Takomillashib borishi va aholi farovonligini oshirish tadbirlari



Download 424,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.06.2022
Hajmi424,17 Kb.
#636286
1   2   3   4   5
3. O’zbekistonda ekologik siyosat.
 
Sobiq Ittifoq davrida tabiat ustidan hukmronlik qilishdek uzoq davom etgan nomaqbul 
siyosat natijasida ko’plab, Hamdo’stlik mamlakatlari singari, O’zbekistonda ham og’ir ekologik 
vaziyat yuzaga keldi.
Bu vaziyatni bartaraf etish uchun bir qator masalalarni hal qilish lozim edi. Bular yer, havo 
va suvning ifloslanishi bilan bog’liq zararli ta‘sirlarni kamaytirish, sanoat korxonalarida 
zamonaviy tozalash qurilmalarini o’rnatish, mavjud yer va qazilma boyliklaridan oqilona 
foydalanish, jonli tabiat genofondini saqlab qolish, shahar va qishloqlarda aholi uchun qulayliklar 
yaratish, jahon jamoatchiligi e‘tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish kabi dolzarb 
masalalar edi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda tabiat obyektlari muhofazasini 
kuchaytirish orqali ekologik muammolarning oldini olish va bartaraf qilishga alohida e‘tibor 
berildi.
O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ekologik muammolarni hal qilish 
borasidagi o’z fikrlarini BMT Sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan 
yalpi majlisida: Ekologiyani muhofaza qilish va atrof muhitni asrab-avaylash, ayniqsa, hozirgi 
anomal tabiiy o’zgarishlar sharoitida Mingyillik deklaratsiyasida belgilangan maqsadlarga 
erishishda katta ahamiyat kasb etadi, deya fikr bildirgan edi.
Respublikada bugungi kunda tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal 
etish maqsadida olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari to’la shakllantirilgan. 
Konstitusiyamizning 50-moddasida Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo’lishga majburdirlar ( O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T., “O’zbekiston”. 2019.), deb 
ko’rsatilgan. Shuningdek, Asosiy Qonunning 55-moddasida Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik 
va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona 
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir, deb ko’rsatilgan. Bu fuqarolar tomonidan yer, 
suv, o’rmon, yer osti boyliklari, hayvonot va o’simliklar dunyosi va boshqa tabiiy zahiralardan 
oqilona foydalanishni, ularni tiklash va muhofaza qilish hamda ushbu majburiyatlarni o’z vaqtida 
bajarishni talab etadi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi talablari asosida qabul qilingan 
40 ga yaqin qonun va mingga yaqin qonunosti hujjatlari atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal qilish kabi muhim vazifalarni bajarishga 
xizmat qilmoqda. Bular: Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida (1992 y.), Suv va suvdan foydalanish 
to’g’risida (1993 y.), Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida (1996 y.), O’simlik dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida (1997 y.), Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish to’g’risida (1997 y.), O’rmon to’g’risida (1999 y.), Ekologik ekspertiza to’g’risida 
(2000 y.), Yer osti boyliklari to’g’risida (2002 y.),
Chiqindilar to’g’risida (2002 y.), Muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida (2004 y.)gi qonunlar va Yer kodeksi (1998 y.) va 
boshqalardir.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining yer maydoni 448.96,9 ming gektarni tashkil 
etadi. Sug’oriladigan yerlar 43.13,1 ming gektarni yoki umumiy maydonning 9,7 foizini tashkil 
qiladi.
Mamlakatimiz sug’oriladigan dehqonchilikka asoslangan agro-industrial davlat hisoblanadi. 
Mamlakat hududida sug’oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etsa-da, u qishloq xo’jalik 
mahsulotlarining 90-95 foizini yetishtirib beradi, ya‘ni aholining oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo’lgan talabini qondirishda sug’oriladigan yerlar alohida ahamiyatga ega.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasining yer resurslari naqadar 
boy va o’ziga xos xususiyatga ega. Shu ma‘noda, yer resurslarini huquqiy ekologik muhofaza 
qilish va undan samarali foydalanishni ta‘minlovchi asosiy manba sifatida Yer kodeksi (1998) 
qabul qilingan. Unga asosan, yer umummilliy boylik bo’lib, O’zbekiston aholisining hayoti, 
faoliyati va farovonligini ta‘minlashda undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi.


O’zbekiston zamini turli foydali qazilma zahiralariga boy. Bugungi kunda O’zbekistonda 
1800 dan ortiq hamda taxminan 1000 ga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari mavjudligi aniqlangan. 
Bugungi kunda mavjud 118 turdagi mineral xom ashyodan 65 turi o’zlashtirilmoqda. O’zbekiston 
hududida 1500 dan ortiq kon razvedka qilindi, shu jumladan, 188 ta neft, gaz va kondensat, 48 ta 
nodir metall, 43 ta rangli, noyob va radiaktiv metall, 5 ta qora metall, 3 ta ko’mir, 37 ta tog’-kon 
rudasi, 22 ta tog’-kon kimyo va 30 ta rangdor tosh xom ashyosi, 525 xildagi qurilish materiallari 
hamda 357 ta chuchuk va mineral yer osti suvlari manbalari mavjudligi aniqlangan.
Tabiat ne‘matlari orasida suv alohida o’ringa ega. Shu sababdan, O’zbekiston 
Resnublikasida suv bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undan tejamkorlik 
asosida aniq maqsadli va oqilona foydalanish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi 
kunda respublika bo’yicha 17 mingdan ortiq, jumladan, Amudaryo havzasida 9,9, Sirdaryo 
havzasida 4,9 va ushbu daryolar oralig’ida 2,9 mingta tabiiy suv oqimi mavjud. Hozirgi paytda 
respublikada irrigatsiya maqsadida 51 ta suv omboridan foydalaniladi. Ularning to’liq loyihaviy 
hajmi 18,8 km
3
., foydali hajmi 14,8 km
3
.ni tashkil kiladi. Eng yiriklari Tuyamo’yin, Chorvoq, 
To’dako’l, Kattaqo’rg’on suv omborlaridir. O’zbekistonning yirik suv omborlari kompleks 
ravishda ishlatiladi, ular, asosan, irrigatsiya, energetika va sanoat maqsadlariga mo’ljallangan.
Mustaqillik yillarida suv qonunchiligini takomillashtirish bo’yicha muayyan ishlar amalga 
oshirildi. Xususan, 1993 yilda O’zbekiston Respublikasining Suv va suvdan foydalanish 
to’g’risidagi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Suv xo’jaligini boshqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish to’g’risidagi qarori, Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi 
to’g’risidagi Nizom, O’zbekiston Respublikasining Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi 
to’g’risidagi Qonuni, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi to’g’risidagi Namunaviy Nizomlar 
qabul qilindi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda, 
suv resurslari bilan bog’liq barcha muammolar O’zbekiston Respublikasining Suv va suvdan 
foydalanish to’g’risidagi 2009 yil 25 dekabrdagi yangi tahrirdagi Qonunida o’z aksini topdi.
Mamlakatimiz sharoitida suv zahiralarining taqchilligi, Orol muammosi, qishloq xo’jalik 
ekinlarini sug’orishga suv resurslarining yetishmasligi O’zbekistonning izchil rivojlanishiga 
salbiy ta‘sir o’tkazishi mumkin bo’lgan asosiy sabablardir. Suvdan foydalanish samaradorligini 
oshirish, suvni adolatli taqsimlash, ehtiyojga qarab ish tutish, daryolarning yuqori va quyi 
oqimlaridagi mintaqalar suv iste‘molchilari va ekotizimlar o’rtasida kelishuvga erishish 
O’zbekiston va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar uchun muhim hayotiy masaladir.
Shu o’rinda suv resurslari O’zbekiston uchun faqat aholi, sanoat va dehqonchilikni suv bilan 
ta‘minlaydigan manba bo’libgina qolmasdan, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologik 
holatni ma‘lum darajada saqlab turuvchi omil ekanligini ham ta‘kidlash joiz.
O’rmon inson yashash sharoitini yaxshilash bilan birgalikda, yer, suv, o’simliklar dunyosi, 
atmosfera havosi va boshqa tabiat boyliklarini hamda atrof muhitni muhofaza qilishda
ko’paytirishda alohida o’rin egallaydi. O’rmonlar O’zbekiston Respublikasining umummilliy 
boyligi, biosferada muvozanatni saqlashning muhim omili, tabiiy muhitda biologik rang-
baranglikning ajralmas qismi, sayyoramizdagi kislorod manbalaridan biri, suv miqdori, atmosfera 
havosi harorati, tuproqdagi eroziya jarayonlarini tartibga soluvchi tabiiy boylik hisoblanadi. 
O’rmonlarni O’zbekiston xalqining ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish va 
salomatligini asrab-avaylash nuqtai nazaridan ham muhofaza qilish talab qilinadi.
1999 yil 15 aprelda qabul qilingan O’rmon to’g’risidagi Qonunda o’rmonlarni muhofaza 
qilishning qator holatlari o’z ifodasini topgan. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 martdagi 160-
sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi 
huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, ushbu boshqarma 
o’rmonchilik xo’jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalga oshiradi, o’rmonlarning 
muhofazasi, himoyasi va ko’paytirilishini tashkil etadi, o’rmon resurslaridan foydalanish huquqini 
beradi, o’rmonlarning davlat hisobi va davlat kadastrini yuritadi hamda boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi.


Hisob-kitoblarga ko’ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod 
chiqariladi. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Olimlarning fikricha, 
o’rmon yong’inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonat kislotasi sanoat chiqindilarining 
50 foiziga teng. Havoga ko’tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini 
ko’paytiradi. Oqibatda sayyoramizga quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga 
yoyilishi o’rniga Yerning o’zida qolib, bug’xona hodisasini keltirib chiqarmoqda (Ahmedov T. 
Iqlim o’zgarishlari: dunyo hamjamiyati e’tiborida // "Jamiyat" gazetasi, 2012 yil 30 noyabr.).
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin atmosfera havosini muhofaza qilish 
masalasiga ham alohida e‘tibor berila boshlandi. Jumladan, 1993 yil 7 mayda O’zbekiston 
Respublikasining Havo kodeksi qabul qilindi. 1996 yil 27 dekabrda esa O’zbekiston 
Respublikasining Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi. Mazkur 
Qonunda atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo’lib, umummilliy boylik 
hisoblanishi va davlat muhofazasida ekanligi qat‘iy ifoda etilgan.
Ta‘kidlash joizki, atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishi ozon qatlami 
buzilishiga ham olib keladi. 1993 yil 18 mayda O’zbekiston Respublikasi Vena konvensiyasi va 
Monreal protokolida o’zining ishtiroki bo’yicha huquq va majburiyatlarini tasdiqladi va mazkur 
hujjatlarga qo’shilishdan kelib chiquvchi majburiyatlarni zimmasiga oldi.
1993 yilda O’zbekiston Iqlim o’zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy konvensiyasiga 
(RKIK) qo’shildi. 1998 yilda Kioto protokolini imzoladi.
O’zbekistonning tabiiy florasi mevali, dorivor, sanoatbop, manzarali, efir moyli va boshqa 
yovvoyi o’simliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu rang-barang yovvoyi o’simliklardan inson 
manfaati yo’lida oqilona foydalanish va ularni kelajak avlod uchun saqlab qolish davlatimiz hamda 
keng jamoatchilik oldidagi eng muhim vazifalardan biridir (Xolmo’minov J. Tabiiy resurslardan 
foydalanish va muhofaza qilishning ekologik-huquqiy muammolari. -T.: Falsafa va huquq 
instituti, 2009. -B. 189.).
Hozir Yer kurrasida uchraydigan 600.000 turdan ortiq yovvoyi o’simliklardan 
O’zbekistonda bor-yo’g’i 4000 turi uchraydi, xolos (Flora Uzbekistana. Spravochnik. –T., Fan. 
1995. 236 b.). O’zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"dagi ma‘lumotlarga ko’ra, keyingi 14 
yil ichida 138 xil yovvoyi o’simliklar kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlar qatoridan 
joy oldi. Chunonchi, 1984 yilda ularning soni 163 ta bo’lsa, 1998 yilga kelib 301 tagacha ko’paydi. 
"Qizil kitob"ga yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simliklarning 42 ta oilasi, 111 ta avlodiga mansub 
301 ta turi kiritilgan. Ularning ko’pchiligi qimmatbaho dorivor o’simliklardir. O’zbekiston 
hududida ma‘lum sharoitlardagina uchraydigan, fan olamida endem deb yuritiladigan 
o’simliklarning 390 ta turi mavjud bo’lib, ular respublikamizning bebaho umummilliy boyligi va 
faxri hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Botanika" IICHM ma‘lumotlariga ko’ra, 
O’zbekiston o’simliklar dunyosi tarkibida hozirgi kunda 4100 dan ortiq o’simlik turlari mavjud. 
Ulardan 3000 dan ortiq tur yovvoyi o’simliklar, 9 foizi endemiklardir. Bu O’zbekistonda o’simlik 
dunyosining nechog’lik boyligini ko’rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida sobiq Ittifoq davrida respublikamizning boy tabiiy-
jo’g’rofiy boyliklaridan ayovsiz foydalanish, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq chora-
tadbirlarning bajarilmasligi oqibatida 80-yillarda tabiiy muvozanat buzilishi va iqlim sharoiti 
o’zgardi. Bu esa o’simlik va hayvonot dunyosi noyob turlari yo’qolib ketishiga, genetik fondi va 
zarur shart-sharoitlar buzilishiga sabab bo’ldi.
O’zbekiston tabiati hayvonot dunyosi turlariga nihoyatda boy bo’lib, u qo’shni respublikalar 
hayvonot dunyosiga o’xshash hamda subtropik ko’rinishdadir. O’zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining ma‘lumotlariga ko’ra, respublika faunasi 97 turdagi sut emizuvchi, 424 turdagi 
qush, 58 turdagi reptiliya va 83 turdagi baliqlarni o’z ichiga oladi. Shundan 24 turdagi sut 
emizuvchi, 48 turdagi qush, 16 turdagi reptiliya va 18 turdagi baliq O’zbekiston Respublikasi 
"Kizil kitobi"ga kiritilgan.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo’yicha munosabatlarni tartibga 
solishda O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot dunyosini 


muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida"gi Qonuni muhim huquqiy asoslardan biridir. 
Ushbu Qonunda quruqlikda, suvda, atmosfera va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, 
O’zbekiston hududida doimiy va vaqtinchalik turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy 
yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadida yarim erkin sharoitda yoki sun‘iy yaratilgan yashash 
sharoitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soldi.
O’zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida xalqaro 
konvensiyalarga qo’shilish va ularni ratifikatsiya qilishga ham alohida e‘tibor qaratdi. 
Bioresurslarning turlarini saqlab qolish maqsadida O’zbekiston Respublikasi 1995 yilda 
"Bioxilma-xillik to’g’risida"gi Konvensiyaga qo’shildi, ushbu Konvensiya 1992 yilda Rio-de-
Janeyroda imzolanib, 1995 yilda kuchga kirgan. O’zbekiston Respublikasi 2001 yilda "Asosan 
suvda suzuvchi qushlarning yashash joyi sifatida xalqaro ahamiyatga molik suv-botqoq 
maydonlari to’g’risida"gi Konvensiyaga qo’shildi, ushbu Konvensiya 1971 yilda imzolanib, 2002 
yilda kuchga kirgan. Bu Konvensiyaning asosiy maqsadi yovvoyi hayvonot dunyosi va tabiatdan 
ajratilgan holda boqilayotgan hayvonot dunyosi obyektlarini, suvda yashovchi barcha turdagi 
hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan.
Milliy siyosat va xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari mamlakatning ekologik 
salohiyatini saqlashga qaratilgan. Ushbu maqsadda O’zbekiston Respublikasi "Ozon qatlamini 
muhofaza qilish bo’yicha" Vena konvensiyasi (18.05.1993 y.), "Tabiiy muhitga harbiy yoki 
boshqa har qanday zo’ravonlik bilan ta‘sir qilishni taqiqlash to’g’risidagi" Konvensiya 
(26.05.1993 y.), "Butunjahon madaniy va tabiiy meroslarni muhofaza qilish to’g’risida"gi 
Konvensiya (22.12.1995 y.), "Yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan yovvoyi fauna va flora turlari 
bilan xalqaro savdo qilish to’g’risida"gi Konvensiya (01.07.1997 y.), "Yovvoyi hayvonlarning 
ko’chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish bo’yicha Konvensiya" (01.05.1998 y.), "Asosan suvda 
suzuvchi qushlarning yashash joyi sifatida xalqaro ahamiyatga molik suv-botqoq maydonlari 
to’g’risida"gi Ramsar Konvensiyasi (08.02.2002 y.), shuningdek, tabiatni muhofaza qilish 
bo’yicha hamkorlik sohasidagi qator davlatlararo bitimlarga qo’shildi.
O’zbekiston Respublikasida ekologik muammolarni bartaraf qilish maqsadida olib borilgan 
ishlarning eng asosiylaridan biri 2008 yil 2 avgustda mamlakatimiz ekolog olimlari, shu 
yo’nalishda ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va faol jamoatchilik ishtirokida 
tuzilgan O’zbekiston Ekologik harakatining tashkil etilishi bo’ldi.
Ekoharakatning tashkil etilgani mamlakatimizda ekologik jamoat birlashmalari 
rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Ayniqsa, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ekolo-
gik jamoat birlashmalari Ekoharakat timsolida atrof tabiiy muhit va inson salomatligi muhofazasi 
bo’yicha barcha say-harakatlarni birlashtirish hamda safarbar etish imkoniyatiga ega bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 12 noyabrda 
qabul qilingan va Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma‘qullangan, O’zbekiston Respublikasining 
Ekologik nazorat to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun ekologik muammolarning 2008 
yil 19 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan "2008-2012 
yillarda O’zbekiston Respublikasining atrof muhitni 
muhofaza qilish ishlari Dasturi" hamda Vazirlar 
Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli qarori asosida qabul qilingan "2013-2017 yillarda 
O’zbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar Dasturi bilan birga ana 
shu maqsadlarga xizmat qiladi.
2017 yil 21 aprelda Prezident Qarori bilan (PQ-2915) O’zbekiston Respublikasi Ekologiya 
va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tashkil etildi. 2019 yil 8 yanvarda O’zbekiston 
ekologik partiyasi tashkil topdi va 2019 yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 5-
mustaqil siyosiy partiya sifatida ishtirok etdi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ekologik muammolarni hal qilish 
borasidagi faoliyat o’ziga xos bo’lib, atrof muhitni musaffo saqlash borasida keng ko’lamli ishlar 
amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida ushbu sohada qilinayotgan ishlar hozirgi va kelajak 
avlod manfaatlari uchun tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish hamda 
ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi 
paydo bo’ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko’tarilmoqda. Bu esa Orol halokati 
global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
O’zbekiston tashabbusi bilan 2018 yilda BMTning Orolbo’yi mintaqasi uchun Inson 
xavfsizligi bo’yicha ko’p tomonlama sheriklik asosida Trast fondining tuzilishi, o’zbek 
diplomatiyasining katta yutug’i bo’ldi.
Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o’rmonlar barpo etishga alohida 
e‘tibor berilmoqda. Agar mustaqillik yillarida O’zbekiston bo’yicha 1 million 220 ming gektarga 
yaqin o’rmonzor yaratilgan bo’lsa, shundan 400 ming gektardan ortig’i aynan Orolbo’yi hududida 
barpo etilgan.
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko’ra, Orol dengizining suvsiz hududida 
2019 yilda yana 500 ming gektar o’rmonzor barpo etildi.
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar va 
qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018 yilda Mo’ynoq tumanida barcha 
zarur infratuzilmalarga ega bo’lgan zamonaviy shaharcha bunyod etildi.
Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida bo’lib 
keldi. Jumladan 2020 yil 23 sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh 
Assambleyasining 75 yillik videokonferensiyasida nutq so’zlab, dunyo jamoatchiligi diqqat-
e‘tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
Prezidentimiz o’z ma‘ruzasida Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiya va 
texnologiyalar hududi, deb e‘lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus 
rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa 
Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq 
ekanligi ta‘kidlab o’tdi.


3. Millatlararo totuvlikning ta‟minlanishi
.
Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlashda millatlararo omillarning 
ahamiyati katta.
Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari – turli xalqlar, etnik 
guruhlar aralashib, do’stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so’ngra esa sobiq 
Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo’lishiga olib keldi.
1992 yil 7 martda Prezident Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida Din ishlari bo’yicha qo’mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e‘tiqodi 
erkinligiga kafolat berildi. Diniy-axloqiy mavzuda ko’plab kitoblar chop etildi, bu xayrli ish 
davom etmoqda. Respublikamiz rahbariyati kishilar ma‘naviy kamolotida islom dinining katta 
ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat ko’rsatishi uchun 
shart-sharoit yaratib berdi.
Mamlakatimizda 1992 yili o’n ikkita milliy-madaniy markaz faoliyat olib borgan bo’lsa,
2002 yilga kelib, viloyatlar bilan hisoblaganda, ularning soni 138 tani tashkil etdi. Milliy-madaniy 
markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika baynalmilal 
madaniy markazi tashkil qilindi (Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug’at. -T.: Sharq, 2006. B. 
445.). Ushbu markaz oldiga milliy-madaniy markazlarga amaliy va metodologik jihatdan 
ko’maklashish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, O’zbekistonda yashayotgan millat va elatlarning 
milliy urf-odatlari va an‘analari, madaniyati, ma‘naviy qadriyatlarini rivojlantirishga 
ko’maklashish, MDH va chet eldagi milliy hamda baynalmilal madaniy markazlar bilan aloqalar 
o’rnatish kabi mas‘uliyatli vazifalar qo’yildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng birinchilardan bo’lib, qozoq, qirg’iz, tojik, 
uyg’ur, dungan va Buxoro yahudiylari milliy-madaniy markazlari tashkil etildi.
1992 yil Toshkentda "Avdet" nomli qrim-tatarlari milliy madaniy markazi tashkil etilib, 
uning qoshida "Akkalfak" uyushmasi tuzildi. Shu yili tatar-boshqird madaniy markazi ham tashkil 
topib, "Yashlik" deb atalgan tatar-boshqird xalq ashula va raqs ansambli ish boshladi.
1994 yilning yanvar oyida Rus milliy-madaniy markazining ochilishi mazkur millat vakillari 
tomonidan qizg’in kutib olindi.
O’zbekistonda salmog’i va salohiyati bilan aloqida o’rin tutuvchi millatlardan biri 
koreyslardir. XX asr 30-yillarida koreyslar O’rta Osiyoga majburan ko’chirib keltirilgan, 1937 
yilning oktabr-noyabr oylarida ularning soni 74.500 kishi edi. Hozirda O’zbekistonda 220 mingga 
yaqin koreyslar yashab, jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faol ishtirok etmoqda. O’zbek 
xalqining bag’rikengligi, mehmondo’stligi tufayli bu yurt ularning ikkinchi Vataniga aylandi. 
Millatlararo totuvlikni ta‘minlovchi huquqiy zaminlar yaralildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida O‘zbekiston xalqini millatidan qat‘iy nazar, 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasida barcha 
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat‘iy nazar, qonun otdida tengdirlar, deb 
belgilab qoyilgan ( O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 8, 18-moddalar).
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va 
an‘analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy 
siyosat tufayli O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy 
asoslarda jipslashish jarayoni sodir bo’ldi.
1989-yildayoq O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari 
– milliy-madaniy markazlar tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989-
yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik 
yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002-yilda respublikamizda 138 
ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko’rsatdi.
Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo’nalishda faoliyat ko’rsatdilar:



har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy 
Vatani bilan aloqani jonlantirish;

O‘zbekistonni o’zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish;

O‘zbekiston davlatiga nom bergan o’zbek xalqi bilan do’stlikda, hamkorlikda va 
totuvlikda yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish.
Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin boyib, yangilanib bordi. Ularning tashabbusi va 
rahbarligida turli yo’nalishdagi to’garaklar ishlay boshladi. Jumladan:

o’z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o’rganish to’garaklari;

O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o’rganish to’garaklari;

milliy musiqa, raqs va hunar to’garaklari faoliyat ko’rsatdilar.
1992-yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat 
markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e‘tibor 
qaratildi. O‘zbekiston davlati ko’magida Baynalmilal madaniyat markazi va milliy-madaniy 
markazlar 1996-yilda Bobur ko’chasidagi muhtasham saroyga ko’chib o’tdilar, bu majmua 
Millatlar saroyi degan nom oldi.
O‘zbekiston davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog’ida tegishli 
milliy-madaniy markazlarning rahbarlari hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar.
Xorijiy 
mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari vakillari esa O‘zbekistondagi o’z millatiga mansub 
milliy-madaniy markazlarda bo’lib, uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda 
bo’lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning O‘zbekistondagi elchixonalar va diplomatik 
korpuslar bilan aloqalari mustahkamlandi, hamkorlikda tadbirlar o’tkazilmoqda. Barcha millat va 
elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. Har bir 
millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san‘at arboblariga 
bag’ishlangan badiiy ko’rgazmalar tashkil etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 apreldagi Farmoniga binoan Toshkent 
Islom Universiteti tashkil etildi. Endilikda Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi va Toshkent Islom 
Universiteti samarali faoliyat ko’rsatmoqda.
O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar 
– 

Download 424,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish