Ikkinchi xandaq vzvodning ikkinchi esheloni (zaxirasi) ning motoo‘qchi guruhi tomonidan mudofaa qilinadi. U birinchi xandaqdan 200-500 m uzoqlikdagi masofada uni mudofaa qiluvchi guruh o‘zining o‘t ochishi bilan birinchi xandaqni egallab turgan bo‘linmalarni qo‘llab-quvvatlay olishi hamda mudofaaning oldingi marrasiga yaqinlashib keladigan joylarda o‘t ochishni olib borish va uning oldidagi g‘ovlarni o‘t ochish orqali to‘sib turishini hisobga olgan holda jihozlanadi.
Uchinchi (to‘rtinchi) xandaq batalonning ikkinchi eshelondagi vzvodining motoo‘vchi guruhlari tomonidan mudofaa qilinadi. U ikkinchi (uchinchi) xandaqdan 500-900 m uzoqlikdagi masofada joylashadi, unda joylashgan o‘t ochish vositalari ikkinchi va uchinchi (to‘rtinchi) xandaqlar o‘rtasidagi chizig‘ida, ayrim uchastkalarda esa mudofaaning oldingi marrasida o‘t ochishni olib borishlarini hisobga olgan holda jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |