Suvli to‘siqqa yaqinlashish va kechib o‘tish vaqtidagi
texnik ta’minot
Suvli to‘siqqa yaqinlashishda ekipajlarga germetizatsiya rayonida mashinalarni kechuvga tayyorlashda yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan, batalonlarning shtatli texnik ta’minot kuch va vositalarini, ta’mirlash vzvodining ta’mirlash va evakuatsiya vositalarini dastlabki qirg‘oqqa o‘z vaqtida etib kelishini ta’minlash maqsadida ularni safdan chiqqan mashinalarni evakuatsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarining davomiyligi qisqartiriladi. Ushbu vositalar batalon suvli to‘siqqa yaqinlashayotganida TEGning (Ta’mirGning) vazifalarini bajarayotib bir joyda 2- soatdan ortiq ishlamasligi lozim. Batalon suvli to‘siqqa yaqinlashayotgan davrda ta’mirlashga TEG (Ta’mirG) uchun belgilangan vaqtdan ko‘p vaqt talab qiluvchi mashinalar safdan chiqqan joylarida va evakuatsiya qilish yo‘llarida (yaqin o‘rtadagi pana joylarda) katta boshliqning vositalariga topshiriladi.
TEG tarkibiga ajratilgan kuch va vositalar, suvli to‘siqqa batalonlarning izidan etib boradilar va germetizatsiya rayonila yoki kechib o‘tish uchun dastlabki rayonda jamlanadilar. Kechuvlarni jihozlash uchun yo‘nalish belgilanganidan so‘ng, TEGlar suvli to‘siqqa chiqariladi, u erda joylashadilar va harakatga to‘liq shay holatga keltiriladilar.
Suvli to‘siqni kechib o‘tishda bo‘linmalarning texnik ta’minoti batalonlar va harbiy qismning vositalari bilan amalga oshiriladi. Ularning vazifalariga tiqilib qolgan, cho‘kkan yoki kechuv yaqinida shikastlangan mashinalarni evakuatsiya qilish va ularning nosozliklari yoki shikastlanishlarni bartaraf etish.
Suvli to‘siq yaqinida batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari TEGning, qo‘shib berilgan vositalarning, TEGning, TKPning oldindan mo‘ljallangan o‘rnashuv joylarini va mashinalarni evakuatsiya qilish yo‘llarini rekognossirovka qiladi.
Paromli kechuvning tayyor bo‘lish vaqtiga qarab, TEG tarkibika kiritilgan shatak, tanklarni paromga yuklashdan oldin kechuvga keladi va evakuatsiya ishlarini bajarishga shay holda pana joyda joylashadi.
Kechuv boshlanishiga TEG ekipajlarga yordam ko‘rsatish va kechuv trassasini bo‘shatish maqsadida suv ostida to‘xtab qolgan tanklarni evakuatsiya qilish uchun to‘liq shay holatda bo‘lishi kerak.
Tanklarni suvdan tez evakuatsiya qilish kechuvning yuqori (propusknaya sposobnost) o‘tkazuvchanlik qobiliyati, ekipajlarni qutqarishni, tanklarni cho‘ktirish zaruratini yo‘q qilishni, cho‘ktirilgan holda esa ularni tez ta’mirlashni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |