Zirhlitank, avtomobil texnikasi va mulklari bilan ta’minlash
Batalonni zirhlitank va avtomobil texnikasi va mulklari bilan ta’minlashni harbiy qism komandirining quol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari cherez zirhlitank va avtomobil xizmat boshliqlari orqali tashkillashtiradi.
Batalonni zirhlitank va avtomobil texnikasiga nobutligini yangi va ta’mirlangan texnikalarni markazlashgan tartibda qabul qilish orqali to‘ldiriladi.
Harbiy qismga kelayotgan mashinalar qism komandirining buyrug‘iga asosan batalonlarga taqsimlanib, ekipajlar (haydovchilarga) biriktiriladi va safga qo‘yiladi. Bo‘linma komandirlari kelgan texnikalarni formulyalariga qarab va texnik holatini tekshirib qabul qiladilar.
Ta’mirlab bo‘lmaydigan va qaytmas yo‘qotishlar kategoriyasiga taaluqli bo‘lgan texnikani, odatga ko‘ra hisobdan chiqariladi va bo‘linmaning ro‘yxatidan o‘chiriladi. Bunga asos bo‘lib qism komandiri tomonidan tayinlangan hay’at tuzgan texnik holatining dalolatnomasi xizmat qiladi. Hay’at tarkibiga a’zo qilinib tegishli batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari ham tayinlanishi mumkin. U o‘z bo‘linmalarining hisobdan chiqariladigan mashinalarini shaxsan tekshirib chiqishi kerak. Tiklanishga to‘g‘ri kelmaydigan texnikalarning texnik holatining dalolatnomasi, harbiy qismning texnik qismiga taqdim etiladi.
Harbiy qism komandiri tasdiqlangandan keyin u yuqori boshliqqa jo‘natiladi. Ushbu texnikalar bo‘linmalarning ro‘yxatidan faqatgina inspektorlik guvohnomasini olganda yoki tegishli buyruqlardan keyin o‘chirilishi mumkin.
Zirhlitank va avtomobil mulklariga quyidagilar kiradi: agregatlar, zaxira qismlari, uskunalar, qismlar, elektrjihozlar buyumlari, asboblar, shinalar, rezinatexnik jihozlar, hamda foydalanish, saqlash, ta’mirlash va mashinalarni evakuasiya qilish mulklari.
Batalon ushbu mulklar bilan mashinalarni ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish uchun kerakli bo‘lgan miqdorda ta’minlanadi. Batalonda (vzvoda) bo‘linmalarni zirhlitank va avtomobil mulklari bilan ta’minlashni batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari tashkillashtiradi. Ular mulklarni talab qilib qabul qilinishini va hisobini yuritishni, bo‘linmalarga (mashinalarga) taqsimlanishini, tarqatilishi va to‘g‘ri ishlatilishini, hamda ko‘rsatilgan hisobotni etkazilishini ta’minlaydilar.
Batalon (vzvod) uchun zirhlitank va avtomobil mulklarini talab qilinishi talabnomalar asosida komanda bo‘yicha amalga oshiriladi, ya’ni oldinda turgan jangovar harakatlar xususiyatlarini hisobga olib, taxmin qilinayotgan texnikalarda o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlar hajmi, shtatdagi va biriktirilgan ta’mirlash bo‘linmalarining ishlash chiqarish imkoniyatlari, o‘rnatilgan zaxiralarni saqlanayotganligi va bo‘linmalarni haqiqiy ta’minlanganligi.
Batalonning talabnomasiga asosan qo‘shilishi mumkin faqatgina ekipaj va haydovchilarning kuchlari yordamida texnikalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur mulklar. Batalonda mashinalarni ta’mirlash ishlarini katta boshliqlar kuch va vositalari bajariladigan, ushbu boshliqlar ko‘rsatmalariga aosan kerakli anjlmdar bilan ta’minlanadilar.
Zirhlitank va avtomobil mulklari batalon uchun qism omboridan to‘plamli va yoyiq holda qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari tomnidan tasdiqlangan yuk xati yoki raznaryadka bilan beriladi.
Batalonda mulklar komandirning qurol - aslaha bo‘yicha o‘rinbosari hisob jurnali yoki vedomostda hisobga olib, undan keyin bo‘linmalarga va bevosita ekipaj (haydovchilarga) beriladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash davomida almashtiriladigan agregatlar, qismlar, asboblar va detallar mashinaning formulyarlariga (texnik pasportiga) va texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hisob kitobiga qayd qilinadi. Ushbu qaydnomalar va dalolatnomalar harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanib, mulklarni hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Batalonga yangi yoki ta’mirlangan agregatlar, qismlar, asbob va detallar qoidaga ko‘ra, ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan tegishli buyumlarni almashtirish orqali amalga oshiriladi. Faqatgina, jang va marsh davomida kerakli agregatlar, qismlar, asbob va detallar o‘riniga o‘rin berilmasdan berilishi mumkin, lekin almashtirilgan buyumni keyinchalik texnik mulkni ta’mirlashga topshirish orqali.
Batalondagi ko‘zda tutilgan zirhlitank mulklari zaxirasi texnik xizmat ko‘rsatish mashinalarida yoki yuk avtomobilida saqlanadi va tashib keltiriladi.
Jangovar va transport mashinalarini kerakli zirhlitank (avtomobil) mulklari bilan butlash, qoidaga ko‘ra, jangdan (marshdan) oldin ularni batalon transportida tashib keltirish orqali amalga oshiriladi. Harakatlar (marsh) mobaynida ushbu mulklarning zaxirasi mashinalarda ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash vaqtida to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |