Avtomobil yo‘lidagi statsionar (doimiy) blokpost chizmasi (variant)
- xabar berish, boshqaruv va o‘zaro hamkorlikdagi harakat signallarini;
- guruhchalarni va ularning xizmat qilish tartibini, kuzatish postlarining soni, ularning tarkibini, kuzatish sektorlari va kuzatishni tashkil etish tartibini;
- blokpost pozitsiyasining muhandislik jihozlanishi tartibini;
- blokpostning marralarini va ularning belgilanishi tartibini;
- joyning minali-portlovchi va portlamaydigan to‘siqlar bilan muhofaza qilinuvchi uchastkasini;
- blokpostda jangovar xizmatning tashkil etilish tartibini.
Blokpost shaxsiy tarkibi oldiga vazifalar qo‘yar ekan, guruh komandiri jangovar buyruqda quyidagilarni ko‘rsatadi:
- dushman haqidagi ma’lumotlarini;
- blokpostning vazifasini;
- guruhchalarning vazifalarini va blokpostda xizmat qilish tartibini, shuningdek, dushmanning hujumini yoki yorib o‘tishga urinishini qaytarish tartibini;
- xabar berish, boshqaruv, o‘zaro hamkorlikdagi harakat signallarini va ular bo‘yicha harakat qilish tartibini;
- o‘t ochish tizimining shay bo‘lish vaqtini, blokpost pozitsiyasining muhandislik jihozlanishining navbat tartibi va muddatlarini;
- o‘z o‘rni va o‘rinbosarlarini.
Jangovar buyruq berilgandan so‘ng, blokpost komandiri shaxsan o‘zi o‘t ochish pozitsiyalarining o‘rnini, ularning muhandislik jihozlanishi tartibini va har bir o‘t ochish vositasining otishma sektorini belgilaydi, shundan so‘ng blokpostning o‘t ochish chizmasini tuzadi.
Avtomobil va boshqa texnikani, odamlarni va ularning buyumlarini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ko‘rib chiqish va nazorat guruhchasi tomonidan o‘rnatilgan rejimda amalga oshiriladi.
Madad berish va o‘t ochishni ta’minlash guruhchasi ko‘rib chiqish va nazorat guruhchasi tomonidan shubhali shaxslar ushlangan paytda, ularning qurolli qarshilik ko‘rsatishga urinishlariga darhol chek qo‘yishga tayyor bo‘lib turadi, keyinchalik ushlanganlarni qo‘riqlashni ta’minlaydi.
Blokpost komandiri aloqa vositalari orqali katta komandirga va huquqni muhofaza qilish organlariga ushlanganlar haqida axborot beradi va ularning vakillari kelishi bilan ushlanganlarni ularga topshiradi.
Blokpostni yorib o‘tishga (unga hujum qilishga) urinishlar bo‘lgan paytda, guruhchalarning shaxsiy tarkibi jangovar raschyotga muvofiq ravishda o‘t ochish pozitsiyalarini egallaydilar. Blokpostni yorib o‘tish (blokpostga hujum qilish) ga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yish dushman blokpostning uzoq bo‘sag‘alari (marralari) ga yaqin kelishi bilan barcha mavjud o‘t ochish vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Yorib o‘tish (hujum) ni qaytarish davomida blokpost komandiri asosiy kuchni dushmanning hujum qilayotgan asosiy guruhiga qarshi jamlagan holda, guruhchalarning o‘t ochishini boshqarib turadi. Blokpostni aylanib o‘tishga uringan dushmanning kichik guruhlari va ayrim qurollangan shaxslar piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) ning, boshqa o‘t ochish vositalarining o‘ti va mergan tomonidan yo‘q qilinadi.
Dushman hujumi qaytarilgandan so‘ng, komandir blokpost shaxsiy tarkibini ko‘rikdan o‘tkazadi, o‘t ochish tizimini qayta tiklash choralarini ko‘radi, o‘ldirilganlar va yaradorlarning evakuatsiyasini tashkil etadi va aloqa vositalari orqali katta komandirga jang natijalari haqida axborot beradi.
Bloktpostda xizmat qilayotgan paytda, jangovar vazifani bajarish davomida motoo‘qchi guruh madad berish va o‘t ochishni ta’minlash yoki rezerv guruhcha tarkibida harakat qilishi mumkin.
Dushman blokpostga hujum qilishga uringan hollarda, seksiyaning shaxsiy tarkibi jangovar raschyotga mos ravishda qat’iy mudofaa pozitsiyalarini egallaydilar va barcha vositalardan o‘t ochib hujumni qaytaradilar.
Dushman hujumi qaytarilgandan so‘ng, seksiya komandiri quyidagilarni bajarishi shart: shaxsiy tarkib va seksiyani qurol-yarog‘ining holatini tekshirishi, o‘q-dorilarning to‘ldirilishini tashkil qilishi, seksiyani dushmanning mumkin bo‘lgan takror hujumini qantarishga tayyorlash va jang natijalari haqida guruh komandiriga axborot berishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |