Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Vzvodlar moddiy vositalarni raznaryadkalar orqali qabul qilishadi va ular quyidagi mansabdor shaxslar tomonidan tayyorlanadi



Download 15,2 Mb.
bet202/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Vzvodlar moddiy vositalarni raznaryadkalar orqali qabul qilishadi va ular quyidagi mansabdor shaxslar tomonidan tayyorlanadi:

- zirhlitank va avtomobil texnikasi va mulklarini – batalon (brigada) komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari;

- ma’rifiy mulklarini - batalon komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

- tibbiy mulklarini – batalon feldsheri;

- o‘q-dorilar, oziq - ovqat, yonilg‘i va boshqa moddiy vositalar – batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari.

SHaxsiy tarkibga (ekipaj, hisoblar, haydovchilarga) bevosita qabul qilish va tarqatish yoki vzvodlarga yonilg‘ini, zirhlitank va avtomobil texnikasini va mulklarni batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga, ma’rifiy mulklar - batalon komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tibbiy mulklar – sanitar yo‘riqchiga, o‘q-dorilar, oziq - ovqat, yonilg‘i va boshqa moddiy vositalar - vzvod komandirining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha yordamchisiga yuklatiladi.

YUqori qo‘mondonlik bo‘linmalarga moddiy vositalarni asosan o‘z topshiruvchilari orqali, bir xil paytda – batalondan (vzvod, guruhdan) chaqiriladigan qabul qiluvchilari orqali amalga oshiradi. Topshiruvchi va qabul qiluvchilar (bular mashina haydovchilari ham bo‘lishi mumkin) ular qabul qilingan moddiy vositalarning saqlanishi va butligi uchun to‘liq javobgarlikni bo‘yniga oladi. Ularning javobgarligini oshirish uchun har bir yuk bilan jo‘natiladigan avtomobilga ilova qilinadigan qog‘oz (yuk xati) beriladi.

Batalonning (vzvodning) ta’minoti uchun faqat batalonga haqiqiy kelib tushgan moddiy vositalar (tanklarga, piyodalar jangovar mashinlariga, zirhlitransporterlarga yoki shaxsiy tarkibga berilgan)lari hisoblanadi. Batalonga qo‘shib berilgan bo‘linmalarni moddiy vositalar ta’minoti, o‘z qismining rejasiga asosan amalga oshiriladi.

Kerakbo‘lgandavaimkoniyatlaribo‘lgandayonilg‘i, o‘q-dorilar, oziq-ovqat va ba’zi mulklar bilan bevosita batalon (vzvod), kimga ular biriktirilgan bo‘lsa ular tomonidan ta’minlanadi.

Jangda, marshda va joyda joylashganda sarflangan moddiy vositalarning o‘rnini to‘ldirish va o‘rnatilan zaxiralarni saqlash doimiy tashib keltirish orqali erishiladi. Brigada omborlarida yoki batalon transportida kerakli o‘q-dorilar, yonilg‘i, oziq-ovqat zaxiralari va boshqa moddiy vositalarni saqlash mumkin. Agar moddiy vositalar o‘z vaqtida bo‘linmalarga etkazib berilmasa vzvodlar va umumiy olganda batalon o‘z jangovar vazifalarini bajara olmaydi ushbu moddiy vositalar o‘lik yukday qolib ketadi. Hattoki joylarda tayyorlangan moddiy vositalar va dushmandan olingan o‘ljalarni ham, ularni belgilangan joyga etkazilganidan keyingina bo‘linmalar ishlatishi mumkin.

Bo‘linmalarga moddiy vositalarni tashibkeltirish, ularni moddiy vositalar bilan uzluksiz ta’minlashning asosi bo‘lib, uni tashkillashtirish barcha darajadagi komandirlarning asosiy majburiyatlari hisoblanadi.

Batalonga moddiy vositalarni tashib keltirish brigada rejasiga asosan amalga oshiriladi. Bu bo‘g‘inga tashishni brigada komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari tashkillashtiradi va amalga oshiradi, qoidaga ko‘ra, brigad transportlari batalon yonilg‘i quyish shaxobchasigacha, batalon jangovar ta’minot, oziq-ovqat ta’minoti va tibbiyot punktlarigacha. Kerak bo‘lganda yuklar (asosan o‘q-dorilar va yonilg‘i) brigada transporti yordamida bevosita tanklarga, piyodalar jangovar mashinalariga va zirhlitransporterlargacha etkaziladi.

Brigada omborlaridana moddiy vositalarni “o‘ziga” tashish uchun brigada komandirining qaroriga asosan batalon transportlari ham jalb qilinishi mumkin. Bu ayniqsa bo‘linmalarni joyda joylashganda, mudofaada va yayov tartibda hujumga o‘tganda maqsadga muvofiqdir.

Batalonni o‘z qismidan uzilganda va moddiy vositalarni er usti transportlarida etkazib berishning imkoniyatlari bo‘lmaganda, bu vazifani tegishli katta boshliqlarning qaroriga muvofiq vertolet va samoletlar yordamida hal qilinishi mumkin.

Moddiy vositalarni batalon yonilg‘I quyish shaxobchasidan, batalon jangovar ta’minot, oziq-ovqat ta’minot va tibbiyot punktlaridan batalon bo‘linmalariga tashib keltirishni, qoidaga ko‘ra, batalont ransportlarida amalga oshiriladi.Ushbu bo‘g‘inda zirhlitank va avtomobil mulklarini tashishni – batalon komandirining qurol – aslaha bo‘yicha o‘rinbosari, tibbiy mulklarni – batalon tibbiyo tpunkti boshlig‘i, o‘q-dorilar, yonilg‘i, oziq – ovqat va boshqa barcha moddiy vositalarni – batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari tashkillashtiradi. Ular shaxsan bo‘linmalarga tegishli moddiy vositalarni hajmini, tashish tartibi va muddatlarini aniqlaydilar va bo‘ysinuvchi front orti ta’minoti bo‘linmasiga (haydovchilarga) tashishga vazifalar qo‘yadilar. Kerak bo‘lganda batalon komandirining qaroriga muvofiq bo‘linmalarga moddiy vositalarni tashish uchun (asosan o‘q-dorilar va yonilg‘ini) avtotortuvchi, zirhlitranspotyor, piyodalar jangovar mashinalari, hattoki tanklar ham jalb qilinishi mumkin.

Batalon bo‘g‘inida bo‘linmalarga moddiy vositalarni tashishni tashkillashtirishda asosiy katta o‘rin batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosariga tegishlidir.

Batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari batalondagi barcha bor transport vositalarining holati va imkoniyatlarini doimo bilishi, tashishni tashkillashtirishda batalon mansabdor shaxslari va vzvod komandirlarinig o‘zarohamkorlikdag iishlarini ta’minlash va batalon komandiri tomonidan tashish va evakuasiya qilish vazifalarini ular tomonidan bajarilishini nazorat qilishi lozim.

Batalon komandirining qaroriga asosan shtab boshlig‘I va batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ysinuvchi front orti ta’minoti bo‘linmalariga va vzvod komandirlariga tashish uchun kerakli farmoyishlarni berishadi.


Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish