamalaridan, tuvda ko‘rish moslamalaridan foydalanib harakatlanadi. Dushman kuzatib turgan uchastkalarda, oydinli tunda esa hamma chirokdar (priborlar) o‘chirilib harakat qilinadi. Harakat paytida keskin burilishga duch kelinsa, boshlovchi mashina tezligini pasaytirib, orqadagi mashinalar ko‘rib turishi uchun imkon yaratadi. Har bir mashina ekipaji a’zolaridan tayinlangan kuzatuvchi, komandir mashinasini, tevarak-atrofni va havoni kuzatib boradi. Zenit vositalari o‘t ochish uchun doimo tayyor bo‘lib turadi.
Havodagi dushman to‘g‘risida xabar berilishi bilan guruh harakatni davom etgiradi. Havo nishonlariga qarshi o‘t ochish uchun ajratilgan vositalar o‘t ochishga tayyorlanadilar. Piyodalar jangovar mashinasi (BTR, tank) lyuklari, o‘t ochish uchun zarur tuynuklardan tashqarisi maxkam yopiladi. Gaz niqoblar «tayyor» holga keltiriladi. O‘t ochish guruh komandiri yoki katta komandir komandasi orqali amalga oshiriladi.
Radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik (biologik) zararlanish to‘g‘risida xabar berilishi bilan guruh harakatni davom ettiradi. Mashinalar lyuki, tuynuklar yopiladi, OQQ saqlash tizimi ishga tushiriladi. Ochiq mashinalardagi shaxsiy tarkib gaz niqob kiyib oladi. YUqori radiatsiya bilan zararlangan, yong‘in bo‘layotgan zonalarni guruh, odatda, aylanib o‘tadi. Aylanib o‘tish imkoni bo‘lmasa, u holda OQKlaridan saklash vositalaridan foydalanib, eng yuqori tezlikda bosib o‘tiladi.
Marsh davomida dushmanni erdan to‘satdan hujum qilishini hamda ma’lum bir belgilangan, ya’ni dushman bilan to‘qnash kelish ehtimoli bo‘lgan rubejlarda jangga kirishishi hisobga olinadi. Bunday hodda guruh vzvod kolonnasida belgilangan joyda zudlik bilan jangovar tartibga yoyiladi yoki olingan vazifaga ko‘ra hamda qo‘shnilar bilan o‘zaro hamkorlikda dushmanlarga shidat bilan har 15-20 daqiqa harakatdan so‘ng 3-5 daqiqa qisqa dam olish qilinishi mumkin.
Katta dam olish uchun xavfsiz, tuproq, qor ko‘chmaydigan, suv manbasiga yaqin joylar tanlanadi.
Tor dara yo‘llardan bo‘linmalar ikki kolonna bo‘lib harakatlanadilar, minomyotlar ot-aravaga yuklab olinadi. So‘qmoqlardan yurganda bo‘linma bir kolonna bo‘lib harakatlanadi.
Tik qiyalik va pastliklarda harakat davomida ortiqcha charchab qolmaslik, nafas olish organlari va yurakka kuchlanish bermaslik uchun qadamlar bir tekisda ravon bo‘lishi va yo‘lga qarab harakat sur’ati bir tekisda bo‘lishi kerak. YUqoriga ko‘tarilganda tanani oldinga tashlab, oyoqni to‘liq bosib, tekis burun orqali nafas olib, pastga tushishda tanani orqaga tashlab, oyoqni tizzadan bukib, og‘irlikni tovonga tashlab, keskin yurmasdan harakatlanish kerak bo‘ladi.
Guruh komandiri marsh boshlanishidan oldin yurish qiyin bo‘lgan joylarni o‘rganib, ulardan o‘tib olish tartibini aniqlab oladi. U jangovar mashinalarning tormoz, yurish qismi va boshqaruv mexanizmi sozligiga, ot-aravalar bo‘lsa, ulov-jabduqlarning to‘liqligiga, oyoq kiyimlari va kiyim-kechaklarning sozligi, to‘liqligiga, qo‘shimcha asbob-anjomlar (arqonlar, changaklar, troslar va boshqalar) miqsoriga, aloqa vositalariga va signal vositalari butligiga aloxdaa e’tibor beradi, tunda va kunduzi tez oqar tog‘ daryolaridan o‘tishda kerak bo‘ladigan asbob-anjomlar borligi va sozlini tekshiradi.
Marshga tayyorgarlik mobaynida guruh komandiri seksiya (tank) komandirlari va mexanik-haydovchilarga (haydovchilarga) harakatlanish marshrutining umumiy holatini (profilini) va qiyin joylardan o‘tishni ko‘rsatadi.
Tog‘li yo‘lda avtomobil, bronetransportyor, PJM, tanklar va boshqa texnikalar kutilmagan qiyinchiliklarga duch keladi, shuning uchun shaxsiy tarkib, ayniqsa, haydovchilar, marsh intizomini va harakat xavfsizligi qoidalarini mukammal bilishlari kerak. Mashina komandiri (katgasi) haydovchilardan xavfsizlik qoydalariga rioya etishni, oraliq masofani saqlashni qiyalik va pastliklarda tezlikni pasaytirishni, texnik qarov o‘tkazilishini talab qilishlari kerak. Qor qatlami qoplangan sharoitda marshni uyushtirish uchun bo‘linma komandirlari shaxsiy tarkibni, jangovar texnikani va ot-ulovlarni aloxdda e’tibor bilan tayyorlashlari kerak.
Qor bosgan va muzlagan yo‘llardan yurishga bronetransportyor (avtomobil) g‘ildiraklariga biriktirish uchun zanjirlar, qo‘shimcha tormoz kolodkalari bilan ta’minlanadilar. Mashinalar kuzovida quruq qum zaxirasi to‘planadi.
Marsh davomida shaxsiy tarkib sog‘ligi nazorat qilinib, sovuq urishini oldini olish choralari ko‘riladi. Dam olish joylari sovuqdan, shamoddan pana joylarga tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |