Batalonni kechib o‘tish uchun vazifani olganidan so‘ng batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari:
- vazifani aniqlashtiradi va vaqtni taqsimlaydi;
- dastlabki farmoyishlarni beradi;
- vaziyatni baholaydi;
- qaror qabul qiladi va uni batalon komandirga bildiradi;
- texnik ta’minot bo‘yicha vazifa qo‘yadi (farmoyish beradi) va ularni bajarilishini tashkillashtiradi;
- nazorat va bo‘linmalarga yordam berishni amalga oshiradi.
Komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari kechib o‘tish usulini, suvli to‘siqning gidrologik sharoitlarini, batalon uchun kechuvlarning soni va usullarini, mashinalarning holati va shaxsiy tarkibning o‘rgatilganlik darajasini hisobga olgan holda vaziyatni baholashi natijasida, dastlabki qirg‘oqda suvli to‘siqqa yaqinlashishda, suvli to‘siqdan kechib o‘tishda va qarshi qirg‘oqdagi jang mobaynida bajariladigan texnik ta’minot bo‘yicha tadbirlarni aniqlaydi. Bu tadbirlar batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari qarorining asosini tashkil etadi.
Batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari o‘z qarorida hujumdagi texnik ta’minot masalalaridan tashqari, qo‘shimcha ravishda quyidagilarni belgilaydi:
- qurol-aslaha va harbiy texnikani suvli to‘siqdan kechib o‘tishga tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi;
- kechuvlarda mashinalarni evakuatsiya qilish va ta’mirlash uchun texnik ta’minot vositalarini ajratish;
- batalonning taxnik ta’minot vositalarini dastlabki qirg‘oqda joylashishi va ularni kechuvlarga harakatlanish tartibi;
- batalon TEGni kechuvdan o‘tkazish navbati, vaqt va joylari hamda uni qarshi qirg‘oqdagi joylashuvi;
- batalonning texnik ta’minot vositalarini, tanklarni suv ostidan va chuqur kechuvlardan olib o‘tishda, QEXni vazifalarini bajarishdagi qatnashuvi.
Komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan ko‘zda tutilgan asosiy tadbirlar batalon shtabi boshlig‘i bilan kelishiladi.
Kechuvdan o‘tishda texnik ta’minot bo‘yicha farmoyishda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari quyidagilarni ko‘rsatadi:
- mashinalarni kechib o‘tishga tayyorlash bo‘yicha ishlarning hajmi, ularni bajarish joyi va vaqti;
- germetizatsiya rayonida mashinalarni kechib o‘tishga tayyorlashda yordam ko‘rsatish uchun bo‘linmalarga ajratiladigan texnik ta’minot vositalari;
- suvli to‘siqqa yaqinlashishda, uni kechib o‘tishda va qarshi qirg‘oqdagi jang mobaynida shtatli va qo‘shib berilgan texnik ta’minot kuch va vositalarining vazifalari;
- evakuatsiya qilish yo‘llari;
- suvli to‘siqqa yaqinlashishda va qarshi qirg‘oqdagi jang mobaynida harbiy qismning SHMYP va XTM omborlarini yoyish joylari va vaqti.
Do'stlaringiz bilan baham: |